Soğlom tanda — sifatli tibbiyot: Amudaryolik şifokorlar sport maydonida!
Inson salomatligi yölida keçayu kunduz xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining nafaqat kasbiy mahorati, balki jismoniy çidamliligi va sportga bölgan iştiyoqi ham jamiyat uçun muhim ahamiyatga ega. Zero, şifokorning özi soğlom bölsagina, u özgalarga çin maʼnoda namuna böla oladi va sifatli tibbiy xizmat körsata oladi. Şu maqsadda mamlakatimizda sportni ommalaştiriş, soha xodimlari örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga qaratilgan keng kölamli islohotlar izçillik bilan davom ettirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi, Sport vazirligi hamda Yoşlar işlari agentligining 2026-yil 24-martdagi qöşma qarori bu boradagi muhim qadamlardan biri böldi. "Beş taşabbus olimpiadasi" doirasida qabul qilingan mazkur hujjat tibbiyot tizimida faoliyat yuritayotgan minglab xodimlarni yagona maqsad — soğlom tanada soğlom ruhni şakllantiriş va sifatli tibbiyotni taʼminlaş ğoyasi ostida birlaştirdi.
Uşbu qöşma qaror hamda Soğliqni saqlaş vazirligining 2026-yil 30-martdagi tegişli körsatma xati ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanida ham katta sport bayrami taşkil etildi. Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi zali hamda 2-sonli bolalar va ösmirlar sport maktabi maydonlari tibbiyot xodimlarining haqiqiy mahorat maydoniga aylandi. "Soğlom tanda — sifatli tibbiyot" şiori ostida ötkazilgan Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi kubogi sport musobaqalari tuman tibbiyot birlaşmasi xodimlarining sportga bölgan yuksak qiziqişini yaqqol namoyon etdi. Bu yerda yiğilgan şifokorlar, hamşiralar va texnik xodimlar özlarining kundalik masʼuliyatli vazifalaridan bir muddat çalğib, sportning turli yönalişlari böyiça kuç sinaşdilar. Musobaqa dasturidan örin olgan şaxmat, şaşka, voleybol, stol tennisi va mini-futbol bellaşuvlari şiddatli va qiziqarli voqealarga boy böldi.
Ayniqsa, aql-idrok va mantiqiy fikrlaş talab etiladigan şaxmat va şaşka bahslarida tibbiyot xodimlari özlarining naqadar kuçli strategik salohiyatga ega ekanliklarini isbotladilar. Stol tennisi va voleybol maydonlaridagi harakatlar esa iştirokçilardan tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni talab qildi. Voleybol musobaqasidagi döstona va şu bilan birga raqobatga boy muhit tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Eng qizğin bahslar esa şubhasiz mini-futbol maydonida keçdi. Tibbiyot sohasi vakillaridan taşkil topgan jamoalarning töp surişida professional sportçilarga xos bölgan iştiyoq va ğalabaga bölgan intiliş sezilib turdi.
Mazkur sport musobaqalari nafaqat jismoniy tarbiyani rivojlantiriş, balki jamoalarda içki muhitni soğlomlaştiriş va xodimlar örtasidagi özaro hurmat va döstlik riştalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ham ahamiyatlidir. Musobaqa davomida iştirokçilar öz hamkasblarining yangi qirralarini kaşf etdilar, bu esa kelgusida iş faoliyatida hamjihatlikni taʼminlaşda muhim omil böladi. Taʼkidlaş joizki, tibbiyot tizimida bu kabi tadbirlarning muntazam ötkazilişi xodimlarning iş samadorligini oşirişga va ruhiy çarçoqlarni çiqarişga yordam beradi.
Musobaqa yakunida ğoliblik şohsupasiga kötarilgan jamoalar va yakka tartibdagi bahslarda faxrli örinlarni egallagan xodimlar munosib taqdirlandilar. Ularga tuman tibbiyot birlaşmasi va kasaba uyuşmalari taşkilotlari tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho estalik sovğalari topşirildi.
"Soğlom tanda — sifatli tibbiyot" tamoyili asosida taşkil etilgan uşbu musobaqa Amudaryo tumani tibbiyot xodimlari hayotida yorqin sahifa bölib qoldi. Bu esa öz navbatida xalqimizga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yuqori bosqiçga olib çiqişga zamin yaratadi. Zero, sport va tibbiyotning uyğunligi – soğlom kelajak garovidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶