“Yulduzlar dueli” loyihasi doirasida ilk jonli kontsert namoyiş etildi
Sanʼat va madaniyat har bir jamiyatning maʼnaviy qiyofasini belgilab beruvçi, insonlar qalbiga ezgulik va gözallik uruğlarini qadovçi beqiyos kuçdir. Ayniqsa, bugungi şiddat bilan rivojlanayotgan davrda aholi, xususan, navqiron avlodning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni sanʼatning sehrli olamiga oşno qiliş har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 7-iyul kuni Amudaryo tumanida ham ana şunday ezgu maqsadlarni özida mujassam etgan madaniy tadbir bölib ötdi. Çoyköl ovuli hududida joylaşgan Amudaryo tumani Madaniyat bölimi tasarrufidagi 36-sonli Amudaryo madaniyat markazi uşbu loyihaga mezbonlik qildi. Bu yerda aholini madaniyat maskanlariga keng jalb etiş, ularning madaniy hordiq çiqarişlari uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş hamda yoşlarning böş vaqtini unumli va mazmunli taşkil etiş maqsadida “Yulduzlar dueli” nomli yangi, özgaça formatdagi loyiha doirasidagi ilk jonli ijrodagi kontsert dasturi namoyiş etildi.
Kontsert dasturi çinakam bayramona kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy böldi. Sahnada özlarining betakror ovozi va öziga xos ijro yöliga ega bölgan yoş isteʼdodli xonandalar — Ğayratjon Yangiboyev hamda Sardorbek Maşaripovlar çiqiş qildi. Ularning har bir kuy va qöşiği faqatgina jonli ijroda yangragani tomoşabinlar qalbiga yanada tezroq yetib borişini taʼminladi.
Muxlislarning olqişlari va nigohlaridagi quvonç bu ikki ijodkor tomonidan taqdim etilgan repertuarning naqadar muvaffaqiyatli tanlanganidan dalolat berdi. Jonli musiqa sehri va diltortar qöşiqlar yiğilganlarga çeksiz zavq, unutilmas taassurot va yuqori kayfiyat ulaşdi.
Albatta, bunday yuqori saviyadagi tadbirlarning ortida katta mehnat, tinimsiz izlaniş va yangilikka intiliş yotadi. Mazkur kontsert dasturi ham 36-sonli Amudaryo madaniyat markazining yangi tayinlangan, fidoyi va taşabbuskor rahbari Qudrat Matsafoyevning ğoyasi va saʼy-harakatlari bilan hayotga tatbiq etildi. Uning madaniyat sohasini rivojlantiriş yölidagi bu ilk qadami yiğilganlar tomonidan iliq kutib olindi.
Tadbirda Amudaryo tumani Madaniyat bölimi mudiri, “Vatan fidoyisi” kökrak nişoni sohibi Murod Ibragimov hamda Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Yöldoş Abdalovlar sözga çiqişdi. Ular öz sözlarida bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor haqida töxtalib, sahnada öz sanʼatini namoyiş etgan ijodkorlarga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, bitmas-tuganmas ilhom va ijodiy yutuqlar tiladilar.
Şu bilan birga, sözga çiqqanlar 36-sonli Amudaryo madaniyat markazi rahbari Qudrat Matsafoyevning taşkilotçilik qobiliyati va taşabbuskorligini alohida eʼtirof etib ötdilar. Madaniyat markazining ahil jamoasiga kelgusidagi işlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bölişini, oldinda turgan yangidan-yangi loyihalarni amalga oşirişda omad yor bölişini tilaşdi.
Tomoşabinlar tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olingan “Yulduzlar dueli” loyihasi şunçaki bir martalik tadbir bölib qolmaydi. Kelgusida bu loyiha yanada keng kölamda, izçil ravişda davom ettirilişi rejalaştirilmoqda. Bundan közlangan asosiy maqsad esa bitta — aholining, ayniqsa kelajagimiz egalari bölgan yoşlarning madaniy hordiq çiqarişini taʼminlaş, isteʼdodli va elga tanilgan sanʼatkorlar ijodini xalq orasida yanada kengroq tarğib etiş, şuningdek, tumanning madaniy hayotini bundan-da jonlantirib, odamlar qalbiga bayramona şukuh olib kirişdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶