ENEPGIYa PESUPSLAPINI TEJASh, VAQTIDA HAQ TOʻLASh – FAPOVON TUPMUSh KAFOLATI
Kundalik turmushda elektr energiyasi, gaz va suvga doim ehtiyoj seziladi. Kun davomida har kim ularni oʻziga keragicha ishlatadi. Ammo bu resurslar qanday manbalar orqali bizgacha yetib kelayotganligi, ularning zahirasi qancha muddatga yetishiga qiziqib ham koʻrmaymiz. Energiya resurslarini aholiga yetkazib berish ham koʻp miqdorda mablagʻ talab qiladigan ish hisoblanadi.
Mamlakatimizda aholi soni tobora oʻsayotgan bir paytda energiya resurslariga ham ehtiyoj ortib bormoqda. Maʼlumki, bu ehtiyoj yurtimizda “Oʻzbekneftgaz” va “Oʻzbekenergo” aktsiyadorlik jamiyatlari tomonidan taʼminlanib kelinmoqda. Shu barobarida resurslarimiz qanchadir miqdorda xorijga eksport ham qilinayotganidan xabardormiz. Bu holat hamda energiya resurslarining narxi oshirilayotganligi, aholi zarurati ortayotgan bir paytda qiziqishlarga sabab boʻlishi tabiiy.
OʻzAda eʼlon qilingan “Energiya resurslarining narxi nega oshmoqda?” nomli maqolada buning sabablari haqida batafsil soʻz yuritilgan. Maqolada oxirgi 10-yil ichida mamlakatimiz sanoati va aholisining tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoji sezilarli darajada oshganligi va shu bilan birga soʻnggi 35-40-yil ichida Koʻkdumaloq, Gazli, Shoʻrtan, Dengiz koʻl kabi asosiy gaz konlaridagi tabiiy gaz zahiralari kamayayotgani aytib oʻtilgan: “Eski konlarda gaz qazib olishni bir maromda ushlab turish va yangilarini ishga tushirish murakkab va koʻp xarajat talab etadi. Gaz konlarini barpo etishning dastlabki bosqichida gazning past bosimi 400-500 atmosferani tashkil etgan edi. Hozirgi kunda mavjud konlarda bu koʻrsatkich oʻrtacha 25-40 atmosferaga qadar kamaygan. Tabiiy gazni gaz transport tizimiga tayyorlab, yetkazib berish uchun esa kamida 75 atmosferalik bosim kerak boʻladi.
Bosimni tabiiy gaz yetkazish uchun zarur darajada ushlab turish maqsadida 2000-2017-yillarda konlarda 66 agregatdan iborat 16 siqish kompressor stantsiyalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu ham tabiiyki, ancha mablagʻ sarflashni talab etdi. Oxirgi 10-yilda mamlakatimizda neft ishlab chiqarishning qariyb 4 baravar kamaygani oqibatida neft va neft mahsulotlari importi shuncha ortdi. Natijada “Oʻzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatining neft va neft mahsulotlarini import qilishga valyuta xarajatlari ham ancha oʻsdi.”
Maqolada izoh berilganidek, ichki bozorda neft mahsulotlariga boʻlgan chakana narxlar dinamikasi jahondagi koʻrsatkichlardan orqada qolmoqda. Possiyada 1 litr A-91 benzinining oʻrtacha narxi 0,64, Qirgʻizistonda 0,63, Turkiyada 1,04, Xitoyda 1,09 AQSh dollarini tashkil qiladi. Oʻzbekistonda esa bu narx oʻrtacha 0,53 AQSh dollariga toʻgʻri kelmoqda.
Shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasi resurslarining narxlari oʻzaro bogʻliqligi haqida soʻz yuritilib, raqamlar misolida tahlil qilingan: “2017-yilda mamlakatimizda 61 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, shundan 48,8 milliardi tabiiy gaz asosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidir. Bunga 15,2 milliard kub metr gaz, yaʼni qazib olingan gaz umumiy hajmining 24 foizi sarflangan. Shu tariqa, tabiiy gaz narxining oshishi bilan elektr energiyasi narxi ham oshadi. Bu esa iqtisodiyotda inflyatsiya koʻrsatkichlariga taʼsir qilmasdan qolmaydi. Mavjud issiqlik elektr stantsiyalari va issiqlik elektr markazlarining aksariyati oʻtgan asrda barpo etilgan boʻlib, ular oʻz xizmat muddatini oʻtab boʻlgan. Ulardan ortiqcha foydalanish tarmoqda ikki baravar koʻp yoqilgʻi sarflanishiga olib keladi.
“Oʻzbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati quvvatlarining 80 foizi eskirgani bois, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ularni modernizatsiya qilish zarur. Bu elektr energiyasi ishlab chiqarishni 1,5 baravar oshirishga xizmat qiladi.
Energiya resurslari tariflariga toʻxtaladigan boʻlsak, aholi uchun gaz va elektr energiyasi narxi oshganini eshitib, hayratlanamizmi? Albatta, yoʻq. Narxlarning oshganidan norozi boʻlamizmi? Ha. Narxlar oshishi sabablarini esa tushunishga, anglashga urinamizmi? Keling, oʻzimizni aldamaylik – yoʻq, urinmaymiz. “Oʻzbekneftgaz” va “Oʻzbekenergo” aktsiyadorlik jamiyatlari tizimidagi kompaniyalar deyarli davlatga qarashli, yaʼni ulardagi davlat ulushi 98 foiz ekani ham, aslida bizning baxtimiz. Ular aholi va iqtisodiyot uchun tabiiy resurslarni ishlab chiqarish bilan birga davlatga soliq toʻlashi, yangi loyihalarga sarmoya kiritishi, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishi kerak, shunday qilmoqda ham.”
Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Xalq ovozi (Golos naroda)” sahifasida eʼlon qilingan OʻzAning ushbu maqolasiga foydalanuvchilar turlicha munosabat bildirgan. Quyida ularning baʼzilarini eʼtiboringizga havola qilamiz:
Xayitboy Paimberganov ismli foydalanuvchi: – Eski asbob uskunalarni yangisiga almashtirmasak, sarf-xarajatlar oshib ketaveradi.
Abdulla Mirzajonov:
– Shuncha tokga toʻlanayotgan pullar qayerga ketyapti, nega ularni koʻpaytirmaydi?
Damir Sultonov:
– Bu toʻlayotgan pullarimiz, davlat elektr ishlab chiqarish uchun sarflayotgan xarajatlarning yarmini ham qoplamaydi. Tizimda qilinadigan ish koʻp, shuncha pulni qayerdan oladi?
Gulmira Kadirova:
– Koʻpaytirish kerak degan bilan ish bitmaydi. Unga ketadigan pulni davlat qayerdan olsin, oʻzi shundoq ham xarajatlarni yarmidan koʻpi nasiya boʻlib ketgan boʻlsa
Dilfuza Sobirjonova:
– “Oʻzbekneftgaz” AJning quvvatlarining 80 foizi eskirgan, agar modernizatsiya qilinsa energiya ishlab chiqarishni 1,5 baravar oshirish mumkin.
Nodir Alimov:
– Gaz va elektr-energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanishimiz va kelajak avlod haqida ham qaygʻurishimiz shart!
Bekzod Djuraboev:
– Gaz va elektr-energiya bormagan joylar nimani tejasin?
Sem Nadjmidinnov:
Agar modernizatsiya qilish gaz va elektr tokining oshishiga olib kelsa, buni amalga oshirish kerak. Faqat kam taʼminlanganlarga sharoit yaratib berish kerak. Bu holda boyib bitib ketganlar koʻproq toʻlasin.
Bu maʼlumotlar orqali beminnat foydalanilayotgan tabiiy gaz, suv va elektr energiyasini uzluksiz yetkazish oson kechmayotganligini bilish, bu haqda yetarlicha tasavvurga ega boʻlish mumkin. Shunday ekan, har bir xonadonda uzluksiz ishlatilayotgan tabiiy resurslarimizdan tejamkorlik bilan foydalanish lozim. Isteʼmol uchun oʻz vaqtida haq toʻlanishi esa ushbu resurslarni oʻz vaqtida, zarur miqdorda yetkazib berish imkonini berish bilan birga kelajakda avlodlarimizning farovon hayot kechirishi uchun ham asos boʻladi.
Ozoda XUDOYBEPGANOVA,
jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶