12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 18:50
Adabiyot 👁 466

Taniqli ijodkor Pölat Xudoyberganovning yangi kitobi taqdimoti ötkazildi

Taniqli ijodkor Pölat Xudoyberganovning yangi kitobi taqdimoti ötkazildi

Kitob – inson maʼnaviyatini yuksaltiruvçi, uning içki dunyosini boyituvçi bebaho xazinadir. Adabiyot va şeʼriyatga oşno qalblar esa jamiyatning eng ziyoli qismini taşkil etadi. Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida ana şunday ziyoli insonlar iştirokida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli ijodkor va bolalar şoiri Pölat Xudoyberganovning yaqindagina naşrdan çiqqan "Oramizdagi fidoyilar" deb nomlangan publitsistik va şeʼriy töplami taqdimoti ötkazildi. Uşbu maʼrifiy tadbirda kutubxona maʼmuriyati, ijodkorning yaqinlari hamda adabiyotga mehr qöygan bir guruh kitobxon yoşlar jam bölişdi.

Asar muallifi Pölat Xudoyberganov 1956-yilning 26-mayida Amudaryo tumanidagi Qiliçboy qişloğida tavallud topgan. Uning ilm-fan va ijodga bölgan iştiyoqi juda erta uyğongan bölib, 1978-yilda Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institutining sirtqi bölimini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ijodkor özining mehnat faoliyatini dastlab şu dargohning Kimyo-biologiya fakultetida boşlagan. Aynan şu davrda uning jurnalistikaga bölgan qiziqişi özining ilk mevalarini bera boşladi. Mazkur oliygohning "Pedagog" gazetasi boş muharriri, ustozi Mamasoli Jumaboyev bilan hamkorlikda professor-öqituvçilar hayoti va talabalarning kundalik faoliyatiga oid turkum maqolalar yozib, şu bilan birgalikda özining ilk şeʼrlarini ham matbuot naşrlarida çop eta boşladi.

Mamlakatimiz mustaqilligining ilk yillaridan boşlab Pölat Xudoyberganov Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi Özbekiston radiosiga işga taklif etildi. Bu dargohda sohaning yetuk mutaxassislaridan radiojurnalistikaning barça sir-asrorlarini qunt bilan örgandi. Köp yillar davomida qişloq xöjaligi mavzusiga oid radioeşittirişlarga mualliflik qildi.

Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati bilan yaqindan hamkorlik qilib, dolzarb mavzulardagi eşittirişlari orqali tinglovçilar eʼtiboriga tuşdi. 2000-yildan to 2017-yilga qadar esa u "Assalom, Özbekiston!" telekörsatuvida muxbir sifatida iş olib bordi. Bu vaqt mobaynida davr ruhini özida aks ettirgan "Ibrat", "Taʼlimning fidoyilari", "Yuz bilan yuzlaşganlar" kabi qator ijtimoiy-maʼrifiy dasturlarni tayyorlab, teletomoşabinlar eʼtiboriga havola qildi.

Pölat Xudoyberganovning 2006-yilda "Vatan deyman", 2009-yilda "Muhabbatsan", 2012-yilda "Qadri baland qadrdonlarim", 2018-yilda "Qiliçboy – ona qişloğim" va 2021-yilda "Orzularim bir olam" nomli şeʼriy töplamlari kitobxonlar qöliga yetib bordi. Şuningdek, u 2017–2019-yillar oraliğida Içki işlar vazirligining "Avtohamroh" jurnalida muxbir bölib faoliyat yuritgan. Uning qalamiga mansub rang-barang maqola va şeʼrlar bir qator gazeta va jurnallarda muntazam ravişda çop etilib kelinmoqda.

Ijodkorning bolalar adabiyotiga qöşgan hissasi va köp yillik mehnatlari eʼtirof etilib, 2021-yilda u Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi böldi. Bugungi kunda ham u yoş avlod tarbiyasiga befarq emas. 2020-yildan buyon Toşkent şahri Yunusobod tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda 354-sonli umumtaʼlim maktabida şeʼriyat, adabiyot va notiqlik tögaragi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida bölib ötgan "Oramizdagi fidoyilar" asarining taqdimoti ham ana şu sermazmun ijod yölining uzviy va mantiqiy davomi böldi. Tadbir davomida yangi kitobning mazmun-mohiyati, unda söz yuritilgan zamonamiz qahramonlari, ularning ibratli hayot yöli va xayrli işlari haqida maʼlumotlar berildi. Şuningdek, bolalar şoirining öziga xos uslubda yozilgan samimiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega şeʼrlaridan namunalar öqildi.

Bu kabi maʼrifiy uçraşuvlar nafaqat yoşlarning kitobga bölgan mehrini oşiradi, balki el-yurt fidoyilarining hayoti va ijodi bilan tanişiş orqali ularda vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026