Oçiq sayyor sud majlisida byudjet mablağlarini talon-toroj qiliş holati körib çiqildi
Korruptsiya va mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanişga qarşi kuraşiş bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Ayniqsa, byudjet mablağlarining maqsadli sarflanişi, aholiga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarda qonuniylik va şaffoflikni taʼminlaş jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda joylarda ötkazilayotgan oçiq va sayyor sud majlislari nafaqat qonun buziliş holatlariga huquqiy baho beriş, balki aholi örtasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga ham xizmat qilmoqda.
Amudaryo tumanida ham ana şunday oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi. Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev boşçiligida tuman Tibbiyot birlaşmasining maʼmuriy binosida taşkil etilgan majlisda autsorsing xizmati doirasida sodir etilgan qonunbuziliş holatlari körib çiqildi.
Sudda aniqlanişiça, Tuman tibbiyot birlaşmasining masʼul şaxslari bir guruh bölib harakat qilgan holda, soğliqni saqlaş tizimida autsorsing xizmatlari körsatiş tartibiga oid meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan 20 foizlik ustama haqi şartlarini asos qilib, tumanda faoliyat yurituvçi masʼuliyati çeklangan jamiyatlaridan biri tomonidan yuborilgan hisob-kitoblar asosida ortiqça mablağ ötkazilişiga yöl qöygan.
Hujjatlarga köra, 2024-yil sentyabridan 2025-yil mart oyigaça bölgan davrda bemorlarga körsatilgan ovqatlaniş xizmati uçun amalda 1 milliard 224 million 387 ming söm miqdorida tölov amalga oşirilişi lozim bölgan. Biroq hisob-kitoblar 20 foizgaça ustama qöşilgan holda rasmiylaştirilib, jami 1 milliard 325 million 444 ming 657 söm mablağ ajratilgan. Oqibatda 101 million 56 ming 931 söm byudjet mablaği rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan.
Sud qaroriga köra, tuman Tibbiyot birlaşmasining tegişli mansabdor şaxslari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” hamda “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Aybdorlar Jinoyat Kodeksining 70-moddasiga asosan çin köngildan puşaymonligi va yetkazilgan zararni qoplagani sababli jazo tayinlanmasdan, jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.
Sayyor sud majlisi davomida iştirokçilarga “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati ham keng tuşuntirildi. Jumladan, korruptsiya tuşunçasi, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar töqnaşuvi kabi huquqiy atamalarning mazmuni oçib berildi. Şuningdek, qonuniylik, oçiqlik va şaffoflik, fuqarolar huquqlarining ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi kabi tamoyillar korruptsiyaga qarşi kuraşişning asosiy poydevori ekani taʼkidlandi.
Majlisda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oşiriş, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz kayfiyatni şakllantiriş, huquqbuzarliklar haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Şu bilan birga, korruptsiyaga oid holatlar haqida ataylab yolğon axborot taqdim etgan şaxslar ham qonun oldida javob berişi qayd etildi.
Bunday oçiq sud jarayonlari jamiyatda adolat tamoyilini mustahkamlaş, davlat mablağlarining talon-toroj qilinişiga qarşi kuraşiş hamda har bir rahbar va masʼul xodimda qonun oldidagi masʼuliyat hissini kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, korruptsiyaga qarşi kuraşiş — faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir.
Jasurbek Baltabayev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶