«Yaşil çiroq» musobaqasida bölğusi yöl harakati inspektorlari bellaşdi
Bugungi kunda mamlakatimizda kelajak avlod vakillarining xavfsizligini taʼminlaş, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş va yöllarda harakatlaniş könikmalarini şakllantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Zero, yöl harakati qoidalarini mukammal biliş nafaqat tartib-intizom belgisi, balki inson hayoti va salomatligini asraşning eng işonçli kafolatidir.
Ana şunday ezgu maqsadlarni közlagan holda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 212-sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida yurtimiz böylab «Yaşil çiroq» musobaqalari anʼanaviy tarzda ötkazib kelinmoqda. Uşbu nufuzli bellaşuv taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan öquvçi yoşlarga yöl harakati qoidalarini çuqur örgatiş, ularni madaniyatli harakat iştirokçisi sifatida tarbiyalaş va iqtidorli yoşlarni aniqlab, munosib rağbatlantirişda muhim platforma bölib xizmat qilmoqda.
Yaqinda Taxiatoş tumanida mazkur musobaqaning tuman bosqiçi kötarinki ruhda va yuqori saviyada taşkil etildi. Tumandagi 17 ta maktabdan taşrif buyurgan eng sara jamoalar öz bilim va mahoratlarini namoyiş etiş uçun maydonga tuşdilar. Musobaqa dasturi beşta murakkab va qiziqarli şartni öz içiga olgan bölib, har bir bosqiç yoş inspektorlardan nafaqat nazariy bilim, balki yuksak jismoniy tayyorgarlik va tezkorlikni ham talab etdi.
Dastlab jamoalarning safda yuriş tayyorgarligi sinovdan ötkazildi. Uşbu şartda jamoaning barça aʼzolari bir tan, bir jon bölib harakat qilib, şaxdam qadamlar bilan belgilangan tartibda yurib ötdilar. Hakamlar hayʼati iştirokçilarning qaddi-qomatini tutişi, saf qöşiqlarining mazmuni va ijro mahoratiga alohida eʼtibor qaratişdi. Har bir harakat beş ballik tizimda baholanib, jamoaviy hamjihatlikka urğu berildi.
Bellaşuvning keyingi bosqiçi «Piyodalar vazifalari va harakatiga oid sinov» deb nomlanib, unda har bir jamoadan bittadan vakil iştirok etdi. Yoş bilimdonlar hakamlar tomonidan tayyorlangan biletlarni tanlab, yöl harakatiga oid savollarga javob berdilar. Bunda nafaqat oğzaki javob, balki hakamlar talabiga binoan vaziyatni amaliy tarzda körsatib beriş ham majburiy etib belgilandi. Bu jarayon öquvçilarning kutilmagan vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş qobiliyatini namoyon etdi.
Şundan söng, maydon yoş velosipedçilarga berildi. «Yoş velosipedçilar musobaqasi» şartida iştirokçilar mahorat bilan «sakkiz» şaklidagi çiziq içida muvozanatni saqlab harakatlaniş, turli tösiqlarni mohirlik bilan aylanib ötiş va şartli köprikçadan yiqilmay ötiş vazifalarini bajardilar. Ayniqsa, maxsus ustunça ustidagi idişdagi suvni tökmasdan ikkinçi ustunga olib borib qöyiş şarti tomoşabinlar va hakamlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Musobaqaning eng ijodiy va masʼuliyatli qismi «Çorraha maketini yasaş» bellaşuvi böldi. Uşbu şartda ikki nafardan iştirokçi 15 daqiqa içida 40x40 santimetr ölçamdagi qoğoz yoki kartonda mukammal yöl maketini quriş vazifasini oldilar. Barça elementlar — svetoforlar, yöl belgilari va binolar — şu yerning özida qoğozdan kesib olinib, yelim yordamida joylaştirilişi lozim edi. Bu şart yoşlarning «Yöl harakati qoidalari» talablarini qançalik aniq tasavvur qila olişlarini körsatib berdi.
Nihoyat, musobaqaning hal qiluvçi nuqtasi — guruh sardorlari bellaşuvi boşlandi. Uşbu imtihonda sardorlarning bilim doirasi va çidamliligi sinaldi. Har bir savolga javob beriş uçun atigi 10-soniya vaqt ajratilgan bölib, birinçi xatogaça davom etgan marafon haqiqiy bilimlar jangiga aylandi.
Şunday qilib, barça şartlar yakuniga köra, hakamlar hayʼatining xolis baholari asosida eng kuçli va bilimdon jamoa nomi aniqlandi. Murosasiz keçgan bahslarda Taxiatoş tumanidagi 22-sonli maktabning «Yaşil çiroq» jamoasi mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi. Uşbu jamoa nafaqat tuman bosqiçining ğolibi maqomiga sazovor böldi, balki musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi va mamlakat miqyosidagi bosqiçlarida tuman şarafini himoya qiliş huquqini beruvçi yöllanmani ham qölga kiritdi.
Ötkazilgan bu kabi tadbirlar yoş avlodning huquqiy savodxonligini oşiriş bilan birga, kelgusida yöllarda sodir bölişi mumkin bölgan köngilsiz hodisalarning oldini olişda mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi. Zero, bugun yöl qoidasini maktab partasida anglagan bola, ertaga madaniyatli haydovçi va masʼuliyatli fuqaro bölib voyaga etadi. Bu esa jamiyatimiz xavfsizligi va barqarorligi yölidagi eng katta yutuqdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶