18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 14:18
Jamiyat 👁 1,332

OʻRMONLAR – YaShIL BOYLIGIMIZ

OʻRMONLAR –  YaShIL BOYLIGIMIZ

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati xalqimizning yashil olam – ona tabiatga boʻlgan munosabatini, yer, suv, tuproq ekologiyasini yaxshilash, hududlarning tozaligiga erishish va har bir qarich yerni obod, farovon goʻshaga aylantirish, keng koʻlamda koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, dehqonchilik madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan. Bu qamrovi keng vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi hududlardagi oʻrmon xoʻjaliklarining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

Mustaqillik yillarida sohaga alohida eʼtibor va ragʻbat kuchaytirildi. Mavjud oʻrmonlarning fauna va florasini yanada boyitish, tez oʻsuvchi va iqlimga moslashuvchi daraxt koʻchatzorlarini tashkil etish va oʻrmonlashtirish, noyob qushlar va hayvonlarni noqonuniy ovlashga chek qoʻyish, sanoatbop daraxtlarni koʻpaytirish hamda oʻrmonchilik hududlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan polizchilik-sabzavotchilik xoʻjaliklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, parrandachilik, quyonchilik va asalarichilikni rivojlantirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan qator loyihalar sohaga keng joriy etildi.

– Ayniqsa, Prezidentimizning 2017-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2966-sonli Qarori biz oʻrmonchilarning zimmamizga yanada ahamiyatli vazifalarni yukladi, – deydi Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori Maqsud Nurekeyev. – Ushbu Qaror oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 2017-2019-yillarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan koʻplab vazifalarni nafaqat belgilagani, balki har bir xodim uchun aniq va puxta koʻrsatmalar bergani bilan ham muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Prezident Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Avvalo xoʻjalik tasarrufidagi 16468 gektar yer maydoni mutaxassislar tomonidan qadam-baqadam oʻrganib chiqildi. Asosiy oʻrmon bilan qoplangan 3226 gektar yerdagi dov-daraxtlar qatʼiy nazorat ostiga olindi. Shuningdek, xoʻjalikda saksovul, klyon, katalka, aylant, yasen, qayragʻoch, tut, oʻrik, shaftoli, unabi, naʼmatak, mojjevelnik, yapon saforasi kabi daraxt va butalarning urugʻlarini tayyorlash, ularning mahalliy iqlimga mos navlarini yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun zamonaviy sharoitlarga toʻla mos keladigan 5 gektarlik niholxona, 0,8 gektar maydonda koʻchatxona tashkil etildi.

– Koʻchatlar asosan tumanimizdagi idora va tashkilotlarga shartnoma asosida yetkazib beriladi, – deydi M.Nurekeyev. – Joriy yilda salkam 2 million soʻmlik shartnomalar tuzilib, 5289 dona turli xil daraxt koʻchatlari buyurtmachilarga yetkazib berildi.

Oʻrmon xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish maqsadida 2018-yilda 15,3 gektar maydonga qishloq xoʻjalik ekinlari joylashtirildi. Poliz va sabzavot ekinlaridan tashqari, achchiq qalampir, kunjut va dorivor oʻsimliklardan shirinmiya (boʻyan), isiriq, moychechak plantatsiyalari tashkil etildi. Bundan tashqari, “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3617-sonli Prezident Qarori Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida mavjud tabiiy holda oʻsuvchi kavrak maydonlariga boʻlgan munosabatni oʻzgartirib, oʻrmonchi-mutaxassislarning kavrak yetishtirish va ularning zahira maydonlarini koʻpaytirishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash imkonini berdi. Natijada bu dorivor oʻsimlik maydonlarini ancha kengaytirishga erishildi.

Xoʻjalik moddiy-texnika bazasining yil sayin yaxshilanib, oliy maʼlumotli mutaxassis yoshlar ishga qabul qilinayotgani oʻrmon xoʻjaligi hududida yangi-yangi tarmoqlar ishini yoʻlga qoʻyish imkonini bermoqda.

– Oʻrmon xoʻjaligida qimmatbaho manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ham yetishtiriladimi? – qiziqdik.

– Albatta, bu boradagi saʼy-harakatlarimiz ham yaqin vaqt ichida oʻz natijasini beradi, – deydi M.Nurekeyev yangi rejalar haqida soʻz ocharkan. – Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Oʻrmon xoʻjaliklarida qimmatbaho manzarali va mevali daraxtlarning, shu jumladan, limon, chilonjiyda, anor, grek yongʻogʻi, xandon pista koʻchatlarini 2017-2021-yillarda yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan koʻchatxonalar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi” bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishni talab etadi. Yaqin vaqt ichida Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi limon va limon koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashtirilgan oʻz issiqxonasiga ega boʻladi. Buning uchun maxsus yer maydoni ajratilib, issiqxona tashkil etishga kirishildi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida yana bir ezgu ish amalga oshirildi. Xoʻjalikda BMTning rivojlantirish loyihasi tomonidan tumanimiz xoʻjaliklarida yetishtirilgan asalni har xil hajmdagi shisha va plastmassa idishlarda sifatli qadoqlab beruvchi 31 ming yevro qiymatiga teng boʻlgan zamonaviy tsex ishga tushirildi. Ushbu tsexda tumanimizdagi barcha asal yetishtiruvchi xoʻjaliklar oʻz mahsulotlarini shartnoma asosida qadoqlash imkoniga ega va buyurtmachilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Oʻrmonlar – umumxalq boyligi. Tabiiy olamning zahira maydonlarini kengaytirish va bioxilma-xillikni taʼminlash nafaqat soha xodimlarining, balki har bir fuqaroning burchidir. Shu bois, xoʻjalikda faoliyat yurituvchi 30 nafar xodimning deyarli barchasi ish jarayonlarida oʻrmon hududlariga yaqin joyda yashovchi aholi oʻrtasida doimiy ravishda tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borishadi. Oʻrmon hududida ov qilmaslik, qoramollarni boqmaslik, dov-daraxtlarni noqonuniy ravishda chopmaslik, shox-shabbalar va qamishzorlarga oʻt qoʻymaslik boʻyicha olib borilayotgan tushuntirish-targʻibot ishlariga qaramasdan, 2018-yil boshidan beri 4 ta holatda oʻrmon qonunbuzarligi aniqlanib, oʻrmon fondiga yetkazilgan 1 mln. 687,9 ming soʻm zarar aybdorlardan undirib olindi.

– Koʻpchilikda shunday tushuncha bor, – deydi M.Nurekeyev oʻrmon qonunbuzarligi xususida gapirarkan, – oʻzi oʻsib yotibdi-ku, egasi yoʻq-ku, – deb daraxt va butalarni kesib ketishadi. Bu notoʻgʻri, oʻsha oʻzi unib-oʻsib, tabiiy ravishda koʻpayadigan daraxtlar – umumxalq mulki. Qolaversa, oʻrmonlar – toza havo, kislorod fabrikalari. Bir tup toʻrongʻil daraxti oʻsib, boshimizga soya solguncha kamida 10-yil vaqt oʻtadi. Demak, atrofimizdagi yashil olam oʻz-oʻzidan bunyod boʻlmaydi. Unga mehr, eʼtibor, parvarish kerak.

Albatta, azizlar, har bir tup niholni mehr berib parvarishlasak, ertaga u farzandlarimiz koʻzini quvontirgulik yashil boylikka aylanadi. Yashillik esa xalqimizga ham maʼnaviy, ham jismoniy quvvat bagʻishlaydi. Demak, oʻrmonlar har birimiz uchun bebaho boylik – musaffo, sof havo, sogʻligimiz uchun benazir kafolatdir.

Robiya YOʻLDOShEVA, “Taraqqiyot koʻzgusi”

gazetasining maxsus muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026