18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 04:54
Jamiyat 👁 860

ZABARJAD KITOB

ZABARJAD  KITOB

– Yangi kitoblar keldi, – deb qoldi “Jayxun ilhomlari ” NNT raisi A.Nafas.

Bordim. Tilla hal bilan “To quyosh sochgayki nur” deb tanish misra bilan nomlangan kitobni koʻrdim va:

– Oltin kitob obkebsiz-da, – dedim muqovaga ishora qilib.

– Oltini ichinda, ustoz, ichinda, bir oʻqing hali...

Uyga keldim-u, oʻqishga kirishdim. Zamonamiz adabiyot dargʻalari nashrga tayyorlagan, taqriz qilgan maqolalarni oʻqiganim sayin, biridan-biriga oʻtganim sayin...

Siz Erkin Vohidov asarlarini, jumladan, “Oʻzbegim” qasidasini oʻqigansiz-a, yana bir oʻqing, soʻngra Xurshid Davronning ushbu kitob (“To quyosh sochgayki nur”)dan olgan taassurotini oʻqing, ana shunda koʻrasiz, shunda his qilasiz yurtdoshingizdan gʻurur, faxr tuygʻusi qanday boʻlishini!

Siz oʻzingizning millatparvar (millatchi emas!), vatanparvarligingizni taftish qilib koʻrmoqchimisiz?! Chet ellik oʻzbeklarning ham qalbini junbushga solgan “Oʻzbegim”ni oʻqib, eshitib koʻring! Agar yuragingiz “jiz-z” etmasa, Siz Oʻzbekistonda yashasangiz-da, oʻzbekistonlik emassiz, pasportda millatingiz “oʻzbek” boʻlgani bilan qalbingiz oʻzbek emas! Yoki “Inson” qasidasini, “Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa” sheʼrini oʻqing – qolganini gapirmayoq qoʻyayin...

“Oʻzbegim” chiqqach, sevimli domla Omonulla Madayev aytganidek: “Doʻppi kiyganda gʻoz yurish, gerdayib oʻzbekligini koʻrsatish odatga aylandi”. (Men 1992-yili onam vafotidan keyin doʻppi kiyganman. Ha, Xitoy qishlogʻida birinchi boʻlib. Sal ilmoqli gap qilganlarni “Oʻzbegim”dan, Muhammad Yusufning “Doʻppi kiymay qoʻydi odamlar”idan iqtibos keltirib, mot qilardim).

Erkin Vohidov ijodi va oʻzbek adabiyoti boʻyicha juda chuqur tadqiqotlar olib borgan Vali Savash Yelok (Turkiya. Gazi universiteti. Fan doktori, professor): “Sheʼrning (“Oʻzbegim”) ohanrabosi bilan birga, undan ham qiziq tarafi shu ediki, auditoriyani toʻldirib oʻtirgan yetmish besh talabaning barchasi (Turkiya universitetida!) hech ovoz chiqarmay bu sheʼrni tinglagan, sheʼr tugagandan keyin esa mehmonimiz (E.Vohidov)ni tik turib olqishlagan edi”, – deydi.

Akademik Matyoqub Qoʻshjonov, Ahmadjon Meliboyev, Sultonmurod Olim, Abdugʻafur Rasulovlarning salobatli fikrlari ona tilimizga boʻlgan muhabbat, gʻurur tuygʻularini shakllantiradi. Shoirga tahsinimizni toblaydi. Sheʼrlardagi ilmiy mushohadalar esa olimlarni ham hayratga soladi, faoliyatlarida insoniylikni mezon qilib olishga undaydi.

“... har qanday tilning yuksalib, rivojlanishini taʼminlaydigan eng muhim omillardan biri xalqning oʻz tiliga boʻlgan sadoqati, muhabbati bilan birgalikda kundalik hayotda qoʻllanishidir”, – deb Husayn Baydemir (Turkiya. Arzirum. Otaturk universiteti. Fan doktori, professor) Erkin Vohidovning bu boradagi buyuk amaliy xizmatlariga tahsin aytadi.

Shuhrat Rizayev, Naim Karimov, Ibrohim Gʻafurov, Umarali Normatov kabi zabardast olimlar ehtiromi, Sirojiddin Sayyidning vazmin hayajoni sizni joʻshqin hayajonga soladi, fikrdosh boʻlasiz. Shoir surati va siyrati haqida uning shaxsiga va ijodiga beqiyos muhabbatni Azim Suyun, Oshiq Erkin, Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Tohir Malik ochgan sirlardan anglaysiz. Bu maqolalarni beparvo oʻqiy olmaysiz. “Faqat avliyoqalb odamgina inʼom qilingan doʻkon toʻla tilloni olishdan koʻra odamiylik tillosini – juvonmardlikni afzal koʻradi”, – deysiz!

Shoirning shaxmatsevarligi haqida bir chimdim bilmoqchi boʻlsangiz, Omon Matchonning sheʼri, Nosir Muhammadning, Shodmon Otabekning esdaliklari shu kitobda. Nega sheʼriyatdagi mubolagʻa-yu, “yolgʻon”larga chin deb ishonishimizga tushunasiz (B.Karimov maqolasi). Buning siri shoir iqtidorida, mahoratida ekanligiga iqror boʻlasiz. “Yoshlik devoni” necha martalab chop qilinsa ham, kitob doʻkonlaridan topa olmasligingiz sababini anglaysiz. Yana Anvar Obidjon, Erkin Aʼzam, Abdulla Oripov, Savranboy Jusuyev (Qirgʻiziston Qahramoni), Poshali Usmon oʻgʻli (Turkiya) kabi buyuk insonlar Erkin Vohidov ijodi haqida soʻz yuritayotib, shunchaki soʻz emas, moʻʼjazgina asarlar yaratib qoʻyganiga guvoh boʻlasiz.

Bu kitobni oʻqib, Erkin Vohidov asarlarini qaytadan qoʻlga olasiz va boshqacha ishtiyoq, hayajon bilan oʻqiysiz. Ulugʻ ustozlarning soʻzlaridagi cheksiz mehr va samimiyatni tuyasiz. Shoirning etagidan tutgan Iqbol Mirzoga, Mahmud Toirga havas qilasiz. Shoirning “proba”si – “asillik belgisi” (prof. Akmal Saidov) yuqori Inson boʻlganligiga iymon keltira-siz!

Xudoyberdi Toʻxtaboyev: “...yumor aytayotganda quvonch emas, balki qaygʻu, hasrat ham boʻlishi mumkin”,– deydi. Erkin Vohidovning “Nega yapon yuz yil yashar” sheʼriga qarang:

Chunki yapon bizdek qorongʻu

Sahar turib oshga bormaydi.

Motamida u obroʻ uchun

Elni chorlab ziyofat qurmas.

Hayiti yoʻq, bel bogʻlab uch kun

Shamdek qotib koʻchada turmas.

Garchi bizdan yuz bor farovon,

Garchi bizdan yuz karra toʻqdir.

Toʻy xarjida yuzta boy yapon

Bir kambagʻal oʻzbekcha yoʻqdir.

-Faxrmi bu, oʻkinchmi?

-Oʻkinch bu! Faxrli oʻkinch!

Hukumatimizning toʻylarni, marosimlarni ortiqcha dabdabasiz, isrofgarchiliksiz oʻtkazish borasidagi tadbirlari ham ana shunday oʻkinchdan kelib chiqmadimi axir! Shoirona bashoratmi bu? Bu – sheʼrning hayotiyligi! “Oʻzbegim”da bugungi istiqlol, orzu bashorat qilinganligini anglayvering, endi!

Qilsalar gar oqil, dono

Nozik imo, ishoratlar.

Bilingki, bu kelajakda

Roʻy berajak bashoratlar.

Matmusa haqidagi yumor-mutoyiba shu kunning mavzusida emasmi? “Matmusaning dutori”ni ozgina tahlil etib, ayniqsa, xulosaga diqqat qiling:

Alqissa, shu mashshoqlar

Qidirishni tashlasin.

Kerak pardani topgan

Matmusalar yashasin!

Oʻzi soz ham chalib bilmaydigan, sheʼriyatdan bexabar “Matmusa xonandalar” kerakli pardani topib “yasha”(!)mayaptimi? Shuning uchun ham Prezidentimiz maqom sanʼatiga eʼtiborni Farmon bilan mustahkamladilar-da!

Shoir ijodining yana bir olmos qirrasi – tarjimonlik mahorati haqida Usmon Aʼzim, Najmiddin Komilovlar fikringizni toʻliqtiradi, ha, toʻliqtiradi. Chunki siz “Faust” (Gyote), “Fors taronalari” (Yesenin)ni oʻqigansiz.. bu asarlarni oʻqib, chuqur xayollarga ham tolgansiz..

Tumanimizda siz-u biz kabi shaydolari koʻp Erkin Vohidov sheʼriyatining, Rustam hoji shoir sheʼrlarini yoddan ifodali oʻqiganda qoyil qolasiz. A.Nafasning yaqinda nashrdan chiqqan “Keldim dovonlar oshib” toʻplamidagi “Ijodiy jasorat haqida ballada”si ana shunday ixlos, muhabbat aks etgan tatabbuʼdir.

Parcha:

– Sheʼriyatda shaklmi yo,

Mazmun, – deya, birlamchi?

Necha olim bahslashdi,

Otiga bosib qamchi.

Shunda shoir dedi aylab,

Haqiqatga tavajjuh:

– Asli shakl bilan mazmun

Tan libosi ichra ruh.

Agar ijodda xalqingga

Xizmatni qilsang niyat,

Har sheʼringda qaror topsin

Umummilliy qadriyat.

El nafini kuylamoqdek

Baxtdan topib nashida.

Faxr bilan yaratganman

“Oʻzbegim”dek qasida.

Erkin Vohidov “Soʻz – zabarjad, soʻz – gavhar, oltin” maqolasida zabarjadni gavhar, oltindan ham oldinga qoʻyibdilar. Bu kitobda shoir shaxsiyati va ijodi haqida buyuk-buyuk olimlar, ijod salaflari fikr bildiribdilarki, “uning “Barakalla” boʻlgani shudir” (E.Vohidov). Shuning uchun bu kitobni “Zabarjad kitob” desak arziydi. Bu zabarjad kitobni oʻqigach, yuqorida aytganimizday, shoirning asarlarini izlashga, qaytadan sinchiklab oʻqishga, “Soʻz latofati”ni uqishga kirishasiz, menga oʻxshab. Bunga ishonchim komil! Sizga omad va zako yor boʻlsin!

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026