“Global position system” MÇJning Amudaryo tuman filiali tomonidan qattiq maişiy çiqindilar öz vaqtida olib çiqilmoqda
Yirik işlab çiqariş korxonalari, tadbirkorlik subʼektlari hamda aholi xonadonlaridan qattiq maişiy çiqindilarni öz vaqtida çiqindi poligonlariga olib çiqib taşlaş, avvalo atrof-muhit tozaligini saqlaş, qolaversa, ekologik vaziyatni soğlomlaştiriş imkonini beradi. Şu bois, mamlakatimizda mazkur yönalişdagi işlarni zamon talablari darajasida taşkil etiş, sohani modernizatsiya qiliş bilan bir qatorda moddiy-texnik taʼminotini yaxşilaşga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentyabrdagi “Maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq, 2023-yilning 20-yanvar sanasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi hamda Davlat ekologiya qömitasining hududiy organi bilan xususiy şerik, yaʼni “Global position system” MÇJ örtasida davlat-xususiy şeriklik töğrisida bitim imzolangan edi. Mazkur bitimga binoan “Global position system” MÇJ Amudaryo, Taxtaköpir, Qoraözak tumanlarining qattiq va maişiy çiqindilarini olib çiqiş böyiça xizmatlar körsatiş hamda 18 mlrd sömlik investitsiya kiritiş majburiyatini olgan edi.
Uşbu majburiyatni bajariş maqsadida korxona tomonidan şu kungaça 5 mlrd 52 mln sömlik investitsiya mablağlari kiritildi. Belgilangan hududlardan qattiq maişiy çiqindilarni sanitariya-gigiyena qoidalari hamda ekologik talablar darajasida çiqindi poligonlariga olib çiqib taşlaşni taʼminlaş maqsadida korxona tomonidan jami 7ta maxsus çiqindi taşuvçi avtotransport texnikalari xarid qilindi. “Samarqand avto” zavodida işlab çiqarilgan “ISUZU” rusumli, 12 kub metr hajmli 2 ta maxsus çiqindi taşuvçi avtotransport vositasi, Xitoyda işlab çiqarilgan “Shachman” rusumli 8 kub metr hajmli texnika va 1 dona "ISUZU" rusumli multilift texnikalari Amudaryo tumaniga olib kelindi va tuman hokimligi oldidagi maydonda hokim örinbosari Bahodir Ernazarov tomonidan haydovçilarga topşirildi.
Ayni paytda “Global position system” MÇJ Amudaryo tumani filialida aholiga xizmat körsatiş uçun 20 ta maxsus qattiq maişiy çiqindilarni yiğiş texnikalari mavjud bölib, 17 ta çiqindi taşiş maşinasi, 2ta multilift, 1ta assenizator texnikasidan samarali foydalanilmoqda.
Bu texnikalar nafaqat işni sifatli va samarali olib boriş, balki uşbu yönalişda kamida 10 ta yangi iş örni yaratiş imkonini ham berdi. Hozirgi kunda korxonada jami 60 nafar işçi-xodimlar faoliyat yuritişmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga muvofiq fuqarolar yiğinlari raislari bilan birgalikda jismoniy şaxslarga maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş uçun xizmatlar körsatiş böyiça namunaviy ommaviy şartnoma tuzilişi körsatib ötilgan. Şunga köra tumandagi 49 ta fuqarolar yiğinlari bilan ommaviy şartnomalar, yuridik taşkilotlar bilan 344 ta şartnoma tuzildi. Uşbu şartnomalarga muvofiq muntazam ravişda qattiq maişiy çiqindilarning “Signal” usulida olib çiqib ketilişi taminlanmoqda.
Amalga oşirilayotgan bu kabi izçil çora-tadbirlar tufayli hududlarda qattiq maişiy çiqindilar töplanib qolişiga barham berilib, atrof-muhit ifloslanişi va ekologik vaziyat buzilişining oldi olinmoqda.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶