Muzeylar – ötmişning jonli hikoyasi
Xalqimizning ötmişiga doir tarixiy, madaniy va maʼnaviy boyliklarimizni ehtiyot qiliş va saqlaş şu zaminning farzandi sifatida har birimizning muqaddas burçimiz hisoblanadi. Boş Qomusimizning 49-moddasida tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosimizni avaylab-asraşimiz lozimligi, madaniy yogorliklar davlat muhofazasida ekanligi qonunan belgilab qöyilgan.
Muzeylar öz bağrida tarix sahifalarini aks ettirişi bilan qimmatlidir. Bu manzilda ajdodlarimizning kundalik turmuş tarzini, maʼnaviy dunyosini, madaniy salohiyatini asl namunalar vositasida örganamiz.
Olmazor mahallasi hududida joylaşgan Amudaryo tumani tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi ham tumanimiz tarixidan hikoya qiluvçi madaniyat maskani hisoblanadi. Muzey faoliyatini boşlaganidan buyon tumanimiz ahli, ayniqsa, yoşlar doimiy taşrif buyurib, ajdodlarimizning turmuş tarzi bilan yaqindan tanişmoqdalar. Yoşlar faxriy ustoz, mustaqil izlanuvçi tarixçi-ölkaşunos Şavkat aka Çorşamovdan muzeydagi eksponatlar töğrisida qiziqarli, qimmatli maʼlumotlarga ega bölib, tumanimiz tarixiga doir bilimlarini boyitişmoqda.
Muzeydagi eksponatlar asosan XVIII-XIX asr tarixiga doir hisoblanadi. Uy-rözğor buyumlari, ötmişda foydalanilgan iş qurollari, öşa davrda kiyilgan kiyimlar ajdodlarimizning turmuş tarzini ifoda etsa, yoğ işlab çiqariş juvozlari, yerlarni suğorişda işlatilgan suv haydovçi çiğir va çarxpalaklar bobolarimizning mehnati va hayotini köz oldimizda gavdalantiradi. Noyob qölyozmalar, sozandalarning qadimiy çolğu asboblari ajdodlarimizning maʼnaviy-madaniy dunyosidan hikoya qiladi.
Muzey eksponatlari tumanimiz ahli tomonidan taqdim etilgan tarixiy manbalar bilan ham boyib bormoqda. Jumladan, Davlatboy Eşjonov, Abdulla Ortiqov hamda çoyköllik Rajabboy Yeşçonov kabi yurtdoşlarimiz tomonidan taqdim etilgan buyumlar muzeyning xazinasiga aylangan. Ularning timsolida ajdodlar merosiga daxldorlik tuyğusini his qilamiz.
Moddiy va nomoddiy merosimizning davlat muhofazasiga olinişi, qonunlar bilan himoya qilinişi natijasida kelgusi avlodlarga tariximizni butun holida yetkazişga erişiladi. Zero, tarixiy xotirasiz kelajak bölmaydi.
Şohzod Qurbonboyev,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶