18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 14:18
Maqolalar 👁 1,089

Qalblarda yashayotgan shifokor

Qalblarda yashayotgan shifokor

Donolar aytganidek, haqiqiy shifokorning faoliyati chindan ham eng savobli mehnatdir. U insonlarning sogʻligini saqlash yoki qayta tiklash orqali hayotga qaytaradi. Shifokorlik –jasoratni, fidoyilikni, qalb va fikr sogʻligini talab etadi.

Sharq tabobatining buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino zimmasiga sharafli va mashaqqatli boʻlgan tabiblik masʼuliyatini olgan insonlar haqida toʻxtalib shunday degan: “Oʻz umrini savob ish – shifokorlikka baxsh etgan odam eng avvalo saxiy va muruvvatli, sodda, haqgoʻy, begʻaraz va adolatli boʻlishi kerak. Tashqi qiyofasi eʼtiborga loyiq, kamsuqum, kamgap, ochiq chehrali, boqishlari samimiy va tabassumli, ozoda va kamtarona kiyingan boʻlishi lozim. Zero, uning koʻrinishi va xatti-harakatlari bemor va uning yaqinlari orasida hurmat hamda ishonch tuygʻusini uygʻota olsin”.

Ibn Sinoning tibbiy madaniyat masalasida tibbiyot ahli uchun qoʻygan talab va istaklari oʻz hayotining 43-yilini tumanimizda tibbiyotni rivojlantirishga, aholi salomatligini yaxshilashga baxshida qilgan otashqalb inson Abdulla Madaminovning betakror insoniy fazilatlari, tibbiyot xodimi sifatidagi oʻziga xos yuksak darajadagi ilmiy va madaniy saviyasi, oʻz zamonasining eng ilgʻor kishisiga xos boʻlgan intellektual salohiyatiga toʻla-toʻkis mos keladi. Haqiqatan ham Abdulla akaning oʻziga xos, oʻrgansa arzigudek odamiylik xislatlari hamon yodimizdan oʻchgan emas. Ularni esga olish, xotirlash biz zamondoshlarining, qolaversa, yosh avlodning insoniy burchidir.

Abdulla Madaminov! Bu insonni nafaqat tumanimizda, balki respublikamizda, qoʻshni viloyatlarda ham koʻpchilik taniydi, hatto bir vaqtlar doʻstona bordi-keldi qilishgan. Koʻpincha uni beqiyos hurmat bilan “Madaminov!” deb atashardi. Bunga u qariyb 43 yillik shifokorlik halol xizmatlari evaziga erishgan.

aka Madaminov Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumanida ishchi oilasida, 1932-yil 20-dekabrda tugʻilgan. Uning yoshligi qiyinchilik yillariga toʻgʻri kelgan. Ocharchilik aholining tinka-madorini quritgan, urushdan keyingi tiklanish davri edi bu yillar. Yosh oʻspirinlik davridayoq aka maktabdan keyin otasiga yordamlashib, ishga ham qatnashardi. Uning koʻpgina tengdoshlari oʻqishni tashlab, ishga kirib ketishganda yoshligidan ilmga chanqoq, zehnli bu yigit 1950-yilda A. Navoiy nomli oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan bitirib, shu yili Toshkent Davlat Tibbiyot oliygohining davolash fakultetiga oʻqishga kiradi. 1956-yilda oliygohni muvaffaqiyatli bitirgan yosh mutaxassisga davlat taqsimot hayʼati sobiq Qoraqalpogʻiston ASSR Sogʻliqni saqlash vazirligining soʻrovnomasi asosida oliy maʼlumotli shifokor kadrlar yetishmayotgan Qipchoq tumaniga ishga yoʻllanma beradi. Oʻsha yillarda hali Kipchoq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli ancha qoloq, rivojlanmagan, hali mahalliy aholi orasidan yosh, oʻqimishli kadrlar yetishib chiqmagan bir paytlar edi. Ana shunday davrda aka oʻzining tibbiyot sohasidagi ilk ish faoliyatini Qipchoqdan boshladi. Oʻz ustida ishlashdan toliqmaydigan va atrofidagilar hamda aholining keng qatlami bilan tezda til topishib keta oladigan bu ishchan, kamtarin yosh shifokorni shu yilning oʻzidayoq Qipchoq tumani markaziy kasalxonasiga bosh shifokorlik lavozimiga tayinlashadi.

OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1957-yil 18-dekabrdagi 985-sonli Farmoniga muvofiq Qoraqalpogʻiston ASSRning Qipchoq tumani hamda Xorazm viloyatining Mangʻit tumanlari birlashtirilib, Amudaryo tumani tashkil etiladi. Yangidan tashkil qilingan tumanning markaziy kasalxonasiga Abdulla Madaminov bosh shifokor etib tayinlanadi. 1961-yildan “Kommunizm” (hozirgi “Toʻlqin” ovuli) jamoa xoʻjaligi hududida yangidan tashkil etilgan qishloq shifoxonasida bosh vrach boʻlib ishlay boshlaydi.

Oʻsha yillarda tuman hududida koʻz traxoma kasalligi epidemiya tarzida aholi orasida avj olgan, unga qarshi respublika miqyosida kurash olib borilib, hududlarda traxomaga qarshi yoppasiga emlash ishlari yoʻlga qoʻyildi. Tumanda bu kasallikka qarshi 1962-yilda “Koʻz kasalliklari dispanseri” tashkil qilinib, Abdulla Madaminov ushbu shifoxonaning bosh shifokori etib tayinlanadi. Bu masalada markazda qisqa kursni oʻtab kelgan Abdulla aka aholi orasida epidemiyaga aylana boshlagan bu xastalikni toʻxtatishning chora va tadbirlarini tinimsiz ravishda izladi va epidemiya tarqalishining oldini olishda fidoyilik qildi.

U 1970-yildan boshlab, qariyb 18-yil mobaynida tuman birlashgan shifoxonasi bosh shifokori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan, turli darajalardagi sobiq ittifoq va respublika miqyosidagi anjumanlarga, tibbiyot xodimlarining sʼezdlariga delegat qilib saylangan.

“Shifokorning samimiyligi u qilmoqchi boʻlgan muolajalarning avvalidir”, – degan fikrni juda koʻp takrorlar edi Abdulla aka. Shu oʻrinda uning insoniy fazilatlari va tibbiyot xodimi va rahbar sifatidagi madaniy saviyasining betakror oʻziga xos qirralarini u inson bilan zamondosh va kasbdosh boʻlgan insonlardan biri, keksa tibbiyot xodimi Jamol Oʻtamurodov shunday xotirlaydi:

– Rahmatlik Abdulla aka shifokorlarni ish joyiga kelganlarida ziyoli insonlarga xos kiyinib, galstuk taqib, poyabzalini esa yaltiratib tozalab, soch-soqollarini tartibga solib kelmasalar – ancha koyib tashlar, hatto ishga qoʻymas ham edilar...

Abdulla Madaminov Amudaryo tumanidagi yuzlab yosh shifokor kadrlarga ustozlik qildi va bu oʻz navbatida tumanda tibbiyot sohasining rivojlanishida katta rol oʻynadi.

Tinib-tinchimas bu inson 1988-yildan to umrining oxiriga qadar markaziy shifoxonaning nevrologiya boʻlimiga rahbarlik qilgan. Abdulla akaning mehnatlari mamlakatimizda oʻz vaqtida munosib baholanib kelingan. U sobiq “SSSR Sogʻliqni saqlash aʼlochisi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi”, “Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan shifokor” unvonlari va “Mehnatda oʻrnak koʻrsatganligi uchun” medali sohibi edi.

Abdulla akaning havas qilsa arzigulik ajoyib oilasi bor. Turmush oʻrtogʻi Oysha opa bilan 6 nafar oʻgʻil-qizlarni tarbiyalab, qatorga qoʻshganlar. Ularning barchalari oʻqimishli – oliy maʼlumotli mutaxassis-kadrlar. Ularning oralarida quruvchi, oʻqituvchi va shifokorlar ham bor. Darhaqiqat, Abdulla akadek shifokorlar sardori boʻlgan jonkuyar, diyonatli insonlar yodi, qilgan ezgu ishlari ular boqiy dunyoga rixlat etganlarida ham tiriklar qalbida mangu qoladi.

Qodirbergan hoji JUMAMURODOV,

mehnat faxriysi, tarixchi va islomshunos.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026