18-may – xalqaro muzeylar kuni: AMUDARYo TARIXIY-ÖLKAŞUNOSLIK MUZEYI – XALQIMIZ JONLI TARIXINING BIR BÖLAGI
Mamlakatimizda muzeylar, hatto oçiq osmon ostidagi muzey-şaharlar köp. Albatta, har bir muzey xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotining, jonli tarixining bir bölagi. Amudaryo tumanining tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi bilan tanişgan har bir inson buni dildan his etişi tabiiy. Çunki muzey nafaqat Amudaryo tumanining qadim ötmişi, balki bugungi buyuk özgarişlar, tuman hayotining barça jabhalarida amalga oşirilayotgan islohotlar, erişilayotgan yutuqlar haqida hikoya qiluvçi eksponatlarga boyligi bilan har bir qalbda katta taassurotlar uyğotadi.
Taşkil etilganiga endi 2-yil bölgan muzey bugungi kunda tumanga taşrif buyuruvçi mehmonlar va yoşlarning sevimli maskaniga aylangan. Salkam 500 eksponatga ega muzey 2021-yilning 8-may kuni, yaʼni 18-may – Xalqaro muzeylar kuni arafasida tantanali ravişda oçildi.
Muzey eksponatlarining har birining öz tarixi, xalqimizning bugungi kunida tutguvçi maʼnaviy örni bor. Xalq ana şu maʼnaviy uzviylikdan kuç oladi. XVI-XVII asrdan to bugungi kungaça bölgan amudaryoliklar tarixi aks etgan toşga aylangan daraxt, XVI-XVII asrlarda Xiva va Buxoro xonliklari tomonidan zarb etilgan mis tangalar, toşday qotgan çoy, bundan 200-yillar avval ajdodlarimiz foydalangan dazmol, toşçiroq, kuvi, çiğir, keli-kelisop, öğir, sopol idişlar, baliqçi bobolar foydalangan qayiq, jahonga maşhur manğitlik fizik-kibernetik olimlar, aka-uka Muxtor va Amin Saidovlarni ulğaytirgan halinçak, ikkinçi jahon uruşi iştirokçisi, çoyköllik Qodir bobo kiygan “pöstin”, maşhur turkman gilamlari, Amuböyi ayollarining noyob taqinçoqlari, mursaklari, musiqa asboblari, ayniqsa, XVIII asrda yaşagan manğitlik meʼmor Eşmuhammad naqqoş tomonidan işlangan öymakor eşiklar muzey eksponatlariga alohida joziba bağişlagan.
Şuningdek, muzey eksponatlari içidan joy olgan amudaryolik ijodkorlar qalamiga mansub kitoblar, Amudaryo tuman matbuotining taraqqiyot bosqiçlari haqida hikoya qiluvçi 1934-yildan 2023-yilgaça bölgan davrdagi gazetalarning nodir nusxalari har bir kelguvçining eʼtiborini tortadi.
Darvoqe, buyuk meʼmor Eşmuhammad naqqoş XVIII asrda yaşab, özining mustahkam şarqona meʼmoriy yeçimga ega loyihalari bilan nafaqat Manğit va Gurlan bekliklarida, balki Xiva xonligining barça hududlarida yaxşi tanilgan. Elparvar, özi tuğilgan makonni obodon körişni istagan Eşmuhammad naqqoş Manğit qalʼasining yangi meʼmoriy loyihasini işlab çiqadi. Loyiha şu qadar puxta işlanadiki, unda qalʼadagi har bir inşoot, köça va guzar, agar qurilgan taqdirda, Xiva şahridan kam bölmasligi, hatto minoralari balandligi Xiva minoralaridan ham balandroq bölişi nazarda tutilgan Eşmuhammad naqqoşning loyihasi bilan tanişgan xon Manğit qalʼasi Xiva xonligining şimoldagi mustahkam qörğonlaridan biriga aylanişini istab, loyihani maʼqullasa-da, xonning atrofidagi ayrim ğalamis mulozimlar Manğit qalʼasining bu darajada bekam-u köst bölişini yoqlaşmaydi va Eşmuhammad naqqoşni yöq qiliş payiga tuşadilar. Nihoyat, ular maqsadiga yetişadilar. Xöjayli şahridan muhim yumuş bilan qaytayotgan Eşmuhammad naqqoşni Manğit qalʼasining şimoliy-ğarbidagi “Qaysar yop” böyida buğizlab, yopga taşlab yuboradilar.
Hamma zamonlarda ham xalq içidan çiqqan manqurtlar ezgulik yöliga tösiq bölişgan. Agar şunday bölmaganida bu jafokaş xalq yuz yillab möğullar asoratida yaşamasdi, Temur Malik bilan Jaloliddin Manguberdilar fojeali ölim topmasdi. Agar ana şunday manqurtlar öz vatandoşlari közini çöqimaganlarida Hindistondagi afsonaviy Tojmahal Özbekiston bağrida qurilgan bölardi. Eşmuhammad bobomizga ham bu qadar torlik, duşmanlik qilişmaganida edi, ona şahrimiz Manğitning qiyofasi tamoman boşqaça bölardi. Yaxşiyam mustaqil böldik, mana, tarixiy ildizlarimizdan kuç olayotirmiz.
Tarixni ortga qaytarib bölmagani kabi insoniyat qilgan xatolarni ham töğrilaşning aslo iloji yöq. Muzey eksponatlari esa öz tarixi bilan insonlarni ogohlikka, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat bilan yaşaşga undab turadi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶