14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:24
Maqolalar 👁 566

Otalar yodi – avlodlar ehtiromi

Otalar yodi – avlodlar ehtiromi

Bolaligimda otamning yonlarida yurib, unga har xil savollar berardim.

– Ota, barmogʻingizning yarmi nega yoʻq?

– Urushda qolib ketgan.

– Ota, koʻksingiz nechun oʻyiq?

– Oʻq teshgan.

Haqiqatdan ham koʻksining ikki tarafida chuqur bor edi. Men u yerga goho qoʻllarimni tekkizib koʻrardim.

– Oʻq nega oʻygan?

– Vatan uchun koʻksimni qalqon qildim, dushman oʻqi koʻksimni teshib oʻtolmadi.

– Ota, tovoningizdagi oʻq hali turibdimi? Qani bir koʻray, – deb koʻrardim. U oʻq emas, snaryad parchasi edi. U tovoni tagida qizgʻish-qoramtir boʻlib koʻrinib turardi.

Dahshatli janglarning birida u snaryad portlashi tagida qolib ketgan, lekin oʻlmagan. Oʻn besh kun hushsiz, gospitalda yotgan. Hushiga kelgach, qimir etolmagan, qorongʻilik, jim-jitlikni his etgan. Hatto u: “meni oʻldi, deb koʻmib ketibdilar-da”, degan xayolga ham borgan. Chunki uning aʼzoyi badani muzdek boʻlib, muzdek yerda yotardi. Bir mahal yonida qandaydir oq sharpalar ham yurgandek boʻlgan. Olislardan esa jang ovozlari ham eshitilgan. “Qiziq, odamzot oʻlsa ham hamma narsadan xabardor boʻlarkan”, deya oʻylay boshlagan.

Shu payt doktor uning oʻziga kelganini bilib, chiroqni yoqqan va yoniga kelib “Uygʻondingmi, soldat?” deganlar. Lekin otam gapira olmaganlar.

– Doktorning barcha harakatlarini koʻrardim, gaplarini ham eshitardim-u lekin gapira olmasdim, – deb hikoya qilardilar otam.

Oʻshanda otamning tanasidan oʻttiz ikkita snaryad boʻlakchasini olib tashlashgan. Butun tanasi ilma-teshik boʻlib ketgan. Koʻksi oʻshanda oʻyilgan, tovonidagi snaryad parchasi ham oʻshanda qolib ketgan. Buni otamning urush xotiralari orqali bilardim. Chunki otam ahyon-ahyonda bizga, baʼzan doʻstlariga ham bu haqda gapirib berardilar.

Bir kuni otamning yoniga bir yarador askarni olib kelishgan. Doktorlar u bilan soʻzlashmoqchi boʻlishgan, lekin hech soʻzlasha olmaganlar, chunki bir-birlarining soʻzlariga tushunishmabdi. Yarador askar turkman boʻlganidan otam uning nima deyayotganini aytib berganlarida ular hayron boʻlib:

– Nima, sen uning tilini bilasanmi?! – deyishgan.

– Ha, u turkman millatidan.

– Turkman tilini ham bilasanmi?! – yana hayratlanishgan.

– Unday boʻlsa, biz bilan yur, – deb boshqa boʻlmadagi yarador askar yoniga olib borishgan. Borishsa, bir ozarbayjon yigiti ingranib yotibdi. U bilan soʻzlashib, doktorlarga dardini tushuntirganida barchasi xursand boʻlishgan. Ular otamning rus, oʻzbek, turkman, ozarbayjon tillarida erkin soʻzlasha olganidan hayratda edilar. Shundan soʻng, otamga ular oʻzgacha nazar bilan qaray boshlashadi. Otam ularga bu tillar bir-biriga yaqin ekanligini aytganida: “axir har biri boshqa-boshqa tillar-ku”, – deya ajablanishgan.

Urush koʻrgan otamning hikoyalari hisobsiz edi. Men ularni tinglaganim sari qalbimda urushga nisbatan cheksiz nafrat uygʻonardi.

Otam juda matonatli, toʻgʻrisoʻz, oʻta kitobxon inson edilar. U rus, oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman, ozarbayjon, tatar yozuvchilarining asarlarini aslicha oʻqir edilar. Sobiq SSSR davlatining turli burchaklarida quroldosh doʻstlari bor edi. Ular haqida toʻlib-toshib soʻzlardilar, xatlar yozishib turardilar. Bugun esa ana shu matonatli insondan oʻzi hayotligida soʻzlab bergan hikoyalari, jangovar xotiralar qoldi, xolos...

Gavharoy XUDOYoROVA,

29-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019