21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 19:36
Maqolalar 👁 858

ZULM QILIŞ ZOTI AQLIYaTGA ISNODDIR

ZULM QILIŞ  ZOTI AQLIYaTGA ISNODDIR

Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Zulm deb hayotda biron bir kimsaning qasddan yoki bilmasdan boşqa birovlarga, turli maxluqotlarga qilgan jabr va adolatsizlik harakatiga aytiladi. Zulmning har qanday körinişlariga qarşi mamlakatimiz Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev boşçiligida yangi huquqiy qonun-qoidalar yaratilib, izçillik bilan amalga oşirilmoqda.

Alloh bandalariga xitoban: “Men özimga zulmni harom etdim, bas, bir-birlaringizga zulm qilmanglar”, – deb buyurgan. Zulm deyilganda birovni sökiş, uriş, öldiriş yoki azoblaş kabilarni tuşunamiz. Ammo bizlar hayotda zulmning son-sanoqsiz turlari mavjudligini, hatto tasavvur ham qila olmaymiz.

Masalan, Siz ota va qaynota sifatida oilangiz aʼzolariga kundalik hayotda qanday zulmlar qilayotganligingizni özingiz bilasizmi? Bu borada şaxsan özingiz döppini yerga qöyib, bir fikrlab körganmisiz? Aybli va aybsiz bola-çaqalaringizga qöpol muomalalar qilmasdan, ularning har biriga öziga yaraşa mehnat taqsimlab bera olayotirsizmi yoki örinsiz urişaverib, örinsiz işlar buyuraverib, oilangizda özaro norozilik muhiti yuzaga kelayotgani yöqmi? Bolalar, kelinlar va nevaralar oldida ayolingizni kamsitib, jerkib, sababsiz zulm qilmayapsizmi?

Mabodo, oilada özaro oğzibirçilikka putur yetib, öğlingizning oilasini saqlab qolişning heç ilojini topa olmasangiz, ularning yoş bolalari bölsa, ota-ona bölganligingiz sababli Siz aybdor hisoblanişingizni his qila olasizmi? Çunki yoş, norasida bolalarni tirik yetim qiliş va ularning köngillarini oğritiş, ularga zulm qiliş hisoblanib, şariatimizda katta gunohlar tiyrasiga kiradi.

Bu borada faqih Abu Lays As-Samarqandiy aytadilar: “Gunohlarning zulmdanda kattaroği yöqdir. Çunki gunoh Alloh bilan bandaning orasida böladi, Alloh taolo karim zot, keçirib yuborişi mumkin. Agar gunoh sen bilan boşqalar orasida bölsa, xusumatçilaringni rozi qilişdan boşqa ilojing ham yöq. Zolim qilgan zulmi uçun tavba qilsin, zulm bergan kişisidan keçirim sörasin, agar qodir bölmasa, uning uçun istiğfor aytsin va duo qilsin. Mana şunday xolisona amallar bilan ham gunohlarimizning afv qilinişidan umidvor bölişimiz mumkin”.

Ali ibn Abu Tolib (r.a) aytganlar: “Hammaga yaxşilik qildim, Heç kimga heç qaçon yomonlikni ravo körmadim. Çunki Alloh taolo: “Kim biron yaxşi amal qilsa, özi uçundir, kim yomon amal qilsa, öz ziyoniga qilur”, (“Fussilot” surasi, 40-oyat) deb aytgan”.

Sahobiylardan Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: Payğambarimiz (s.a.v) bir kuni bir kişiga uç narsani nasihat qilib aytdilar: “Ölimni eslaşni köpaytir, şunda boşqa narsa bilan maşğul bölişni tark qilasan, şukrni mahkam tut, u neʼmatni ziyoda qiladi, duoni ham mahkam tut, çunki duoing qaçon mustajob böladi, bilmaysan. Uç narsadan seni qaytaraman: Ahdni buzma, uning buzilişiga ham yordam berma, zulmdan saqlan. Kim birovga zulm qilsa, Alloh taolo zulm körgan kişiga yordam beradi. Makrdan saqlan. Çunki makr yomonlik keltiradi”.

Islomiyat tarixida Iroq mamlakatining hukmdori bölgan Hujjoj ibn Yusuf as-Sakafiy ismli bir zot ötgan. U kişi ellik tört yil umr körgan. Tarixiy manbalarda bu odam özining nihoyatda zolimligi sababli “Hujjoji zolim” nomi bilan el-ulusga tanilgan. Tarixiy manbalarga köra Hujjoji zolim podşohligi davrida Bağdodda 120 ming begunoh odamlarni ölimga hukm qilgan va neça yuz minglab ayollarni esa zindonband qildirgan ekanlar.

Uşbu odamning hukmronligi davrida bir kuni duosi ijobat bölişi bilan el nazariga tuşib, tanilgan maşhur Xizrnafas bir şayx Bağdodga kelganmiş, degan gap Hujjojning quloğiga yetadi. Hukmdor uni tezda saroyga olib kelişlarini buyuradi va özini duo qilişini söraydi. Söfi Ollohyorning “Sabotul ojizin” nomli nazmiy asarida bayon qilinişiça:

Duoga qöl kötardi ul neku hol,

Dedi: yo Rab, bu zolim jonini ol.

Tabiiyki, Hujjoji zolim: “Ey darveş, bu qanday duo böldiki, menga undan biron xayr va manfaat bölsa?” deb ğazablandi. Darveş esa: “Bu senga va barça möʼminlarga xayrli duodir. Çunki sen ölsang, gunohlaringning köpayib borişiga çek qöyilib, zulmingdan esa aziyat çekayotgan musulmonlar qutulişadi. Mendan dastavval özing har ikkala tomonga ham xayrli duo qilişimni söragan eding, mana, men bilgan eng xayrli duoni senga qildim”, dedilar şayx.

Aslida şariatda birovga “bad duo” qiliş taʼqiqlangan.

Yuqoridagi darveşning duosi bu bad duo emas. Çunki unda haqiqat, falsafiy muşohada va islomiy odillik bor, şu boisdan ham u haq duo hisoblanadi. (Q.J).

Toki, kişi özgalarga zulm qilmasa, davron kişiga ortiqça zulm qilmas. Kişi zulmi bilan xalqni zabun qila olmağay, zulm uning özini oğir ahvollarga solib qöyğay. Zolim odamning yöq bölişini mazlumlar istaşsalar, ularning faryodlari zolimning barça niyatlarini yöqqa çiqarguvçidir. Xotiningizni, farzandingizni, ayniqsa, kelinlaringizni bölar-bölmasga ranjitaveriş, avvalo, sizni xasta qiladi va özingizni ham zolim va zulmkorga aylantirib qöyişi tabiiy bir holdir. Sizning tilingiz va qölingizdan aziyat çekkanlar va çekayotganlar esa mazlumlardir. Mazlumlarning nolasi esa köklarga uçganida, ularni eşitguvçi va tinglaguvçi, himoya qilguvçisi, Robbisi bor.

Aslida mazlumlarning haqiqiy nolasi Tinglovçiga yetib borgaç, siz himoyasiz qolasiz...

Tabiiyki, odamlar hayotda bir-birlaridan ibrat olib yaşaydilar. Mabodo, mamlakatning podşohi adolatparvar bölsa, undan pastki böğindagi rahbarlar ham şu yölni tutişga majbur bölişadi. Işxonadagi rahbarlar va öquv muassasasidagi rektorlar, ustozlar poraxör va taʼmagir bölsalar, bu öz navbatida zamonamiz yoşlariga salbiylikni yuqtiradi. Quş uyasida körganini qiladi.

Qadimda Nöşiravoni odil degan bir podşoh ötgan. U özining odilligi bilan öz davrida el orasida yaxşi nom olib, to bizlarning zamonamizda ham uning nomi tillardan tillarga ötib kelmoqda. Ana şu Nöşiravoni odil bir kuni öz yaqinlari bilan ovga – şikorga çiqibdi va tuşlikka ov göştidan kabob qilmoqçi bölsalar, tuz esdan çiqib qolganmiş. Podşoh mulozimlariga zudlik bilan yaqin qişloqqa borib tuz keltirişni, ammo tuzning haqini tölab, egasini rozi qilib kelişni topşiribdi. Yonidagi ayonlari esa podşohning bu harakatidan ajablanib: “özi şu yerning podşohi bölaturib, bir solim tuzni tekinga olib kelaversa, nima qilardi”, deya ajablanişibdi. Ammo odil podşoh öz qonunlariga dastavval özi qattiq rioya qilgan va hurmat bilan qaragan. Şu boisdan ham uning odilligi tarixda, el qalbida hanuzgaça abadiy muhrlanib qolgan.

Zulm va haqsizlik aslida qadim zamonlarda bizning davrimizga nisbatan juda kamroq uçraydigan ijtimoiy hodisalardan bölgan. Boisi, qadimda bobo va momolarimiz öz davridagi qonunlarga öta qattiq rioya qilişgan va ularda Allohdan qörqiş hislari, iymon va eʼtiqod behisob ziyoda bölgan. Şu tufayli oilalarda özaro zulm, ajraliş va turli noxuş voqealar kam bölgan.

Hozirda muhtaram Prezidentimizning şaxsiy taşabbuslari va qöllab- quvvatlaşlari bilan mamlakatimizda zulmning har qanday körinişlariga qarşi oşkora kuraşiş qatʼiy amalga oşirilmoqda. Bu, albatta, öz navbatida el-yurt osoyiştaligi va farovonligi yölida olib borilayotgan ezgu işlarda namoyondir. Va biz bundan behad xuşnud bölsak arziydi.

Vallohi aʼlam bis savob!

Qodirbergan hoji JUMAMURODOV,

tarixçi va islomşunos, mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026