“BARHAYoT SIYMOLAR” NOMLI TADBIR ÖTKAZILDI
Özbek tili va mumtoz adabiyotining ravnaq topişida, sayqallanişida buyuk mutafakkir Mir Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning örinlari beqiyosdir. Ularning yaratgan nodir asarlari-yu, mislsiz durdonalari butun dunyoga allaqaçon maʼlum va maşhur bölib ulgurganligi quvonarli hol, albatta.
Xorijlik adabiyotşunoslar Navoiyni: “Millatni maʼnaviy tanazzuldan qutqargan buyuk mutafakkir” – deya gözal jumlalar bilan bejizga taʼriflaşmagan. Ilmiy-tadqiqot markazining maʼlumotlariga köra, Eron davlatida Navoiy haqida film suratga olinişi mumkinligi va Navoiy nomidagi Milliy kutubxona 24 soat davomida işlaşga tayyorgarlik körayotganini taʼkidlaşmoqda.
Şu bilan birga, Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning şaxsiyatida ham insonparvarlik ğoyalari va Vatanga muhabbat tuyğusi barq urib turişi ham barçamizga kundek ravşan.
Şu sababli barça taʼlim muassasalarida buyuk bobokalonlarimizning xotirasiga bağişlangan adabiy tadbir keçalari kötarinki ruhda ötkazilmoqda. Tumanimizning 1-umumiy örta taʼlim maktabida ham bu ikki siymoga bağişlangan tadbir keçasi çiroyli va tantanali ravişda bölib ötdi.
Tadbirni maktabning maʼnaviyat-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Qadam Allabergenov oçib berdi. Söngra maktabning 6 “v”-sinf öquvçilari buyuk mutafakkir bobolarimizning ğazal, ruboiy va qitʼalaridan naʼmunlar keltirib, öqituvçi va murabbiylarning könglini xuşnud qilişdi.
Qolaversa, 7-sinf öquvçilari XV asr muhitini gavdalantirgan holda toğrilikning qay darajada ezgu fazilatligini uqtirişgan bölsa, egrilikning ham naqadar yomon illatligini sahna körinişi orqali öquvçilar qalbiga çiroyli tarzda yetkazişdi. Bundan taşqari, 9- va 6-sinf qizlarining “Jayrona” nomli mumtoz kuyga bağişlangan raqsi ham tadbirni yanada qiziqarli va maroqliroq ötişiga yordam berdi.
“Çin söz – möʼtabar, yaxşi söz – muxtasar”, deganlaridek, muxtasar aytganda, biz mana şunday serqirra ijodkorlarning avdodlari ekanligimizdan faxrlanamiz va ularga munosib farzand bölişga harakat qilamiz.
Inobat ODILBOYeVA, 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶