30-sonli maktabda “Barhayot siymolar” nomli tadbir bölib ötdi
Mana oradan beş asrdan ortiq vaqt ötibdiki, uluğ mutafakkir bobolarimiz, söz mulkining sultoni Alişer Navoiy hamda şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu şuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Şu kunlarda yurtimizda Alişer Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nişonlanmoqda. Taʼlim muassasalari va madaniyat markazlarida ikki buyuk siymo tavalludiga bağişlab katta tadbirlar taşkil etilmoqda.
Şunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanidagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida “Barhayot siymolar” nomi ostida ötkazildi. Tadbirda maktab direktori Quvvat Niyozov, direktor örinbosari Dilnoza Fayzullayeva, maktabning özbek tili fani öqituvçilari Fotima Eşimbetova, Umida Rahimboyevalar qatnaşişdi.
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi bilan hamkorlikda taşkil etilgan mazkur tadbirda 9-“a”, 9-“b” va 9-“v” sinf öquvçilari ham faol iştirok etdilar.
Tadbirda maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Umida Rahimboyeva har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta örin tutişini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga körsatgan homiyligi jihatidan ham öxşaşi yöq siymo ekanligini, ular bugun özbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, maʼnaviy kamolot timsoliga aylanganligini taʼkidladi.
Şundan söng öquvçilar Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub ğazal, ruboiy, qitʼa va fardlardan namunalar öqib, Navoiy ğazali asosida ijro etilgan kuy-qöşiqlarga raqsga tuşdilar. Zahiriddin Muhammad Boburning ona Vatani Andijonning milliy raqsiga aylangan “Andijon polkasi”ga, darbadarlikda yurib, qönim topgan hind elining milliy kuylariga ijro etilgan raqslar tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Şuningdek, Alişer Navoiyning ziddiyatlarga töla murakkab hayot yöli badiiy böyoqlarda taʼsirçan tasvirlanib, iştirokçilarni xayolan Navoiy yaşagan davrlarga sayohatga çorladi.
Navoiy turkiy til asosida betakror boğ yaratib, dunyo ahlini hayratga solgan bölsa, Bobur şu turkiy nazm gulşanidagi bepoyon boğni çin maʼnoda böstonga aylantirgan va hind yurtida ham ijodkorlar rahnamosi bölgan. Hazrat Bobur haqida dunyo olimlari turli janrda 12 mingdan ziyod katta-kiçik asar yozgan. Navoiy yaratgan jami 34 ta yirik asarning har biri haqida esa yuzlab tadqiqotlar qilingan, dissertatsiya va monografiyalar yozilgan.
Tadbirda maktabning özbek tili fani öqituvçisi Fotima Eşimbetova qayd etganidek, Alişer Navoiy öz ijodida barçani döstlikka va bir-birini özaro töğri tuşunişga daʼvat etgan. Benazir söz ustasi va dono davlat arbobi sifatida xalq bilan hamişa birga bölgan, uning orzu-istaklari bilan yaşagan va ijod qilgan. U öz hisobidan yuzdan ziyod binolarni qurdirgan, oddiy odamlarga beğaraz kömak körsatgan. Zahiriddin Muhammad Bobur esa nafaqat şoir, balki öz davrining tarixçisi, etnografi, ölkaşunosi, geografi hamdir.
Şu örinda aytiş lozimki, mazkur tadbir rus tilida tahsil oluvçi sinf öquvçilari tomonidan sahnalaştirilgan bölsa-da, yuqori darajadagi tayyorgarlik va kötarinki kayfiyatda bölib ötdi. Bu ularning Navoiy va Bobur ijodiga bölgan qiziqişlarini yanada oşirib, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bölişdek şarafli tuyğularni qalblariga singdirdi.
Fotima Eşimbetova 30-sonli maktabning özbek tili fani öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶