28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 06:57
Maqolalar 👁 863

OILAGA QUVONCh EMAS, TAShVISh OLIB KELGAN ChAQALOQ

OILAGA QUVONCh EMAS, TAShVISh OLIB KELGAN ChAQALOQ

(Voqeiy hikoya)

Farida bilan Oʻktam toʻyidan bir necha kunlar oldin, ota-onalari raʼyiga koʻra uchrashib, turmush qurishgan boʻlsa-da, toʻqqiz yildan beri sen-menga borishmadi, birini biri jonidanda aziz bildi. Farzandsizlik ham ularning mustahkam bogʻlangan oʻzaro muhabbat, mehr-oqibat rishtalariga raxna sololmadi. Biroq yoshlari oʻttizdan oshib, qirqqa qarab ketayotgani uchun bu muammo keyingi yillarda ularni tobora qattiqroq azoblar edi. Oʻktamning ota-onasi kelinini tugʻmadi desa, xuddi oʻgʻli undan kechib yuboradiganday, ularning farzandli boʻlishini qanchalar orziqib kutsada, tiliga chiqarishmas, shu mavzuda gap ochilsa, “Yaratganning karami keng, umid qilaylik, atagani bordir”, – deyishardi, xolos.

Oʻsha kuni er-xotin ertalabki nonushta payti oʻz qarorlarini – yaʼni farzand asrab olishmoqchi ekanligini aytishganida shuning uchun ham ota-ona avval biroz roʻyxushlik berishmadi. Axir tashlab ketilgan bola … qanday odam bolasini tashlab ketardi?.. Erta-bir kun noqobil ayoldan dunyoga kelgan bola asli-nasliga tortib ketsa, nima boʻladi? Bizning oʻzbekchiligimizda ona yo ota vafot etganida ham oʻz jigarbandini hech kim qarovsiz qoldirmaydi-da, qarindoshlar gʻamxoʻrlik qiladi-da.

Chol-kampir uzoq mulohaza qilishdi. Ertasiga nihoyat, nima boʻlsa ham yaxshilikka boʻlsin, ehtimol bir yetimga mehribonlik qilsa, Xudoyim rahm qilib, oʻzlariga ham berib qolar, degan umidda rozilik bildirishdi.

Hammasi oʻsha kundan boshlandi. Farida bolani yangi tugʻilgan vaqtidan olsam, kim tugʻib ketgan boʻlsa ham, oʻzim yaxshi tarbiya beraman, deb oʻylab, eriga buni juda uqtirdi. Kerakli idoralarga murojaat qilishganida ham yangi tugʻilgan chaqaloq asrab olishmoqchi ekanini aytishdi. “Mehribonlik uyi” mudirasiga telefon raqamlarini berib kelganiga qaramay, oʻzlari ham kunora xabarlashib turishdi.

Bu dunyoning bor shodligi bola bilan-da. Ota-bobolarimiz ham bolali uy – bozor, bolasiz uy – mozor, deb bekorga aytishmagan.

Garchi ikki oylik boʻlsa-da, koʻzlari munchoqdek- munchoqdek, oppoq yuzlari begʻubor, shirintoy qizaloqni xonadoniga olib kelganidan beri Farida farzand totini yana ham chuqurroq his etdi, nazarida olam guliston boʻlib ketganday boʻldi, hatto qizini “qutlugʻ boʻlsinlab” kelganlarga koʻrsatishga ham qizgʻanib qoldi. Baʼzan uni bagʻriga bosib oʻtirib, koʻngliga: “Kim seni koʻzi qiyib tashlab ketgan ekan-a?” – degan oʻy kelar, oʻz oʻyidan oʻzi qoʻrqib ketib, bolasini mahkamroq quchoqlar, “sen oʻzimnikisan, faqat oʻzimniki” – derdi xayolan.

Barcha tashvishlar tibbiyot muassasasi xodimlari kelib, Faridaga “qizingizni kasallikka qarshi emlashga olib boring, tibbiy tekshiruvdan oʻtkazing”, – degan kunidan boshlandi.

Farida bilan Oʻktam xuddi bu ham bir ota-onalik martabasi belgisiday, qizaloqni qoʻgʻirchoqday yasatib, bolalar poliklinikasiga olib borishdi. Barcha tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazishdi, kasallikka qarshi emlatishdi.

– Qizingizdan olingan qon tahlillari natijasini keyin maʼlum qilamiz, hozircha oʻsib-ulgʻayishi yaxshi, – dedi ularni xotirjam qilib hudud shifokori.

Oradan hafta oʻtib, yana qon tahlili topshirishi lozimligini aytishganida er-xotin hang-mang boʻlib qolishdi.

– Hozircha bir nima deyishga erta, shu tahlil natijasi ham chiqsin, keyin gaplasharmiz, – dedi-da shifokor xuddi ishi shoshilinch odamday, qogʻoz titkilay boshladi.

Qon tahlili natijasi … Oradan hafta oʻtmay tahlil natijasida qizaloqda OIV infektsiyasi mavjudligi aniqlanganini aytib kelgan tibbiyot xodimining soʻzlarini Oʻktam ham, Farida ham goʻyo eshitmadi, yo eshitsa ham idrok etolmadi. Chol-kampir ham xuddi koʻzga koʻrinmas bir odam jonlarini sugʻurib olganday, oʻtirgan joylarida majolsiz vujudlarga aylanishdi. Goʻyoki mashʼum xabar charogʻon kunduzni zulmatga aylantirgandek, nainki zulmat, dunyo ostin-ustun boʻlib ketgandek edi.

Zilday ogʻir soniyalar toʻrtala insonni borgan sari qattiqroq azoblar iskanjasiga olar, oppoq choyshablar toʻshab, malikalar taxtiday yasatilib, harir pardalar tutilgan karavotchasiga osilgan oʻyinchoqni mitti qoʻlchalari bilan tutishga urinayotgan goʻdakkina bu olam tashvishlaridan, oʻz tuqqan onasining hayvoniy nafsiga erk berib, yengiltaklik yoʻlida oʻzini qurbon qilib yurganidan, shu yoʻlda orttirgan bedavo kasalligi begunoh norasida joniga daxl qilayotganidan bexabar edi…

Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026