22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 06:36
Jamiyat 👁 356

Energotejamkor uskunalar resurslarni tejashga xizmat qiladi

Energotejamkor uskunalar resurslarni tejashga xizmat qiladi

Barchamizga yaxshi maʼlumki, bugungi kunda tabiiy gaz va elektr energiyasiga boʻlgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Barqaror energiya taʼminoti, albatta, samaradorlik va tejamkorlik masalalari bilan chambarchas bogʻliq hisoblanadi. Shu maʼnoda ovul va mahallalarda masʼullar tomonidan isteʼmolchilarga energiyani tejash, tabiiy gaz va elektr energiyasi resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan tushuntirish-targʻibot ishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amudaryo tumanining Beruniy mahallasida aholi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlar ham shular jumlasidandir.

Mazkur tadbirda tuman prokuraturasi masʼullari, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, elektr taʼminoti korxonasi vakillari, Beruniy mahallasidagi “yettilik” vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda energetika farovonligini taʼminlash uchun elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, yoshlarni tejamkorlikka oʻrgatish har bir fuqaroning muhim vazifalaridan biri boʻlishi lozim. Xalqimizning isteʼmol madaniyatini oshirishda energiya samaradorligi va tejamkorlik masalasiga jamoatchilik eʼtiborini jalb etish har jihatdan maqsadga muvofiq sanaladi. Aks holda, energiya resurslaridan oqilona foydalanmaslik oqibatida kelgusida koʻplab muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan energotejamkor gaz isitish tizimi uskunalari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quyosh panellari va boshqa energotejamkor buyumlar taqdimot qilindi va ularning afzalliklari toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.

Taʼkidlash joizki, insoniyat foydalanayotgan tabiiy energiya resurslari asta-sekin tugab boryapti, birlamchi yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib olish va qayta ishlash xarajatlari oshib, ulardan oqilona foydalanmaslik atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Mamlakatimizda bu muammoning yechimi sifatida qurilishda innovatsion yondashuvlar asosida resurslardan samarali foydalanish ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylangan.

Shubhasiz, energotejamkor gaz qurilmalari orqali nafaqat tabiiy gaz iqtisod qilinadi, balki isteʼmol uchun toʻlovlar qiymati ancha kamayadi. Shuningdek, zamonaviy qurilmalar yongʻin xavfining oldini olishda ham xizmat qiladi.

Maʼlumki, bugungi kunda energotejamkor uylar qurish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Xonadonlarga, ijtimoiy obʼektlarga oʻrnatilgan quyosh panellari asosiy ehtiyojlardan biri boʻlgan yoritish chiroqlari, quvvatlash moslamalari, televizor va muzlatkich ishlashi uchun zarur elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Shuningdek, atrof-muhitga xavfsizligi sabab qayta tiklanadigan energiya manbalari tezlik bilan rivojlanmoqda.

Sir emaski, soʻnggi yillarda energiyani tejash nafaqat mamlakatimiz davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga, balki butun dunyoda ham asosiy masalalardan biriga aylangan. Biz isteʼmolchi sifatida oʻz haq-huquqlarimizdan toʻliq foydalanishni istar ekanmiz, mamlakat fuqarosi sifatida energiya tejamkorligi va samaradorligi boʻyicha oʻz majburiyatlarimizni ham toʻla bajarishni unutmaylik. Zero, Bosh Qomusimizning 68-moddasida taʼkidlanganidek, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026