09.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
09.09.2026, 12:21
Iqtisodiyot 👁 388

Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning oʻrni va ishtiroki tobora ortib bormoqda. Oila farovonligini taʼminlashdan tashqari, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham yuksak faollik koʻrsatayotgan ayollar oʻzlarining tadbirkorlik qobiliyatlari bilan koʻplab sohalarda ulkan natijalarga erishmoqdalar. Bu borada xotin-qizlarning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning salohiyatlarini yuzaga chiqarish hamda ilgʻor tajribalarini ommalashtirish maqsadida muntazam ravishda turli davlat dasturlari, loyihalar va koʻrik-tanlovlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday koʻrik-tanlov yaqinda Amudaryo tumanida ham boʻlib oʻtdi. Tumandagi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini yuksaltirish, ularning yangi va kreativ biznes tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda jamiyatda oʻz oʻrnini topishga intilayotgan faol xotin-qizlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi hamda Amudaryo tumani Xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari, siyosiy partiya faollari, soha mutaxassislari, katta tajribaga ega boʻlgan tadbirkor ayollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Goʻzal Saburova, partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari Yaxshimurod Ahmedov va boshqalar soʻzga chiqib, bugungi kunda ayollarga davlat tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va ularning bandligini taʼminlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida atroflicha maʼlumotlar berdilar.

Tanlov davomida ishtirokchilar oʻzlarining tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, koʻrsatayotgan xizmat turlari va kelajakka moʻljallangan yangi innovatsion loyihalarini yigʻilganlar eʼtibori taqdim etdilar. Koʻrgazmali chiqishlar va taqdimotlar orqali barcha ishtirokchilar oʻz biznesining jamiyat uchun qanchalik foydali ekanligini, qancha yangi ish oʻrinlari yaratganini va mahsulotlarining bozordagi raqobatbardoshligini isbotlashga harakat qildi. Bu jarayon malakali mutaxassislar va tashkilotchilardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan belgilangan mezonlar asosida, yaʼni mahsulot sifati, yaratilgan ish oʻrinlari soni va biznesning istiqbolliligi kabi muhim omillar boʻyicha xolis va adolatli baholandi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar, oʻziga xos ijodiy va tijoriy raqobat muhitida oʻtgan tanlov yakunlariga koʻra, eng munosiblar gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi. Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosasiga koʻra, tanlov gʻolibligiga 2 nafar faol tadbirkor ayol munosib koʻrildi. Ulardan biri – Gulzor mahallasidan tashrif buyurgan Raʼno Nurmatova yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishida oʻz mahoratini yuqori darajada namoyish etdi. Bugungi tezkor zamonda aholining sifatli, qulay va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan ushbu faoliyat turi hakamlar tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Shuningdek, Xolimbeg ovuli vakili Yulduz Ismoilova ham 1-oʻringa loyiq deb topildi. U milliy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan, xalqimiz turmush tarzida doimiy ehtiyoj seziladigan koʻrpa va koʻrpacha tikish yoʻnalishi boʻyicha oʻzining hunarmandchilik namunalari bilan barchaning diqqatini tortdi.

Tanlovning faxrli 2-oʻrni ham munosib egalarini topdi. Bogʻ mahallasida oʻz biznesini uzoq vaqtdan beri muvaffaqiyatli yuritib kelayotgan Malika Xudaybergenova hamda Durunki mahallasidan tashrif buyurgan Dilorom Berdiboyevalar ushbu oʻringa munosib koʻrildi. Ularning mahalliy xomashyodan yaratgan mahsulotlari va kelgusidagi rejalari iqtisodiy jihatdan barqaror va istiqbolli ekanligi alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, mazkur koʻrik-tanlovda faol ishtirok etgan boshqa nomzodlarning fidokorona mehnatlari ham eʼtibordan chetda qolmadi. Xususan, Yangiobod mahallasi vakili Barno Murodova hamda Boʻston mahallasidan tashrif buyurgan Nazokat Safarova kabi tadbirkor xotin-qizlar ham musobaqada juda faol ishtirok etib, oʻzlarining original biznes gʻoyalari, sifatli mahsulotlari bilan hakamlar hayʼati va barcha qatnashchilarning iliq fikrlariga, yuqori eʼtiboriga sazovor boʻldilar. Ushbu xotin-qizlarning barchasi oʻz hududida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda haqiqiy ibrat namunasi boʻlib, boshqa uy bekalarini ham tadbirkorlikka jalb etishda oʻziga xos motivatsiya manbai sifatida xizmat qilmoqda.

Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va oʻzlarining tashabbuskorligi bilan ajralib turgan barcha faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

«Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish, eng asosiysi, olis va chekka hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilishi bilan gʻoyat ahamiyatli boʻldi. Bu kabi muhim loyihalar va tanlovlar kelajakda ham muntazam ravishda davom etib, yurtimizning barcha hududlarida koʻplab yangi ishbilarmon ayollarning kashf etilishiga, ularning mamlakat iqtisodiyotiga qoʻshayotgan ulkan hissasining yanada ortishiga hamda jamiyatda xotin-qizlar mavqeining bundan-da yuksalishiga mustahkam zamin yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026