21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:59
Iqtisodiyot 👁 8,902

VALYuTA SIYoSATIDAGI OʻZGARIShLAR IQTISODIYoTIMIZ RIVOJIGA XIZMAT QILADI

VALYuTA SIYoSATIDAGI OʻZGARIShLAR IQTISODIYoTIMIZ RIVOJIGA XIZMAT QILADI

Har bir davlatda iqtisodiyot sohasiga alohida ahamiyat qaratiladi. Boisi, xalq boy va toʻq boʻlsagina, jamiyat ravnaq topadi. Mamlakatimizda ham bu jabhada koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Ayni davrdagi xalqimiz turmushidagi farovonlik, toʻkin-sochinlikni buning yaqqol isboti sifatida eʼtirof eta olamiz. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning yaqinda imzolanib, 5 sentyabrdan amalda qoʻllanila boshlagan «Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birlamchi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5177-sonli Farmoni ham mamlakatimiz iqtisodiyotidagi rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

PUL – MODDIY EHTIYoJ

Iqtisodiy hayotda pul birliklari muhim oʻrin tutadi. Zaruriy ehtiyojlar pul muomalasi orqali amalga oshadi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda ahamiyat kasb etayotgan tadbirkorlik faoliyatida chet el bilan munosabat hamda xalq orasida xorijga chiqib mehnat qilib kelishlar va boshqa koʻplab sabablar tufayli xorijiy valyuta – yaʼni chet davlatlar pul birliklari bugungi kunda mamlakatimizda ishlatilishi, muomalada boʻlishi odatiy tusga aylanmoqda.

Pul – insonlarning moddiy ehtiyoji uchun zarur vosita hisoblanadi. Insonlar shu ehtiyojni toʻldirish maqsadida mehnat qiladilar. Kimdir aqliy mehnat, kimdir jismoniy mehnat orqasidan daromad topishga erishadi. Shu oʻrinda, 26-yil oldin erishilgan mustaqilligimiz tufayli xalqimizga moddiy tomondan tiklanib olish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligini aytib oʻtish joiz. Istiqlol sharofati bilan tadbirkorlik, milliy hunarmandchilik, fermerlik harakati kabilar yoʻlga qoʻyildi. Bu esa insonlarning halol mehnat orqali daromad topish manbasiga aylandi.

Ha, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xalqni farovonlik yoʻliga boshlab, iqtisodiyotni yuksaltirdilar. Hozirgi kunda Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham ularning ezgu ishlarini davom ettirib, el manfaatini koʻzlab, xalqchil siyosat yuritmoqdalar. Qator farmonlar jumlasidagi yaqinda qabul qilingan "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birlamchi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5177-sonli Farmonining ham Oʻzbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egaligini toʻgʻri anglab, tushunib olishimiz zarur.

TUShUNMOVChILIKLAR TABIIY HOL

Mazkur Farmonning mohiyatini hamma birdek va darhol tushunib yetolmasligi tabiiydir. Bu esa oddiy xalq orasida turli xil mulohazalarga sabab boʻlishiga olib keladi. Xalq orasida "Endi nima boʻlarkan, narx-navoga taʼsir qilmasmikan, davlat kurslarida foydalanilayotgan xizmatlar ham oʻzgararmikan?!” kabi istiholali va tashvishli fikrlar paydo boʻlishi shubhasizdir.

Lekin Farmon ijrosi bu tashvishlarning oʻrinsiz ekanligini, u mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdagi samarali omil ekanligini koʻrsatmoqda. Amaliyotga tatbiq etilayotgan Farmonga muvofiq endilikda valyuta siyosati boʻyicha hukumat va banklar tomonidan yengillashtiruvchi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xorijiy valyuta jismoniy shaxslar uchun alohida  tartibga koʻra va yuridik shaxslar uchun alohida tartib boʻyicha konvertatsiya qilinmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda oʻz mavqeiga ega boʻlgan koʻpgina tadbirkorlar xorij bilan savdo munosabatlarini amalga oshirishda valyutaga ehtiyoji boʻlganligi sababli bir qancha muammolarga duch kelishayotgan edi. Chet elga sayohatga chiquvchilar, xorijiy kasalxonalarda davolanuvchilar hamda oliy oʻquv yurtlarida tahsil oluvchilar ham bundan mustasno emas edilar. Farmon ijrosi amalga oshirilishi davomida bu boradagi muammolar asta-sekin yechimini topishi koʻzda tutilgan va yaqin muddatlar ichida valyuta siyosatining barqarorlashuvi kutilmoqda. Iqtisodiyotdagi bu oʻzgarishlar, yaqin kelajakda, albatta, oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatadi.

"QORA BOZOR” TUGATILADIMI?

Ijtimoiy tarmoqlarda bir moliyachi-ekspertning "Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "... bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham boʻshliq boʻlmaydi. Qayerdadir boʻshliq paydo boʻldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir toʻldirishga harakat qiladi” degan edi. Xuddi shu soʻzlarning isboti sifatida cheklangan valyuta konvertatsiyasi natijasida yaratilgan turli boʻshliqlarni yashirin iqtisodiyot vakillari oʻzlarining turli niqob ostidagi vazifalari bilan toʻldirib kelishgan”, degan fikrlarini oʻqib qoldim. Darhaqiqat, keyingi yillarda koʻchadagi kurs va davlat kursi oʻrtasidagi farqdan, shuningdek valyutaning noqonuniy oldi-sotdisidan foyda olishni koʻzlab, ish qiladigan noqonuniy "kasb”lar hamda bu "kasb”da faoliyat koʻrsatuvchilar paydo boʻlgan edi.

Iqtisodiyot tilida "qora bozor” deb ataluvchi bu nuqta faoliyatidan foydalanish tabiiy holga aylanib qolayotgan edi. Bu holatga qonuniy chora koʻrishga qanchalik harakat qilinmasin, baribir butunlay yoʻq qilinishiga erishilmayotganini tan olishimiz kerak.

– Noqonuniy valyuta faoliyati boʻyicha mazkur yilda 6 nafar shaxsga maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, maʼmuriy ishlar boʻyicha Amudaryo tuman sudiga qonuniy chora koʻrish uchun yuborildi. Chet el valyutalarining noqonuniy ravishdagi oldi-sotdisi bilan shugʻullanib yurgan shaxslarni aniqlash hamda valyuta faoliyatidagi qonun buzilish holatlariga barham berish maqsadida qator  tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Chunki, har qanday noqonuniy faoliyat davlat va fuqarolar manfaatiga zarar yetkazadi, – deya eʼtirof etadi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi  boʻlimi boshligʻi Sultonboy Qurbonov.

Shu oʻrinda aytish joizki, Farmon ijrosining taʼminlanishi "qora bozor” faoliyatining oʻz-oʻzidan tugashiga olib kelishi ham ehtimoldan xoli emas.

NARX-NAVO HAQIDA

Valyutaning davlat kursi, "qora bozor” kursiga tenglashtirilishi narx-navoga aslo taʼsir koʻrsatmaydi. Chunki, bozordagi mahsulotlar narxi doim "qora bozor” kursiga qarab belgilanib kelingan. Nimadir xarid qilmoqchi boʻlsak, uning narxi odatdagidan oshgan boʻlsa, sotuvchilarning dollar narxi koʻtarilganligini roʻkach qilishlari odatiy holga aylanganligi hammaga maʼlum.

Narxi xorijiy valyutaning rasmiy kursi boʻyicha belgilanib kelinayotgan mobil aloqa, internet, aviachiptalar va boshqa xizmatlar narxlari shu yilning 29-avgustdagi davlat kursi boʻyicha (bir AQSh dollari – 4210 soʻm) hisoblanmoqda.

TUMAN BANKLARIDA VALYuTA KONVERTATsIYaSI

Prezidentimizning yuqoridagi  Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida ATB "Agrobank”ning tuman filialida Konversion amaliyotlar boʻlimi va Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tashkil etildi.

– Boʻlimimizda ertalabki soat 9:00 dan kechki soat 22:00 gacha fuqarolarga xizmat koʻrsatiladi, – deydi ATB "Agrobank” tuman filialining Konversion amaliyotlar boʻlimi boshligʻi Qadamjon Duysenboyev. – Malakali xodimlarimiz Muborak Xoʻjamurodova, Qurbonoy Saparovalarning xizmatlaridan fuqarolar nihoyatda mamnun.

ATB "Agrobank” tuman filialining Valyuta  ayirboshlash shoxobchasida fuqarolarga chegaralanmagan miqdordagi chet el valyutasi 50 ming soʻmlik kupyuralarda almashtirib berilmoqda. Buning uchun murojaat qiluvchidan faqatgina shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yaʼni pasport nusxasi soʻraladi. Shuningdek, chet el valyutasiga ehtiyoj sezayotgan jismoniy shaxslarga ham har chorak mobaynida 5000 AQSh dollarigacha boʻlgan valyutani "Visa” xalqaro plastik kartalariga oʻtkazib va naqd koʻrinishlarda berish yoʻlga qoʻyiladi.

Valyuta siyosatidagi mazkur oʻzgarishlar, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishi muqarrardir. Bu esa oʻz oʻrnida xalqimiz farovonligi ortishiga va jamiyatimiz yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi.

Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.

(Foto - http://parliament.gov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026