21.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.10.2026, 03:33
Maqolalar 👁 798

QAYNOTANING KOʻNGLI (Boʻlgan voqea)

QAYNOTANING KOʻNGLI (Boʻlgan voqea)

Manzuraning eri ham, oʻzi ham shifokor. Ikkalasi ham oliy toifali boʻlgach, maoshlari yaxshi. Qaynotasi Muhammadjon ota “oʻz eling – oltin beshiging”, – deb mahallaning narigi chetidan yer maydoni olib, ularga imorat tiklab berdi. Oʻgʻil-qizlaridan tingan Muhammadjon ota bilan Gulsum ena faqat bitta sogʻin sigirni qoldirib, yangi imorat qurilishi uchun qoʻradagi sigir-u buzoqlarni, qoʻy-qoʻzilarni sotib yuborishdi.

– Shu sogʻin sigirimiz omon boʻlsa, yana ikki-uch yilda qoʻramiz molga toʻladi, oʻshanda menga bitta “Matiz” degan mashina olib berasizlar, – hazillashdi u bolalariga.

Oʻtgan yili hovli toʻy qilib Manzura kelin bilan Rustamboyning oilasini boʻlaklashdi.

Rustamning eski “Jiguli“ mashinasi bor edi. Uylarida tugʻilgan kun, bayramlarni nishonlashganlarida Rustam ota-onasini mashinada olib kelar, yana uylariga eltib qoʻyardi. Chol-kampir bilan ukasi Bahromjonning ham oʻgʻil-qizlari kelishar, ularga oʻzlarining farzandlari qoʻshilishib, rosa zavqlanishardi. Bolalarning dupur-dupur u xonadan-bu xonaga yugurib kirishlari, divan va kreslolar ustida umbaloq otib oʻynashlari Manzuraga yoqmasdi. Ora-sira bolalar oʻynayotgan xonaga kirib tergab ham qoʻyardi.

Muhammadjon ota bir kelganida oʻgʻliga bank krediti asosida yangi mashina olishni, koʻplar shunday qilayotganini maslahat berdi.

– Sen ham shunday qil, ikkoving ham yaxshi maosh olasizlar, ziyon koʻrmaysizlar, yangi mashinali boʻlib qolasizlar, men ham qarab turmayman, qarashib yuboraman, bolam, – dedi ota chin dildan.

Otaning bu gapi maʼqul kelib Rustam yangi mashina olish uchun kredit hujjatlarini rasmiylashtirdi. Navbati yetganida “Jiguli”ni sotib, boshlangʻich badalini toʻladi, yangi mashinali boʻldi.

– Koʻz tegmasin! – quvonishdi ota-onasi oʻgʻlining “Matiz” minib kelganidan. – Yaxshilikka, Xudo yoʻliga ehson qilib yubor, bolam, roʻzgʻoringga baraka beradi.

Bir haftalardan soʻng Rustam xotini bilan birga bozordan xarajat qildi. Kattagina kurka olishdi.

– Manzura, – dedi xotiniga, – kechqurun xudoyi oshini qilamiz, otamga qoʻngʻiroq qilib aytib qoʻy, men Nukusga, majlisga ketayapman.

Manzura indamadi. Kechqurungi boʻladigan marosimga tayyorgarlik koʻra boshladi. Dasturxonga ovqat tortiladigan paytda Rustam ham yetib keldi. Qoʻni-qoʻshnilar orasida ota-onasi koʻrinmadi. Negadir koʻngli xijil boʻlib oshxonaga, xotinining oldiga chiqdi:

– Manzura, – dedi u xavotirlanib, – otamlar sogʻ-omonmikan, hali kelishmabdi-ku?

Manzura qoʻlidagi kafgirni qozon chetiga ohista urib qoʻydi. Xuddi qaynota-qaynonasi kelishi shart emasday, bamaylixotir:

– Ular kelishmasa, maʼraka oʻtmaydimi? – dedi kinoya bilan. – Sal labingiz qimirlab, “keling”, desangiz, “komanda” tuzib kelishadi, bezor boʻlib ketdim.

– Manzura! – xotinining bu gapidan ham hayron boʻlgan, ham jahli chiqqan Rustam unga qanday qoʻl koʻtarganini sezmay qoldi. Yuziga kelib tushgan tarsaki zarbidan chayqalib ketgan Manzura arang oshxona devoriga suyanib qoldi.

Opasining kinoya-kesatiqli gaplarini aniq-tiniq eshitib, oshxona ostonasida serrayib turib qolgan qaynsinglisi Gulnora lom-mim demadi.

– Ota-onam kelmagunicha, dasturxonga ovqat tortmaysan, – boshqalar eshitib qolishidan xavotirlangan Rustam ovozini pasaytirib tayinladi xotiniga. – Ularni oʻzim borib olib kelaman!

– Ovora boʻlma, bolam, bizlar keldik.

Rustam otasining ovozini eshitib, orqasiga oʻgirildi.

– Bizlarga aytishing shart emas, bolam, eshitsak, kelaveramiz. Faqat janjallashmanglar, – Muhammadjon otaning ovozi oʻzining ovoziga oʻxshamas, siniq edi.

Rustam otasining ortidan ayvonga oʻtdi. “Qutlugʻ boʻlsin” lab turgan qoʻni-qoʻshnilar safida koʻksiga qoʻlini qoʻyib, minnatdorchilik bildirayotgan otasi koʻziga ancha choʻkib qolganday tuyuldi. Aftidan, otasi xotinining kesatiqlarini eshitgan-u sir boy bermay, oshxona ostonasida, qaynsinglisining panasida turgani uchun Rustam sezmagan edi.

Shu kuni ota-onasi ketar chogʻida uzundan-uzoq duo qilishdi, soʻng:

– Kelin, – dedi Muhammadjon ota hamon siniq ovozda, – insonni mehr ulgʻaytiradi. Oʻrtada mehr boʻlmasa, koʻngil ham, yoʻllar ham juda olislab ketadi. Tez-tez yoʻqlab turinglar, bizlar endi qaridik. – Soʻng vaziyatni yumshatish uchunmi yo Manzura kelinga oʻgit oʻrnidami, qoʻshib qoʻydi, – Sizlar “komanda boʻlib” borganingiz sari biz yosharamiz...

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026