Tumandagi “qizil” toifaga kiritilgan ovul va mahallalarni “yaşil” toifaga ötkazişga bağişlangan öquv-seminari ötkazildi
Mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini oliş, fuqarolar uçun xavfsiz va osoyişta muhit yaratiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Bu borada Prezident farmon va qarorlari asosida mahallalarda amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar profilaktika işlarini yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Jumladan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratişning taşkiliy-profilaktik asoslari mahalla faollari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va aholining hamjihatligini taʼminlaş, jinoyatçilikni keskin kamaytirişga xizmat qilmoqda.
Şu maqsadda yaqinda Amudaryo tumani Içki işlar bölimi majlislar zalida yiğiliş bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi katta öqituvçisi, podpolkovnik Iskandar Baydadayev, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi katta inspektori, kapitan Paraxat Kaipov hamda tuman IIB boşliği podpolkovnik Muxammedali Xojamuratov iştirok etdi. Yiğiliş doirasida tumanning Beştom, Bosuv, Gulzor, Döstlik va Navoiy mahallalarining “yettilik” aʼzolari iştirokida öquv seminari taşkil etildi.
Seminarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati keng tuşuntirildi. Mazkur qaror mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, fuqarolarning tinç va osoyişta hayot keçirişini taʼminlaşga qaratilgan.
Qarorning asosiy maqsadlari — mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, tegişli idoralar örtasida hamkorlikni mustahkamlaşdir. Şu munosabat bilan mahalla raisi, profilaktika inspektori, yoşlar yetakçisi hamda xotin-qizlar faolining özaro muvofiqlaşgan faoliyati taʼminlanişi lozimligi taʼkidlandi. Şuningdek, jinoyatçilikka moyil guruhlarni aniqlaş va ular bilan maqsadli iş olib borişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Qarorda raqamli texnologiyalar va tahlil vositalari orqali nazoratni kuçaytiriş, yaʼni yagona elektron maʼlumotlar bazasi asosida tezkor va samarali çora köriş tizimini şakllantiriş ham ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilab qöyilgan. Har bir mahallada fuqarolarning ijtimoiy holati, muammolari va xavf darajalari aniqlanib, şunga qarab profilaktik işlar samarali taşkil etiladi. Qaror ijrosida har bir mutasaddi şaxsning aniq vazifalari belgilab berilgan.
Şuningdek, qaror doirasida mahallalarga videokuzatuv kameralari örnatiş, profilaktika işlarini moliyalaştiriş hamda zarur texnik taʼminot bilan taʼminlaş belgilangan. Bunda mahallalardagi muammolarni hal etişda aholining faol iştirokini taʼminlaşga eʼtibor qaratiladi.
Mazkur qaror ijrosi natijasida jamoat tartibini buziş holatlari kamayişi, fuqarolarning huquq va manfaatlari yanada samarali himoya qilinişini taʼminlaş, yoşlar örtasida jinoyatçilik, giyohvandlik va boşqa salbiy holatlarning oldi olinişi kutilmoqda. Yiğiliş davomida Respublika miqyosida mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantiriş böyiça amalga oşirilayotgan samarali işlar haqida ham atrofliça maʼlumotlar berildi. Har bir mahalla uçun alohida namunaviy “yöl xaritalari” işlab çiqilgani va ularning ijrosi nazoratga olingani taʼkidlandi. Bu orqali jinoyatçilikning sezilarli darajada kamayişiga erişilayotgani qayd etildi.
Yiğiliş söngida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Şuningdek, Amudaryo tumani IIB boşliği, podpolkovnik Muxammedali Xojamuratov tomonidan joriy yilning birinçi çoragi yakuni böyiça tumanda jinoyatçilik salmoği ötgan yilga nisbatan 44 tadan 38 taga, yaʼni 13,64 foizga kamaygani qayd etildi. Bu körsatkiçga erişişda tumanda barça idora va taşkilotlar hamda mahalla “yettilik”lari hamjihatlikda iş olib borgani, aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlari töğri yölga qöyilgani muhim ahamiyat kasb etgani alohida taʼkidlandi.
Amudaryo tumanida uşbu qaror ijrosini taʼminlaş yuzasidan amalga oşirilayotgan işlar, mutasaddi idora va mahalla yettiliklarining özaro hamkorligi, aholi bilan muloqot va tarğibot işlari jinoyatçilik darajasini kamaytirişda öz samarasini bermoqda.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶