PODAÇI (Voqeiy hikoya)
– Çuh, ho jonivorlar, çuh!
Bir oyoği oqsoq, soç-soqoli ösib, egnidagi juldur kiyimi quyoş taftida rangi öngib ketgan Gulmirza tong otmasdanoq podani qöradan çiqardi va har doimgidek çöpontayoğini olib yölga çiqdi...
Qişloq yöli tizzagaça tuproq, ğadir-budir. Ellikta qöy-qözi-yu yigirmata eçki va beş-oltita sigir tuproq çangitib katta yöl bilan daşt tomon keta boşladi. Poda birpasda katta yölni tösib qöydi, oldidan çiqqan arava yoki maşina ötib ketişi qiyin, bunday paytda qöy-qözilar har tomonga çopib, çöponni bezor qilib yuboradi.
Bugun Gulmirza egnidagi rangi unniqib ketgan kiyimlaridan aççiq ter hidi kelayotganiga umrida birinçi marta jahli çiq-di. U yuzini sekin siladi, ançadan beri olinmagan soqoli qöliga ignadek sançildi...
Oriqqina, pakana, 50 yoşlarni qoralab qöygan çöpon, bugun öz hayotidan jirkandi va iç-içini kuydirayotgan noroziligi asta piçirlayotgan lablaridan sirğalib, jaranglab ketgandek böldi va yuzi tirişdi.
Qayğu töla közlaridagi yoş yuzi va soqolidan sizib kökragiga tuşdi. U oriq kafti bilan oftobda qorayib ketgan yuzini artdi. Bexos közi qöllariga tuşdi.
Tirnoqlari ösib, qöpollaşib ketgan, tayoq uşlayverganidan kaftlari dağallaşib, qavarib qolgandi.
U birdan “uf!” tortib yubordi. Uning içidan çiqayotgan bu oğriqli nafas sirtiga çiqmay, yana olov bölib içiga kirgandek va butun tanasini qizdirayotgandek edi göyo...
Şalvariga solingan yamoq hozirgi holatini yanada ğariblaştirib, dilini oğritdi.
Oyoqlariga ilib olgan kirza etigi qişloq yölida yuraverganidan qiyşayib, tagi teşilib qolgan, özini xuddi bundan 100-yil avvalgi zamondan bexos kelib qolgan odamday his etdi va: “Men ham odammanmi?!” – deb qiçqirib yubordi. “Odammanmi?” – bu sözni ön, yöq, ellik, yuz martalab takrorladi va dağal qöllarini muşt qilib tugib, kökragiga muştlayverdi, muştlayverdi...
Ota-onadan juda erta yetim qolgan Gulmirza yaqin qarindoşlarining uyidan qönim topdi. Na öqiş-yozişni biladi, na odamlarga öxşab yaşaşni. Qarindoşi bemehr çiqdi. Bergan oşnoniga minnat qilganligini körgan Gulmirza bolaligidan mehnatga örgandi. Oğir işlarni ham öylab ötirmasdan bajarib ketaverdi. Qarindoşi uni oilali qilişni ham öylamadi...
Avval beşta qöy bilan podaçilik qilgan Gulmirzaning podasiga Alloh baraka berdi. Qöy-qözilar köpaysa-köpaydiki, kamaymadi. Ammo bemehr qarindoşi uning mehnatini mukofotlaş örniga, kamsitiş va döq-pöpisaga odatlanib qolgan edi.
Taqdir, umr çarxpalagi ana şunday tez aylandi. Podaçi bugun ötgan umriga açinib, töyguniça, bolalardek öksib-öksib yiğladi...
Qöşni xonada turgan kiçkina közguni qöliga olgan Gulmirza özini-özi taniy olmadi.
Közgu qarşisida 50 yoşli Gulmirza emas, 70 yoşli çol qiyofasi aks etib turar edi. Tepa soçlari tökilib ulgurgan, faqat çakkalaridagi soçlari qolgan, ular ham qordek oppoq. Tişlari tökilib, yuzlarini esa son-sanoqsiz ajin bosib ketgan, umrida yuziga sovun yoki ustara tegmaganligidan yovvoyi odamlarga öxşab qolgan edi.
“Nahot bu menman? Yöq, yöq, bu odam men emasman!” –qölidagi közguni zarb bilan devorga otib yubordi, közgu çil-çil sinib, atrofga soçildi. Ğazab va nafrat, içki alam bilan titrab, öziga, ötgan umriga açiniş tuyğusi yuragini çöğdek kuydirayotgan edi. “Ming laʼnat, taqdirga ming laʼnat!”
– Çuh, ho jonivorlar, çuh!
Gulmirzaning podasi bugun ham tong yorişmasdan yölga çiqdi. Poda ortida tözonlarni keçib, Gulmirza bir oyoği oqsab ketib borardi. Keng daştga yetgan poda çor-atrofga yoyildi. Şudring qöngan barra ötlar ularning jon-u dili, podaçi buni biladi.
Bugun kun juda issiq edi, tuşlikka yetmasdan oftob kuydira boşladi. “Podani qaytariş kerak”, öyladi u va qöy-qözilarni töplaşga oşiqdi. Podani yölga solgunça bir yarim soatça vaqt ötib ketdi. Oftob uning tinka-madorini quritib yubordi. U podani qötonga qamagaç, soy böyiga kelib ötirdi. Gulmirza juda çarçagan edi. Qarindoşining kelinlari gilam yuvayotganligini körib, ularga yaqinlaşdi. Kelinlar:
– Yordam bermaysizmi Gulmirza aka, – deyişgaç, suv qatnab, kelinlarning mehnatini yengillaştirdi. Kelinlar rahmat aytib, “boringizga şukr”, deya minnatdorlik bildirdilar. Umrida yaxşi gap eşitmagan podaçi özida yöq xursand edi.
Keçki ovqatni çarçaganligidan şoşilib yedi-yu, hovliga solingan örniga şoşildi, boşi yostiqqa tegişi bilan dong qotib uxlab qoldi...
Tong yorişar-yorişmas xörozlar birin-ketin qiçqira boşladilar. Qötondagi qöy-qözilar, sigirlar egasini kutayotgandek navbatsiz maʼraşar, podani haydaş vaqti bölganligini bildirib, toqatsizlanar edi.
– Gulmirza, hoy Gulmirza! – Xonadon egasining dağal ovozi eşitildi. – Tur, nonuşta qil, poda kutib qoldi.
Ammo Gulmirzadan javob kelavermagaç, toqatsizlanib, uni uyğotiş uçun hovli egasining özi şoşildi.
– Tur, turmaysanmi? – qatʼiy ohangda buyruq berdi u. Gulmirza qimirlamadi, u şu yotişida uyqusida beozorgina jon bergan edi.
Uning tongdami, balki tunda uxlaş uçun örniga kirgan zahoti joni uzilgandir, buni heç kim bilmaydi. Uning har kuni poda ortidan yugura-yugura çarçagan oyoqlari muzday qotib qolgan edi.
Bir zumda yomon xabar qişloqqa tarqaldi.
– Podaçi vafot etibdi...
Qöni-qöşni, ayollarning dod-faryodi olamni tutdi.
Azaga kelgan odamlar, ayniqsa, ayollar:
– Bu dunyoga kelib nimani kördi, na oilasi, na ortida suyanç toği – farzandi bor! – deya yiğladilar...
Tobut yerdan kötarildi. Qişloq odamlari heç kimdan kam qilmay, navbat talaşib, mayyitni qişloq qabristonigaça yelkalarida kötarib bordilar. Mayyit yerga qöyilgaç, mahalla imomi hassakaşlarga odatiy savolni berdi:
– Gulmirza qanday odam edi?
Hamma baravariga:
– Juda yaxşi, jannati odam edi, – dedilar...
Bir haftadirki, poda qötonda. Podaçini kutib bezovta bölayotgan qöy-qözilar, sigirlar tinmay maʼraşadi. Yulib solingan ötlarni çimdimadilar ham. Qaytanga oyoqlari tagiga bosib taşladilar.
Ular bir nimani sezgandek şunday maʼradilarki, ovozlari butun qişloqqa eşitildi.
Yöl-u söqmoqlar, qişloq jim-jit.
Har tong podaçining ovozi, qişloqqa fayz bağişlab turar, qişloq ahli uning: “çuh, ho çuh, jonivorlar!” – degan ovozidan uyğonar, lekin heç kim özlari bilan bir qişloqda, bir mahallada yaşayotgan Gulmirza ismli köngli toza, beğubor inson haqida öylab ham körmas edilar. U dunyodan ötgaçgina bu köngli yarim inson qişloqni töldirib turganligini, beminnat xizmati bilan qarindoşining xonadoniga qut-baraka olib kirganini his etdilar. Ammo ... Endi keç edi...
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶