Er yigitning baxti
Farzand – hayot guli, inson umrining, naslining davomçisi. Oilada qiz tuğilsa, xonadonga fariştalar mehri tuşadi, deydilar. Öğil tuğilsa-çi? Otalar köngli taskin topib, vujudiga kuç-qudrat, xotirjamlik inadi. Şuning uçunki, öğil – sabot va bardoş, matonat va jasoratga timsol. U nafaqat ota-onasi tuzgan oila qörğonining, balki ona yurtining qalqoni, el-u xalqning tayançi.
Qurbonboy ota bilan Safarbeka ona ketma-ket uç nafar qizaloqning ota-onalari bölişganlarida ota-onasiga mehri oşib, xonadoniga gözallik baxş etib ulğayayotgan biri-biridan şirin qizlariga qarab duo qilişardi: “Xudoyim, qizlarimning qatorini yaraşiqli öğil farzand bilan ziynatla!”.
Alloh er-xotinning tilagini durust qildi: oilada öğil farzand dunyoga keldi. Otaning köngli taskin topdi. Öğliga Rözimboy deb ism qöyişdi. Baxtli, saodatli, ilm-u hunarli, rizq-rözi ziyoda, tuğişganlariga mehribon bölsin, deya tiladilar.
Rözimboy ota-onasi orzu qilganiday, tuğişganlariga mehri payvand, el-yurtda qadri baland yigit bölib ulğaydi. 10 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan Qurbonboy ota bilan Safarbeka onalarning oğiriga yelka tutib, opa-ukalariga yaqin kömakdoş böladigan yoşga yetganida u harbiy xizmatga çaqirildi. Öşanda sobiq ittifoq tasarrufidagi barça respublikalarda yaşovçi, farzandlari armiya yoşiga yetgan onalarning yuragini vahimali bir qörquv mahv etgandi:
- Işqilib öğlimni Afğonistonga olib ketişmasin-da!
Safarbeka ona ham keça-yu kunduz, ötirsa ham, tursa ham “Rözimboy bolam Afğonga tuşmasin!” – deya iltijo qilardi. Taqdir yoziğidan qoçib qutulolmas ekan, aslida odam. Rözimboy Nurimbetov 1981-1983-yillarda qardoş Afğoniston davlatining Qandahor şahridagi harbiy qismlardan birida yigitlik burçini ado etdi. Har gal jangga kirayotganida, neça-neça quroldoş döstlarining jasadlarini jang maydonlaridan olib çiqayotganlarida qöllarini duoga oçgan ota-onasi, qadrdon döstlari, Amu elining har qariç yeri köz oldida jonlanar, xayolini bir ezgu orzu band etardi: “agar eson-omon Vatanga qaytsam, to ölgunimça aziz xalqimga xizmat qilaman!”.
Janglardan birida çap yelkasidan oğir yaralangan Rözimboy Nurimbetov harbiy xizmatdan III guruh nogironi bölib qaytdi.
– Juda tuşkun holatda qaytganman, – eslaydi u hayotining jangovar yillarini. – Ota-onam tirik qaytganimga şukur qilib turganlarida men yelkamdagi kuçli oğriq azobini unutişim, jöşqin hayot sari dadil intilişim kerakligini his etganman.
Rözimboy özi aytganiday, hayotga jöşqin nazar bilan boqdi, intildi. Orzulari röyobi uçun tinimsiz öqibizlandi. Metin irodasi, tirişqoqligi tufayli Toşkent Davlat tibbiyot institutiga öqişga kirib, mazkur öquv dargohini muvaffaqiyatli tamomladi. Barça havas qilguday şirin oila qurdi. Umr yöldoşi, 55-sonli maktabning özbek, qoraqalpoq tili va adabiyoti fani öqituvçisi Omongul Adilboyeva bilan tört nafar farzandini bilimli, aql-farosatli insonlar qilib voyaga yetkazmoqda.
Institutni tugatib, 1991-yilda tuman tibbiyot birlaşmasida şifokor sifatida öz mehnat faoliyatini boşlagan Rözimboy Nurimbetov 27-yildirki, xalq salomatligini saqlaşdek xayrli vazifada sidqidildan xizmat qilib kelmoqda. Özining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan kasbdoşlarining hurmat-ehtiromiga sazovor bölgan Rözimboy Nurimbetov harbiy xizmat davrida bir neça jangovar medallar bilan taqdirlangan bölsa, uning tibbiyot sohasidagi fidoyi mehnatlari ham munosib baholandi. U Soğliqni saqlaş aʼloçisi nişoni sohibi. Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati sifatida hamişa faol, xalq orasiga kirib, ularning muammo va taşvişlarini hal etişga intilib yaşaydi.
Oilada esa tadbirli, mehribon va qattiqqöl, qatʼiyatli ota, sadoqatli umr yöldoş. Katta öğli Ollambergan NDPIda, Şohruh Toşkent Davlat agrar Universitetining Nukus filialida tahsil olişadi. Şahzod Manğit iqtisodiyot kolleji, Behzod 55-sonli maktab öquvçilari.
– Tört öğlim – törtta toğim, – deydi mamnuniyat bilan Rözimboy Nurimbetov. – Ularning kamolini köriş – men uçun eng uluğ baxt. Bir vaqtlar orzu qilardim: Alpomişday öğillarim bölsa-yu, men ularning davr-u davronini körib, kökragimni baland tutib yursam, deb! Qarang, öğillarimning böy-bastiga nigohim tuşgan sari könglim toğday yuksaladi. Şu bölsa kerak-da, farzandlarning kamoliga yetkazgani, yigit kişining baxti.
Ha, şudir azizlar, er yigitning baxti. Axir kim nima uçun kuraşayotgani mubham bölgan, maʼni-maqsadsiz Afğoniston uruşidan III guruh nogironligi tamğasini olib qaytib, qaddini tiklab, hayotga intilib va orzular yölida kuraşgan... , nihoyat öz orzu oşyoniga yetişib, tört öğilga ota bölgan yigit uçun bundan uluğroq martaba, baxt bormi?! Tinç, osoyişta mamlakat, ahil-inoq mahalla, obod oila dasturxoni törida savlat tökib ötiriş çinakam BAXT!
Rözimboy har gal sobiq afğonçi döstlari bilan uçraşganida ana şunday oilaviy baxtga yetganidan köngli toşib ketadi.
– 15-fevral – biz sobiq baynalmilalçi jangçilar uçun katta bayram, – deydi u. – Çunki bundan 29-yil muqaddam, 1989-yilning 15-fevralida sobiq sovet harbiylarining oxirgi guruhi Afğoniston hududidan olib çiqildi. Bu sanani Rözimboy sobiq quroldoşlari va farzandlari davrasida behisob şukronalar bilan nişonlaydi. Bemavrid şahid ketgan quroldoş döstlari xotirasini yodga oladi...
Manğit şahrining Oybek nomli mahallasida istiqomat qiluvçi Rözimboy Nurimbetov va Omongul Adilboyevalar xonadonidan qaytarkanmiz, baxtdan yuzlari çaroğon bu insonlarga dilimizda havas uyğondi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶