"Eng yaxşi yoş kitobxon" körik-tanlovining okrug bosqiçi yuqori saviyada ötkazildi
Odatda, askar deganda köz oldimizga qurol kötargan, jismonan baquvvat va har qanday qiyinçilikni yengib ötişga tayyor bölgan mard öğlonlar keladi. Ammo, bugungi şiddat bilan rivojlanayotgan davrda Vatan himoyaçisidan faqatgina kuçli emas, balki bilimli, zukko va keng fikrlaydigan şaxs böliş talab etiladi. Bu borada kitob insonni çuqur fikrlaşga, mustaqil muşohada yuritişga, ona Vatanga bölgan sadoqat va xalq oldidagi masʼuliyatni yanada teranroq anglaşga çorlaydigan eng asosiy va bebaho maʼnaviyat manbai bölib xizmat qiladi.
Şu maqsadda Şimoli-ğarbiy harbiy okrugda harbiy xizmatçilar örtasida kitobxonlik madaniyatini keng tarğib etiş, ularning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, mustaqil fikrlaş könikmalarini rivojlantiriş hamda qöşinlardagi maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada mustahkamlaşga qaratilgan "Eng yaxşi yoş kitobxon" körik-tanlovining okrug bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.
Tanlovda harbiy qismlarda ötkazilgan dastlabki saralaş bosqiçlarida eng yuqori natijalarni qayd etgan, kitobga bölgan çeksiz mehri va mutolaaga sadoqatini amalda yorqin namoyon eta olgan eng iqtidorli harbiy xizmatçilar iştirok etdi. Qizğin va murosasiz keçgan intellektual bellaşuv jami 3 ta asosiy şart asosida ötkazilib, unda qatnaşçilar özlarining bilim va salohiyatini har tomonlama namoyiş etdilar.
Musobaqa davomida qatnaşçilar özbek va jahon adabiyotining nodir durdonalari, buyuk adib va mutafakkirlar ijodi, turli asarlardagi boş qahramonlarning hayotiy qaraşlari, ularning inson kamoloti va vatanparvarlik ruhini şakllantirişdagi beqiyos örni, şuningdek, bugungi kunda milliy maʼnaviyatimizni yuksaltiriş yölidagi ahamiyati yuzasidan hakamlar hayʼati tomonidan berilgan savollarga javoblar berdilar.
Iştirokçilarning barça çiqişlari kitob mutolaasi inson tafakkurini qançalik ötkir çarxlaşini, qalbini ezgulik nurlari bilan boyitişini va eng muhimi, harbiy xizmatçining maʼnaviy qiyofasini yuksaltirişdagi örnini yana bir karra yaqqol namoyon etdi. Bu jarayon şunçaki bilimlar sinovi emas, balki çinakam maʼrifat bayrami sifatida barçaning eʼtiborini tortdi.
Tadbir yakunida tanlov ğoliblari va eng faol iştirokçilar Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi qöşinlari qömondoni nomidan maxsus diplom hamda qimmatbaho esdalik sovğalari bilan tantanali ravişda taqdirlandilar. Uşbu murosasiz bahsda barça raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-örinni qölga kiritgan harbiy xizmatçi esa musobaqaning navbatdagi, yaʼni vazirlik miqyosidagi respublika bosqiçida Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi şarafini munosib himoya qilişdek ulkan va masʼuliyatli huquqni qölga kiritdi.
Yurt himoyaçisining qölidagi qurol Vatan sarhadlarini qöriqlaşda qançalik muhim va zarur bölsa, uning qalbidagi kitobga bölgan muhabbat va bilimga çanqoqlik ham şunçalik beqiyos ahamiyatga egadir. Zero, maʼrifatli va ongli askar — bugungi kunda Vatanning eng mustahkam tayançi, kitobxon va ziyoli harbiy esa yurtimiz tinçligi va kelajak taraqqiyotining eng işonçli kafolatidir.
Harbiy qismlarda muntazam ravişda ötkazib kelinayotgan bunday keng kölamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar harbiy xizmatçilarni nafaqat jismonan, balki ruhan va aqlan barkamol, bilimi teran, dunyoqaraşi keng va eng asosiysi, ona Vatanga sadoqatli şaxslar etib tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶