03.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
03.09.2026, 10:00
Jamiyat 👁 275

Qalblarda yashayotgan nurli siymo

Qalblarda yashayotgan nurli siymo

(Mehnat fronti qatnashchisi, aziz buvijonim Katcha Bekanova xotirasiga)

Bu yorugʻ olamda aziz buvijonlarning oʻrni boʻlakcha. Ular borida xonadonimiz fayzli, koʻnglimiz xotirjam, yoʻllarimiz esa doimo charogʻon boʻladi. Bugun bagʻrimizni oʻrtayotgan sogʻinch azobi bizga bir haqiqatni yana bir bor anglatdi: Amudaryo tumanining moʻʼtabar onaxonlaridan biri, xonadonimiz quyoshi — sevimli buvijonim Katcha momo Bekchanovaning oʻrni oilamizda boʻsh, xotirasi qalblarimizda....

Buvijonim 1917-yil 1-yanvarda Amudaryo tumanida dunyoga kelib, bir asrdan ziyod sermazmun va ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtdilar. U kishining hayoti — sabr, matonat va halol mehnatning chinakam maktabidir.

Buvijonim suronli urush yillarida va undan keyingi tiklanish davrida (1942–1967-yillar) Amudaryo tumanidagi jamoa xoʻjaligida ishchi boʻlib, fidokorona mehnat qildilar. Mehnat fronti qatnashchisi sifatida mamlakatimiz rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi va qilgan fidoyiliklari munosib baholanib, davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edilar.

U kishi uzoq yillar tumanimizdagi Choykoʻl ovuli, Qoraqipchoq aholi punktidagi fayzli xonadonda yashab, nafaqat oilasining, balki butun mahalladoshlarining hurmat-eʼtiborida boʻldilar. 4 nafar farzand, 18 nafar nevara va 42 nafar chevara, 2 nafar evaraga bosh boʻlib, ularni el-yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyaladilar.

Farzandlari-yu nevaralari ardogʻida umrguzaronlik qilgan buvijonimdan 100 yoshdan oshib ham tetik yurishlarining siri haqida soʻrashganda: “Toʻgʻri ovqatlanish, mehnat qilish va mehr-oqibatli boʻlish”, deya javob berardilar. U kishining hayotdagi bosh shiori esa bitta edi: “Yaxshilik qilish!”

Biz, nabiralarga bergan oʻgitlari, “Yaxshilik qil, halol yasha, elning duosini ol”, deya qayta-qayta uqtirgan nasihatlari qulogʻimiz ostida xuddi kechagidek jaranglab turibdi.

Esimda, bolaligimda buvijonimning bagʻriga bosh qoʻyganimda, dunyodagi eng baxtli inson edim. U kishining qadoq qoʻllaridan hamisha issiq non va chinakam mehrning hidi kelardi. Bugun oʻsha nurli yuzlarni, duoga ochilgan tabarruk qoʻllarni juda-juda sogʻindik.

Inson bu dunyoni jismonan tark etsa-da, uning qoldirgan yaxshi nomlari va solih zurriyotlari xotirasida yashashda davom etarkan. Biz garchi ayriliq gʻamidan ezilsak-da, shunday muqaddas, fozila va qahramon ayolning zurriyoti ekanligimizdan cheksiz faxrlanamiz.

Aziz buvijon! Siz bizni jismonan tark etgan boʻlsangiz ham, qalblarimizda, shirin xotiralarimizda va duolarimizda abadiy yashaysiz. Oxiratingiz obod, joyingiz jannat bogʻlaridan boʻlsin. Sizni cheksiz sogʻinch va hurmat bilan eslovchi nabirangiz

Shahnoza Sobirova, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti  talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026