Ajdodlarning nasli-nasabi va şajarasi avlodlarning uzilmas zanjiri orqali davom etaveradi
Har yili 15-may sanasi Xalqaro oila kuni sifatida oilaning ahamiyatini tarğib qiliş va uning jamiyatdagi rolini oşiriş maqsadida butun dunyo böylab nişonlab kelinadi. Bu sana BMT Boş Assambleyasi tomonidan 1993-yilda taʼsis etilgan va 1994-yildan buyon har yili nişonlanadi.
Oila – jamiyatning asosiy böğini, uning maʼnaviy va ijtimoiy rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etuvçi muqaddas dargohdir. Oilada olingan tarbiya, mehr-muhabbat va özaro hurmat tuyğulari farzandlarning kelgusida jamiyatga foydasi tegadigan olijanob insonlar bölib voyaga yetişlarida hal qiluvçi rol öynaydi. Şu sababli ham yurtimizda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, oilalarning iqtisodiy, maʼnaviy rivojlanişi uçun zarur şaroitlar yaratiş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada namunali oilalar safi yil sayin köpaymoqda.
Amudaryolik Jumaniyozovlar oilasi ham ana şunday ibratli oilalardan biri. Oila rahbari Rustam Jumaniyozov 1964-yilda Çoyköl ovulida tuğilgan. 1981-yilda sobiq Ayniy nomli, hozirgi 22-sonli maktabni tugatib, 1983-85-yillarda harbiy xizmatni ötagan. Harbiy xizmatdan qaytgaç, 1985-yilda Toşkent davlat tibbiyot institutining davolaş işi fakultetiga öqişga kirib, mazkur institutni 1991-yilda tugatgan lavhamiz qahramoni şu kunga qadar tibbiyot sohasida samarali faoliyat yuritmoqda. Hozirda Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasining jarrohlik bölimi mudiri vazifasida işlab, bemorlarga şifo ulaşiş bilan bir qatorda bölimda işlovçi önlab şifokorlar, örta tibbiyot xodimlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
Uç nafar farzandning otasi bölgan lavhamiz qahramoni umr yöldoşi – tuman Tibbiyot birlaşmasining “Tez yordam” bölimi navbatçi hamşirasi Sapargul Abdurazzoqova bilan farzandlariga bergan taʼlim-tarbiyasi, jamiyatdagi örni sababli bu oila el-yurtda ibratli, deya sifatida eʼtirof etiladi.
Ota-onaning tarbiyasini, taʼlimini olgan ikki öğil va bir qiz ham oliy maʼlumotli. Tönğiç öğli Xursandbek 1991-yilda dunyoga keldi. Maktabda aʼlo baholarga öqib, oliygohni ham muvaffaqiyatli tamomlagan Xursandbek ham bugun kamolga yetib, oila qurdi. Turmuş örtoği bilan ikki nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. U Çoyköl ovul fuqarolar yiğinida yoşlar yetakçisi vazifasida faoliyat yuritadi. Oilaning kelini Saltanat esa 22-sonli maktabda tarix fanidan dars beradi.
Namunali oilaning ikkinçi farzandi – qizi Fazilat ham oilali, ikki nafar farzandi bor. U ham 22-sonli maktabda psixolog vazifasida faoliyat yuritadi.
Kenja farzand Xurşid esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatib, hozirda Toşkent şahrida yaşab, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritmoqda.
Rustam Jumaniyozov va Sapargul Abdurazzaqovalar oila qurib, ilk farzandi dunyoga kelganidanoq ota-onalarining, bobo-buvilarining tavsiyalari va yordami bilan farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratişdi. Ikkalasi ham tibbiyot sohasida faoliyat yuritgani sababli ularning jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanişiga alohida mehr bilan yondaşişdi. Farzandlari katta bölgaç, soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va jismoniy faollik borasida tavsiyalar berib, özaro mehr-oqibatli, insofli va diyonatli bölişga çorlaşdi. Bolalarga taʼlim-tarbiya beriş, ularning qiziqişlarini rivojlantiriş, mustaqil fikrlaşga örgatiş, farzandlariga örnak böliş, ular ongi va qalbiga ijobiy xulq-atvorni singdiriş borasida qilgan mehnatlari sababli bugun el-yurtda eʼzozli mana şunday mustahkam oila bunyod böldi.
Endigina tetapoya bölayotgan, dunyoni tanişga intilayotgan nevaralar ham mana şunday qadriyatlar asosida tarbiyalanmoqda. Şu tariqa ajdodlarning nasli-nasabi va şajarasi avlodlarning uzilmas zanjiri orqali davom etaveradi.
Tilagimiz – yurtimizda mana şunday ibratli oilalar safi yanada köpayaversin! Zero, har bir oila mustahkam, tinç-osoyişta, maʼnaviy va iqtisodiy barkamol bölsa, xalq, davlat ham taraqqiyot sari dadil odimlayveradi.
M.Şomurodov, R.Bahromov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶