21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 05:33
Qishloq xoʻjaligi 👁 347

“YaShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA ChOYKOʻL OVULIDA 0,9 GEKTAR MAYDONDA BOGʻ BARPO ETILDI

“YaShIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA ChOYKOʻL OVULIDA 0,9 GEKTAR MAYDONDA BOGʻ BARPO ETILDI

Mamlakatimizda yashillik darajasini oshirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali hududlarda ekologik barqarorlikni taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsirlarning oldini olish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi "Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan "Mening bogʻim" loyihalarini shakllantirish va moliyalash tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori ijrosini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar natijasida aholi maskanlarida yangi-yangi bogʻ-rogʻlar, yashil hududlar barpo etilmoqda.

Prezident Farmonlari va hukumat Qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani hokimining 2025-yil 19-iyun sanasida qabul qilingan qaroriga muvofiq ayni kunlarda tumanning barcha hududlarida yashil bogʻlar barpo etilib, mazkur jarayonlarda keng aholi vakillari ham faol ishtirok etishmoqda.

Barpo etilayotgan bogʻlar uchun mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlarini yetkazib berish va ularning sifatli ekilishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi oʻrmon fondi yer maydonlarida 200 gektar maydonga 200 ming dona saksovul koʻchatlari ekish orqali himoya oʻrmonzorlar yaratish rejalashtirilgan boʻlib, bu reja toʻliq ado etildi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tumandagi korxona va tashkilotlar bilan 551 ming 857 dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻz vaqtida yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq shu kungacha 200 ming dona koʻchatlar yetkazib berildi va bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 11,4 gektarlik koʻchatxona maydonlarida yetishtirilayotgan yasen, sharq tuyasi, virgin archasi, sumax, yapon saforasi, katalpa, terak, tol va boshqa turdagi koʻchatlar tumandagi korxona va tashkilotlarga sifatli tarzda yetkazib berilmoqda.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlarning amaliy isboti sifatida tumanning Choykoʻl ovuli hududidagi 0,9 gektar maydonda "Yashil bogʻ" barpo etilganini keltirish mumkin. Mazkur bogʻ hududiga 663 dona qayragʻoch, 597 dona yasen, jami 1260 tup daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Koʻchat ekish jarayonida Amudaryo tumani Mahalla Kengashi masʼullari, ovul fuqarolar yigʻini faollari, nuroniylar va aholi vakillari faol ishtirok etdilar. Ekilgan har bir tup niholning tuproqqa ildiz qoʻyib, unib-oʻsib ketishini taʼminlash maqsadida mutaxassislar maslahatlari va agrotexnika qoidalariga alohida ahamiyat qaratildi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bogʻ-rogʻlar, yashil maydonlar barpo etish borasidagi bu kabi ishlar tumanning barcha ovul va mahallalarida, korxona va tashkilotlar hududlarida keng jamoatchilik ishtirokida sifatli amalga oshirilmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026