28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:53
Maqolalar 👁 612

Muhayyoning koʻngil izhori

Muhayyoning koʻngil izhori

Shoirlik – Allohga yaqinlik, deydilar. Balki shundandir, Alloh bergan isteʼdodiga koʻngil chashmasidan obi hayot baxsh etib, yurak tugʻyonlarini ajib musiqiy ohanglarga solib, xalqiga tortiq etishga oshiqib turadilar shoir-u shoiralar. Doʻrmanlik ijodkor Muhayyoxon Oʻrinboyevaning xudo bergan isteʼdodi ilk gʻuncha ochganida u hali jamalaksoch oʻquvchi qizaloq edi. U yozganlarini avaylab-asrab, koʻngil joʻshqinligi, yurak tugʻyonlari ila ziynatladi, toki oʻz koʻnglidan oʻtib, oʻzgalar qalbiga manzur musiqiy ohanglarni, nafis sheʼriy tashbehlarni topgunicha izlandi, oʻqidi, oʻrgandi va yozaverdi.

Ilk sheʼri tuman gazetasida chop etilganida, sheʼrlari ustozlari eʼtiborini tortganida quvonchlarini aziz xalqi bilan birga baham koʻrdi. Atrofida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, yangilanishlardan ilhomlanib, yangi-yangi sheʼrlar yozdi. U bahorni, ona tabiatni, ona Vatanni, ayolni madh etuvchi sheʼrlari bilan turli mavzulardagi adabiyot va sheʼriyat davralariga kirib bordi. Neki ezgulik va yaxshilik boʻlsa, xalqdan, Vatan ichra kichik Vatan – mahallasidan topdi.

Tuprogʻi oltinday hur makonim bor,

Har kuni koʻrsam ham toʻymaydi diydor.

deb izhor etdi u tugʻilgan yerga sogʻinchlarini. Bu sogʻinchlar Muhayyoni har doim duogoʻy bobolar, chehralaridan nur yogʻilgan momolar, biri-biriga sadoqatli Tohir-u Zuhro timsolli muhabbati buyuk insonlar tomon yetakladi. Ana shu sogʻinchlar uning qalb tuygʻularini gupirtirib, sheʼriy guldastalar tuzishga imkon yaratdi. “Mahalla”, “Tongda”, “Ayol”, “Kelinlarga”, “Ustoz”, “Vatan”, “Xudo biladi...”, “Oʻzbekistonim”, “Xayollar” kabi sheʼrlarida hamisha xalqqa, ona Vataniga, ezguliklarga talpinib turguvchi noziktaʼb shoira qalbining ajib kechinmalari jo boʻldi.

Muhayyo Oʻrinboyevaning lirik qahramonlari inson hayotida baʼzan roʻy berishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklar qoshida egilishni, dardini dasturxon qilishni aslo xohlamaydigan beorom qalb sohibi va sohibalari. U va uning lirik qahramonlari butun dardi, gʻam-u tashvishini sheʼr olami aro oshnolik bilan yengishga oʻrgangan. Zero, Muhayyoning oʻzi yozishdan, ijod qilishdan kuch, bardosh topadi va ... yana qaddini tik tutib, charaqlab, hayotga intiladi.

Kunlarim almashib qorongʻi tunga,

Zulmat orasiga kirib ketaman.

Shukrona aytaman har bir kunimga,

Bundan battar boʻlsa, ayting, netaman?

Sheʼrdagi Muhayyo yaratgan lirik qahramon hayotidagi zulmatli onlar uchun kimdandir madad soʻrayotgani yoki noliyotgani yoʻq. Uning uchun nolish – begona. U oʻz koʻngliga oʻzi taskin berib, bardosh topayotir, hatto shukrona qilayotir. Balki, bundan battari ham boʻlishi mumkin edi-ku!

Muhayyoning sheʼrlarida inson koʻngliga taskin, dalda boʻlguvchi ajib joʻshqinlik bor. Qoʻlingizdagi “Mehmon boʻling Doʻrmanga” deb nomlangan – ilk sheʼrlar toʻplami garchi kamchiliklardan xoli boʻlmasa-da, havaskor shoira singlimizning intilishlari eʼtiborga munosib. “Muharrir” nashriyotida chop etilgan moʻʼjazgina kitobchada jam boʻlgan sheʼrlar, albatta, siz azizlarga ham manzur boʻladi, degan umiddamiz. Muhayyoxon Oʻrinboyevaga esa ijodiy yutuqlar tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA, Qoraqalpogʻiston Respublikasida

xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026