Soğlom oila barpo etişda tibbiy-genetik körikning ahamiyati
Jamiyatimizning asosiy böğini — oila. Oilalarning barqarorligi, tinç va xotirjamligi kelajagimiz bunyodkorlari bölgan yoşlarning ham jismonan, ham ruhan soğlom voyaga yetişiga bevosita taʼsir qiluvçi muhim omildir. Aqliy va jismoniy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalaş, eng avvalo, soğlom oiladan boşlanadi.
Şu bois, turmuş ostonasida turgan yigit-qizlarimiz ayrim kasalliklarning irsiy xususiyatga ega ekanligi haqida yetarli tuşunçaga ega bölişlari zarur. Umumiy örta taʼlim maktablarining 9-sinf biologiya darsliklarida ham irsiy kasalliklar va ularning kelib çiqiş xavfi haqida batafsil maʼlumotlar berilib, yoşlar turmuş qurişda bunga alohida eʼtibor qaratişi lozimligi uqdirilgan.
Oila qurayotgan yoşlarni tibbiy-genetik körikdan ötkaziş va ularga mutaxassis maslahatini beriş öta muhim masaladir. Çunki ayrim irsiy kasalliklar retsessiv (yaşirin) şaklda keçadi. Agar turmuş qurayotgan yigit va qizning har ikkisida ham uşbu kasallikni taşuvçi retsessiv genlar mavjud bölsa, dunyoga kelajak farzandda mazkur irsiy xastalikning yuzaga çiqiş ehtimoli keskin ortadi. Bu xavfni faqatgina öz vaqtida tibbiy körikdan ötiş va mutaxassislardan genetik maslahat oliş orqali aniqlaş mumkin.
Har qanday oilaga, albatta, soğlom farzandlar zarur. Afsuski, baʼzida yoşlarimiz turmuş quriş arafasida bunday ehtimoliy xavflarga yetarliça eʼtibor qaratişmaydi. Oqibatda nosoğlom farzandlar tuğilişi, oiladagi tinçlik va totuvlikning buzilişi, hattoki ajrimlar kabi köngilsiz holatlar yuzaga kelmoqda. Şunday ekan, bölajak kelin-kuyovlar tibbiy köriklardan ötişga va mutaxassis tavsiyalariga befarq bölmasliklari lozim.
Mamlakatimizda bu kabi salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida tibbiy-genetik maslahat markazlari faoliyati yölga qöyilgan bölib, nikohlanuvçi şaxslarni majburiy tibbiy körikdan ötkaziş tizimi yaratilgan. Uşbu markazlarda oila qurişga qaror qilgan yoşlarga bölajak farzandlarining salomatligi borasida zarur tuşuntiriş va tavsiyalar berib boriladi. Biz soğlom oila barpo etişga masʼuliyat bilan yondaşib, davlatimiz tomonidan yaratilgan bunday imkoniyatlardan öz vaqtida va töğri foydalanişni bilişimiz şart.
Nodira ENDIRBOYeVA, Amudaryo tumani MMTBga qaraşli 65-umumtaʼlim maktabining oliy toifali biologiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶