21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:31
Jamiyat 👁 342

BIR MISKIN KOʻNGILNI ShOD ETISh – KAʼBANI ZIYoRAT QILGAN KABI SAVOBDIR

BIR MISKIN KOʻNGILNI ShOD ETISh – KAʼBANI ZIYoRAT QILGAN KABI SAVOBDIR

Ha azizlar, koʻngli yarim, oʻzgalar parvarishiga muhtoj insonlarga quvonch va shodlik ulashish misli Kaʼbani ziyorat qilgan kabi savob, deyishadi. Haqiqatdan ham, salgina mehr-muruvvatdan koʻngillari togʻday yuksalib, qalblarida samimiyat, minnatdorlik, hayotsevarlik tuygʻulari bilan boqqan nigohlardagi quvonch ular uchun naqadar aziz. Nazarimda, bu nigohlardagi vatanparvarlik, maʼnaviy birdamlik, oʻzaro mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar har birimizni yanada kuchliroq va yanada jipsroq boʻlishga undayotganday.

Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi hamkorligida “Siz yolgʻiz emassiz, ortingizda Vatan bor!” shiori ostida tashkillashtirilgan “Eʼzoz va eʼtibor sizlar uchun!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham inson omiliga eʼtibor, gʻamxoʻrlik va mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlar ulugʻlanib, Amudaryo tumanining barcha qishloq va mahallalarida istiqomat qiluvchi, oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan, shuningdek, yakka-yolgʻiz yashovchi yurtdoshlarimiz eʼzozlandi.

Tadbirni “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi raisi Bekman bobo Allamberganov samimiy tilaklar bilan ochdi va olib bordi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi shoʻʼba mudiri Hamidjon Norboyev, psixologlar Mavluda Toʻrayeva, Yulduz Sultonovalar, shuningdek, tumandagi qishloq va mahallalarda istiqomat qiluvchi nogironligi bor boʻlgan fuqarolar, oʻzgalar parvarishiga va ijtimoiy himoyaga muhtoj yakka-yolgʻiz yashovchi fuqarolar ishtirok etgan mazkur tadbirda Bekman bobo Allamberganov mamlakatimizda hech bir inson davlatimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chetda qolmasligini taʼkidlab, ayniqsa, nogironligi boʻlgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj insonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida batafsil toʻxtaldi.

Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz koʻrsatmalari bilan koʻchalarda, katta-katta savdo shoxobchalarida, bozorlarda, dam olish uylari, istirohat bogʻlari va yoʻlovchi tashish transportlarida nogiron insonlar va oʻzgalar yordamiga muhtoj insonlarning xavfsiz, erkin harakatlanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, ularning turmush farovonligini oshirish borasidagi amaliy chora-tadbirlar, salomatliklarini tiklash maqsadida qilinayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar haqida soʻz yuritdi.

Tadbir davomida tajribali psixologlar Mavluda Toʻrayeva hamda Yulduz Sultonovalar tomonidan “Nuroniylar uchun ilm ziyosi” kitobxonlik tadbiri, fitnes-sogʻlomlashtirish va gimnastika mashgʻulotlari tashkil etilib, kitobxonlikning inson hayotida tutgan oʻrni, sport-sogʻlomlashtirish, ayniqsa, fitnes-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarining ahamiyati boʻyicha maʼnaviy sogʻlomlik hamda jismoniy salomatlik yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.

Shuningdek, psixologlar tadbirning yakuniy qismida “Nogironlarni psixologik qoʻllab-quvvatlash” mavzusida trening ham tashkil etishib, tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar berishdi.

Yuksak insoniy fazilatlar, mehr-oqibat, qalban birdamlik tuygʻulari ulugʻlangan, “Siz yolgʻiz emassiz, ortingizda Vatan bor!” shiori ostida oʻtkazilgan “Eʼzoz va eʼtibor sizlar uchun!” mavzusidagi tadbirda inson qadri hamma narsadan buyukligi amalda namoyon boʻldi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026