25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 19:02
Maqolalar 👁 1,359

BAXILLIK

BAXILLIK

Otanazar bobo zoʻr bogʻbon edi. Qayerda qanday mevaning yaxshi navi borligini eshitsa, albatta borib koʻrar, novdasidan olib kelib, oʻz bogʻidagi daraxtlarga payvand qilmaguncha tinchimasdi. Oʻ-hoʻ, boboning bogʻini koʻrsangiz, xuddi jannatning oʻzi, deysiz. Yongʻoqdan tortib, bodom-u xandon pistagacha, eng sara oʻrik, olma-yu anor, anjirgacha bor! Boboning bogʻidagi mevalar lazzatini totganlarning tilidan bol tomadi.

Otanazar bobo juda saxiy, koʻngli ochiq odam edilar, Alloh rahmat qilsin. Bogʻida qaysi meva pishsa:

– Yangilik, olinglar, – deb laganni toʻldirib olib chiqardilar.

Bolalar-ku boboning bogʻi-yu mevalarini kattalardan ham yaxshiroq bilishardi.

Otanazar bobo olamdan oʻtdi-yu, yaxshilar bilan gavjum bu soʻlim bogʻ ham oʻz tarovatini yoʻqotdi. Boboning ikki oʻgʻli roʻzgʻorini boʻlaklab, shaharga koʻchib ketishdi. Bogʻli hovlida kenja oʻgʻli Gʻoyibnazar oilasi bilan qoldi.

Gʻoyibnazar otasining tamoman teskarisi edi. Maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan Gʻoyibnazar otasidan bogʻdorchilik ilmini yaxshigina oʻzlashtirgan, barcha yumushlarni vaqtida, sifatli va tartibli bajarardi. Shundanmi, bogʻ gurkirab rivojlandi. Lekin...

Gʻoyibnazar oʻlguday qizgʻanchiq, bundan ham yomoni baxil edi. U bogʻdagi mevalardan atrofdagilarga, qoʻni-qoʻshnilarga tattirishi tugul, koʻrsatishni ham xohlamasdi. Qishloqda eng avval uning bogʻidagi oʻriklar pishardi. Mangʻit dehqon bozoriga eng avval u oʻrik sotgani chiqardi. Oʻrikmisan-oʻrik, har biri chogʻroq olmaday, shakari tanglayga yopishadi-ya!

Otanazar boboning Gulimboy ismli orasidan qil oʻtmas joʻrasi bor edi. Bir kuni Gʻoyibnazarni ana shu ota qadrdoni yoʻqladi:

– Gʻoyibnazar, oʻgʻlim, shu ertapishar oʻrigingning novdasidan kesib ber, – dedi hol-ahvol soʻrashgach. – Oʻzim hayotligimda joʻramning qoʻli tegib, mehri singgan mevadan bir payvandtok qilay.

Gʻoyibnazar indamadi. Ota-sining qadrdon joʻrasiga yo beraman, yo bermayman, demadi. Jim oʻtiraverdi.

– Gʻoyib, hoy Gʻoyib, qulogʻing ogʻirlashib qolmadimi? – kuldi u.

Gʻoyibnazar esa hech kutilmaganda oʻrnidan “dik” etib turdi-yu, boboni hayron qoldirib, uyiga kirib ketdi.

– Bolaga yoqmadi, – oʻziga-oʻzi gapirgancha asta qoʻzgʻaldi Gulim bobo.

Gulim bobodan soʻng yana qanchalab mahalladoshlari har yili payvandtok pallasida Gʻoyibnazarnikiga kelib, quruq ketishdi. Novda soʻrab kelguvchilarni xushlamagan Gʻoyibnazar Otanazar bobodan qolgan bogʻ atrofini simtoʻr bilan oʻrab chiqdi.

“Bilib boʻladimi, – oʻyladi u, – kech-pechda kelib, oʻrik novdalaridan kesib ketishadimi?”

U tong bilan bogʻni tekshirib koʻrar, mevali daraxtlarning shoxchalarini bir-bir koʻzdan kechirardi. Erta bahor edi, bogʻ chetidagi ertapishar oʻrikning shoxchalaridan biri sindirib olinganini koʻrib qoldi. Tutaqib ketdi:

– Men bogʻ qilsam-u, manglayi terlamagan birov kelib undan andoza koʻchirsa. Yoʻq, men bunga yoʻl qoʻymayman!

U tutaqqanicha darvozaxonaga kirib, arra olib chiqdi.

– Mening bogʻimdan payvand-kurtak olish mana bunday boʻladi! – U endi kurtak yozayotgan daraxtni kesa boshladi. – Qani, olganlaringni bir koʻraychi! Qani, qoʻraychi! – u har arra tortganida “qani, qani...” deb jazavaga tushib baqirardi.

Uning ovozini eshitib, ichkaridan yugurib chiqqan xotini va bolalari to vaziyatni anglab yetguncha boʻlmay, avval qarsillagan sas va Gʻoyibnazarning “oʻldi-i-i-m!” degan chinqirigʻi eshitildi. Qarsillab ovoz chiqarib yiqilgan oʻrik daraxtining ulkan tanasi Gʻoyibnazarning oyoqlarini bosib qolgan, kuchli ogʻriqqa chiday olmayotgan Gʻoyibnazar qoʻllari bilan yerni tirmalab faryod chekardi.

Bu voqea bir zumda butun mahallaga tarqaldi. Bir-ikki qoʻni-qoʻshni bilan yetib kelgan Gulimboy bobo uni daraxt ostidan chiqarib olib, oʻgʻlining mashinasida shifoxonaga olib ketdi. Gʻoyibnazarning bir oyogʻi toʻpigʻidan, ikkinchisi tizzasidan singan ekan. Salkam uch oy deganda Gʻoyibnazar oyoqqa turdi. Shu yili bogʻi qarovsiz qoldi. Vaqtida shakl berilmagan bogʻning barakasi uchdi. Boz ustiga qizgʻanchiq, baxilligidan ertapishar oʻrigini kesaman, deb oʻzi nogiron boʻlib qoldi. Uning bu qilmishidan norozi boʻlgan mahalladoshlari Gʻoyibnazarnikiga umuman kelmay qoʻyishdi.

Oradan ikki yil oʻtib, Gulim bobo uni yoʻqladi:

– Yaxshiyam joʻram ekib ketgan ertapishar oʻrigingdan bitta novda olgan ekanman, – dedi u xontaxtaga lagan toʻla oltinday sap-sariq oʻrikni qoʻyarkan. Sen, bola, baxilligingdan choʻloq boʻlib qolding, davlating qaytdi. Men soʻradim, novda bermading, xudo koʻrib turibdi, simtoʻrdan qoʻlimni choʻzib, bitta novdani sindirib oldim... mana, bir mahalla ahli toʻyguday meva berdi.

Gʻoyibnazar uyalganidan yerga kirib ketguday boʻldi. Ammo endi kech edi. Butun mahalla uni endi Gʻoyibnazar muallim, deb emas, Gʻoyib baxil, Gʻoyib choʻloq deb atay boshlagan, feʼliga yarasha laqab olib boʻlgan edi.

– Otanazar joʻramning ruhi shod boʻlsin, deb koʻcha boʻyidagi jaydari oʻrikka payvand qildim, hammaga yetadi, sen ham tatib koʻr, yangilik, – deya xuddi Gʻoyibnazarning yuziga urganday laganni oldiga surib qoʻydi Gulimboy bobo. – Dushmaningdan boshqa hech kimdan molingni qizgʻanma, bola, el-yurtdan ayirmasin, boshqa bunday nomaʼqulchilik qilma!

Bobo ketdi. Gʻoyibnazar choʻloq oyoqlariga mushtlagancha yer bilan bitta boʻlib oʻtirar, ichini afsus va pushaymon oʻti kuydirardi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026