18-may - Xalqaro muzeylar kuni
SABR-QANOAT VA FIDOYILIK MUKOFOTI
Har qanday davlat taraqqiyot sari intilar ekan, eng avvalo özining tarixiy ildizlaridan kuç oladi. Xalq ijodiyoti namunalari, urf-odat va anʼanalari, tabiati va jamiki maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlari zaminidan kelib çiqib, taraqqiyot omillarini belgilaydi. Şu jihatdan olib qaraganda muzeylar har bir davlat uçun bebaho madaniy meros, bitmas-tuganmas maʼnaviy xazina hisoblanadi. Şu bilan birga muzeylar millatlar va elatlar, davlatlarni bir-biriga yaqinlaştiruvçi köprik hamdir.
Mamlakatimizda muzeylar, hatto oçiq osmon ostidagi muzey-şaharlar köp. Albatta, har bir muzey xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayotining, jonli tarixining bir bölagi. Amudaryo tumanining tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi bilan tanişgan har bir inson buni dildan his etişi tabiiy. Çunki muzey nafaqat Amudaryo tumanining qadim ötmişi, balki bugungi buyuk özgarişlar, tuman hayotining barça jabhalarida amalga oşirilayotgan islohotlar, erişilayotgan yutuqlar haqida hikoya qiluvçi eksponatlarga boyligi bilan har bir qalbda katta taassurotlar uyğotadi.
Taşkil etilganiga endi 6 oy bölgan muzey bugungi kunda tumanga taşrif buyuruvçi mehmonlar va yoşlarning sevimli maskaniga aylangan. 400 dan ortiq eksponatga ega muzey 2021-yilning 8-may kuni, yaʼni 18-may – Xalqaro muzeylar kuni arafasida tantanali ravişda oçildi.
Avvalo şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, ikki qavatli şinam va körkam muzey binosi joylaşgan hududda Xotira maydoni ham taşkil etilib, “Motamsaro ona” haykali qad rostlagan. Mangu sukunatga çömgan Xotira ayvonlaridagi ramziy Xotira kitoblariga Ikkinçi jahon uruşi, Afğoniston uruşi hamda qatağon qurbonlarining ism-şariflari bitilgan. Gulzorlar oralab, öz yaqinlari ismini alohida dard, soğinç va ehtirom bilan öqiyotgan bugungi avlodlarning sokin ovozlari billur favvoralar şiviriga qöşilib ketadi va “Inson – aziz, xotira - muqaddas” degan tuyğu uyğonadi har bir köngilda. Ana şu tuyğu bilan muzey ostonasiga qadam qöyişingiz bilan fidoyi va mehnatkaş, tarixiy ildizlari mustahkam, sabr-u matonati uluğ Amudaryo elining maʼnaviy-maʼrifiy dunyosi bilan oşno bölasiz. Bu yerda sizni muzeydagi har bir buyum tarixi haqida yanglişmasdan, hatto alohida mehr va kuyunçaklik bilan hikoya qilişdan aslo çarçamaydigan Şavkat aka Çorşamov kutib oladi.
Muzey hayoti bilan tanişiş asnosida Şavkat akadagi fidoyilikni, har bitta eksponatni özgaça mehr va ğurur bilan tasvirlaşlarini körib: “bu inson şunça bilimni qaçon egalladi ekan?” – deya hayratlanişingiz tabiiy.
Darvoqe, Şavkat Çorşamov kim, u muzeyda qanday vazifa bajaradi? Aslida mehnat faxriysi bölgan Şavkat aka Çorşamov hayotining 40-yilini taʼlim-tarbiya sohasiga bağişlagan, nafaqaga çiqqaç ham el-yurt manfaati, yoş avlodni maʼnaviy yetuk insonlar qilib tarbiyalaş yölida fidoyilik bilan yelib-yugurib yurgan tinib-tinçimas inson.
Tumandagi tarixiy-ölkaşunoslik muzeyini taşkil etiş ğoyasi bilan turli eksponatlarni yiğişni boşlaganida Şavkat Çorşamov yoşgina geografiya va tarix fani öqituvçisi edi. Tumanning olis qişloqlariga, çöl-u daştlari, eski qörğon va qalʼalariga borib, turli davrlarga oid buyumlarni töplab, avval özi faoliyat yuritgan 16-sonli umumtaʼlim maktabida möʼjazgina ölkaşunoslik burçagini taşkil etdi. Vaqt ötgan sari eksponatlari soni ortib, bu kiçik burçakka siğmay qoldi. Maktab maʼmuriyati ruxsati bilan eksponatlar geografiya fani xonasiga joylaştirildi. 16-sonli maktabdagi Şavkat Çorşamov tomonidan taşkil etilgan ölkaşunoslik muzeyiga qiziquvçilar safi oşdi. Hatto ayrim yurtdoşlarimiz qadimiy buyumlarni olib kelib berişadigan bölişdi. Maktab muzeyi joylaşgan geografiya fani xonasi endi eksponatlar uçun torlik qiladigan böldi.
Şunday kunlarning birida Şavkat Çorşamov tuman gazetasi tahririyatiga keldi.
- Har bir eksponatning öz tarixi bor, - dedi u kuyunçaklik bilan. – Buyumlar maktab muzeyi uçun ajratilgan xonaga siğmayapti, uyimda ham ortiqça joy yöq, menga yordamingiz kerak.
Yordam? Jurnalist qanday yordam berişi mumkin? Muharrirning topşiriği bilan gazetaga Şavkat Çorşamovning töplagan tarixiy buyumlari va uni qiynayotgan muammo xususida maqola tayyorladim. Maqola gazetada yoritilgaç, öşa paytdagi tuman hokimi (Alloh rahmat qilsin) Rajabboy aka Yöldoşevning oldilariga kirdim.
- Tumanimizda böş turgan binolar köp, birontasini ajratib bersangiz, butun xalq, yoş avlod Sizdan minnatdor bölardi, - dedim Şavkat Çorşamov töplagan salkam 300 ga yaqin eksponatlar haqida söz oçib.
Rajabboy aka meni diqqat bilan tingladilar va:
- Hamma narsaning öz örni, vaqti-soati bor, - dedilar bosiqlik bilan. – Böş turgan binolarni “mana, oling, muzey qiling”, deb qaror qabul qiliş oson emas. Muzey taşkil etiş rejamizda bor, lekin vaqti kelganida, şoşilmaymiz.
Rajabboy aka Yöldoşev to muzey binosi qurilguniça Şavkat Çorşamov töplagan eksponatlarni asrab-avaylaş zarurligini qayta-qayta taʼkidladilar va albatta Manğit şahrining eng çiroyli hududida zamonaviy meʼmoriy yeçimga ega komleks inşoot – Xotira maydoni bilan uzviy ravişda muzey uçun bino qurilajagini bildirdilar.
Mana, 1-yildirki nafaqat Şavkat aka Çorşamovning, balki butun tumanimiz ahlining köp yillik orzusi amalga oşdi. Rajabboy aka Yöldoşev aytganlariday, Manğit şahrining eng körkam göşasida Amudaryo tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi savlat tökib, şahrimiz körkiga-körk qöşib turibdi.
Biz fidoyilik haqida köp gapiramiz. Öz kasbiga, el-yurtga, Vataniga fidoyi insonlarni bilamiz. Lekin öz huzur-halovati, şaxsiy manfaatidan voz keçib, umummanfaati, butun bir xalq orzusini amalga oşiriş yölida fidoyilik qilguvçi insonlar kam. Bölsa ham barmoq bilan sanarli. Şavkat aka Çorşamov ana şunday fidoyilar toifasidan. Salkam 60-yil davomida asrab-avaylab yiğgan tarixiy buyumlarini goh maktab binosida, goh öz xonadonida namgarçilikdan, quyoş nuridan ehtiyotlab saqlaş uçun, avvalo insonda kuçli iroda, sabr-toqat bölişi joiz. Baʼzan hajmi katta eksponatlarni gard yuqtirmay saqlaş maqsadida yaşaş uyi xonalarini böşatişga töğri keldi, baʼzan namgarçilikdan himoyalaş uçun oila ehtiyojiga zarur mablağlarini işlatib yubordi. Lekin intilişdan töxtamadi, qaçondir bir kuni muzey uçun bino qurilişidan umidini uzmadi. Bugun esa...
Bugun bu fidoyi insonning köçasida bayram! Har tomonlama talabga javob beradigan Xotira maydoni kompleksi hududi va Amudaryo tarixiy-ölkaşunoslik muzeyi uning ikkinçi uyiga aylangan. Har bir kelguvçiga muzey eksponatlari haqida tölib-toşib hikoya qiladi. Çarçamaydi! Bugunga kelib Şavkat Çorşamov töplagan 400 dan ortiq eksponatning barçasi, har birining tarixi ham xalqniki. Xalq esa bu tabarruk göşadan maʼnaviy oziq oliş, ajdodlar zakosiga ehtirom körsatiş uçun har kuni, har soatda bu maskanni ziyorat qilaveradi.
Muzey eksponatlarining har birining öz tarixi, xalqimizning bugungi kunida tutguvçi maʼnaviy örni bor. Ana şu maʼnaviy uzviylikdan kuç oladi Xalq. XVI-XVII asrdan to bugungi kungaça bölgan amudaryoliklar tarixi aks etgan eksponatlarda esa Şavkat aka Çorşamovning mehri mujassam. Toşga aylangan daraxt, toşday qotgan çoy, bundan 200-yillar avval ajdodlarimiz foydalangan dazmol, toşçiroq, kuvi, çiğir, keli-kelisop, zağama (öğir), sopol idişlar, baliqçi bobolar foydalangan qayiq, jahonga maşhur manğitlik fizik-kibernetik olimlar, aka-uka Muxtor va Amin Saidovlarni ulğaytirgan halinçak, maşhur turkman gilamlari, Amuböyi ayollarining noyob taqinçoqlari, mursaklari, musiqa asboblari, ayniqsa, XVIII asrda yaşagan manğitlik meʼmor Eşmuhammad naqqoş tomonidan işlangan öymakor eşiklar muzey eksponatlariga alohida joziba bağişlagan.
Darvoqe, Eşmuhammad naqqoş haqida. Bu buyuk meʼmor XVIII asrda yaşab, özining mustahkam şarqona meʼmoriy yeçimga ega loyihalari bilan nafaqat Manğit va Gurlan bekliklarida, balki Xiva xonligining barça hududlarida yaxşi tanilgan. Elparvar, özi tuğilgan makonni obodon körişni istagan Eşmuhammad naqqoş Manğit qalʼasining yangi meʼmoriy loyihasini işlab çiqadi. Loyiha şu qadar puxta işlanadiki, unda qalʼadagi har bir inşoot, köça va guzar, agar qurilgan taqdirda, Xiva şahridan kam bölmasligi, hatto minoralari balandligi Xiva minoralaridan ham balandroq bölişi nazarda tutilgan Eşmuhammad naqqoşning loyihasi bilan tanişgan xon Manğit qalʼasi Xiva xonligining şimoldagi mustahkam qörğonlaridan biriga aylanişini istab, loyihani maʼqullasa-da, xonning atrofidagi ayrim ğalamis mulozimlar Manğit qalʼasining bu darajada bekam-u köst bölişini yoqlaşmaydi va Eşmuhammad naqqoşni yöq qiliş payiga tuşadilar. Nihoyat, ular maqsadiga yetişadilar. Xöjayli şahridan muhim yumuş bilan qaytayotgan Eşmuhammad naqqoşni Manğit qalʼasining şimoliy-ğarbidagi “Qaysar yop” böyida buğizlab, yopga taşlab yuboradilar.
- Hamma zamonlarda ham xalq içidan çiqqan manqurtlar ezgulik yöliga tösiq bölişgan, - deydi Şavkat aka boşini çayqab. – Agar şunday bölmaganida bu jafokaş xalq yuz yillab möğullar asoratida yaşamasdi, Temur Malik bilan Jaloliddin Manguberdilar fikri hisobga olinardi. Agar ana şunday manqurtlar öz vatandoşlari közini çöqimaganlarida Hindistondagi afsonaviy Tojmahal Özbekiston bağrida qurilgan bölardi. Eşmuhammad bobomizga ham bu qadar torlik, duşmanlik qilişmaganida edi, ona şahrimiz Manğitning qiyofasi tamoman boşqaça bölardi. Yaxşiyam mustaqil böldik, mana, tarixiy ildizlarimizdan kuç olayotirmiz.
Nazarimda Şavkat aka Çorşamov ham mustaqillik tufayli öz orzusiga yetdi. Salkam 60-yil tarixiy buyumlarni erinmay yiğdi. Kimdir uning bu işiga:
- Eski-tuskilarni nima qilasiz? – deya ajablandi. Yana kimdir:
- Vaqt ötkazib, kim oşdi savdosiga qöymoqçimisiz? – deya kuldi.
Kim bilsin, şaxsiy manfaatini öylovçi Şavkat akadan boşqa bir odam bölganida, kim bilsin, şunça tarixiy eksponatni bironta muzeyga sotib, pullarmidi?..
Şunday kezlarda dili oğrida uning, lekin ezgu maqsadidan ortga qaytmadi.
- Agar men qilmasam, kimdir şu işni qilişiga, bu tarixiy buyumlar öz qadrini topişiga işonardim, - deydi u.
Mana, sabr-qanoatning mukofoti – Şavkat Çorşamov töplagan eksponatlar oltindan qimmat, qadrli.
Bundan ham muhimi, el-yurt undan minnatdor. Şavkat Çorşamov uçun bundan uluğ baxt yöq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶