Pensiya tizimini raqamlaştiriş: yangi qulayliklar va muhim özgarişlar
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ayniqsa, keksa avlod vakillari, nogironligi bölgan şaxslar va boquvçisini yöqotgan oilalarga ğamxörlik körsatiş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlari qatoriga kiradi. Amudaryo tumanida ham bu borada tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
1-iyun holatiga köra tumanda jami 25 ming 740 nafar pensioner röyxatga olingan bölib, ular tuman umumiy aholisining 11,9 foizini taşkil qiladi. Şundan yoşga doir pensiya oluvçilar soni 21 ming 293 nafarni, nogironlik pensiyasini oluvçilar 3 ming 109 nafarni va boquvçisini yöqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanganlar 1 ming 338 nafarni taşkil qiladi. Uşbu toifadagi fuqarolarga davlat tomonidan har oyda 35 mlrd söm atrofida mablağ moliyalaştirilib, öz egalariga tölab kelinmoqda.
Sönggi yillarda moliya va pensiya tizimidagi jarayonlarni raqamlaştiriş orqali köplab qulayliklar yaratildi. Jumladan, joriy etilgan zamonaviy interaktiv xizmatlar hisobiga yoşga doir pensiyalarning 62 foizi heç qanday murojaatlarsiz, proaktiv şaklda tayinlanişiga erişildi. Bundan taşqari, aholiga iş haqi, pensiya, turli xil nafaqa va stipendiyalar tölovlarining 90 foizdan ortiği bank kartalari orqali amalga oşirilmoqda.
Byudjet taşkilotlarining moliyaviy hujjatlarini elektron tarzda rasmiylaştiriş maqsadida qabul qilingan 2025-yil 26-iyundagi Prezident farmoni asosida boşqaruv tizimini ixçamlaştiriş maqsadida oxirgi 2-yil içida Ğaznaçilik xizmati qömitasi va Pensiya jamğarmasining ştat birliklari soni 1940 taga yoki 45 foizga qisqartirildi. Joriy yilda esa quyi böğin xodimlari sonini 4 barobargaça qisqartiriş közda tutilgan. Asosiy maqsad – ğaznaçilik va pensiya taʼminoti tizimlarini töliq avtomatlaştiriş orqali hududlarda ixçam xizmat körsatiş ofislarini taşkil etiş, fuqarolarga xizmat körsatişni elektron şaklga ötkaziş va moliyaviy operatsiyalarda şaffoflikni taʼminlaş uçun sunʼiy intellektdan keng foydalanişdir.
Tizimdagi eng yirik özgarişlardan yana biri şuki, 2027-yil 1-yanvardan boşlab Ğaznaçilik xizmati qömitasi hamda Pensiya jamğarmasining tuman va şahar bölimlari faoliyati töliq raqamlaştiriş hisobiga tugatiladi. Ularning örnida hududiy boşqarmalarga böysunuvçi, barça biznes jarayonlarni özida qamrab oluvçi va bor-yöği 1 dan 3 tagaça ştat birligiga ega bölgan zamonaviy va ixçam xizmat körsatiş ofislari taşkil etiladi.
Bundan taşqari, 2026-yil 1-dekabrdan boşlab pensiya tizimida yanada qulay jarayonlar işga tuşadi. Xususan, fuqarolarning mavjud iş staji va iş haqlari töğrisidagi elektron maʼlumotlarga asoslanib, pensiya miqdorlarini oldindan aniqlaş imkonini beruvçi "Mening pensiyam" onlayn xizmati amaliyotga tatbiq etiladi. Uşbu sanadan eʼtiboran, tizimning aloqa markazlariga sunʼiy intellektni joriy etiş va maʼlumotlarni töliq raqamlaştiriş evaziga yana 141 ta ştat birligi maqbullaştiriladi hamda barça xizmatlar töliq interaktiv şaklga ötkaziladi.
Fuqarolarning pensiyaga oid maʼlumotlarini yagona bazada jamlaş borasida ham muhim qadamlar taşlanmoqda. Xususan, 2025-yil 1-oktyabrdan boşlab Majburiy ijro byurosi undiruvni pensiya tölovlariga qaratişdan avval fuqarolarni oldindan xabardor qiliş tizimini yölga qöygan bölsa, 2025-yil 1-noyabrdan boşlab Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy xizmatni ötaganlik davri töğrisidagi maʼlumotlar "Raqamli hukumat" platformasi orqali Pensiya jamğarmasiga töğridan-töğri yuborilmoqda.
Şuningdek, 2026-yil 1-avgustga qadar Oliy taʼlim muassasalaridagi öqiş davri töğrisidagi maʼlumotlarni töliq raqamlaştiriş va ularni Davlat xizmatlari markazlari orqali elektron bazaga kiritiş imkoniyati yaratilişi belgilangan.
Şu örinda, yuqorida qayd etilgan islohotlarning samaradorligi bevosita fuqarolarimizning öz vaqtida köradigan çoralariga ham boğliq ekanligini alohida taʼkidlaş lozim. Bugungi kunda ayrim holatlarda pensiya yoşiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlaş jarayonida iş staji bilan boğliq maʼlumotlarning tizimda çiqmasligi kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabab – fuqaro işlagan taşkilot yoki korxona tomonidan xodimning mehnat staji va iş haqi töğrisidagi maʼlumotlari my.mehnat.uz elektron tizimiga kiritilmaganligidir.
Agar şaxsning maʼlumotlari töliq raqamlaştirilgan bölsa, bunday muammo umuman yuz bermaydi. Şu sababli, hozirda rasmiy mehnat faoliyati yuritayotgan barça fuqarolarimizdan öz iş beruvçilaridan mehnat maʼlumotlarini my.mehnat.uz tizimiga kiritişlarini talab qilişlarini söraymiz. Işlamayotgan fuqarolarimiz esa yaşaş hududlaridagi Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimlariga murojaat qilib, öz mehnat daftarçalaridagi maʼlumotlarni bepul tarzda raqamlaştirib olişlari mumkin. Zero, öz vaqtida qilingan töğri harakat – kelajakda sizning munosib va kafolatlangan pensiya taʼminotingiz uçun eng muhim poydevor bölib xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶