TARĞIBOT TADBIRLARIMIZ ÖZ SAMARASINI BERMOQDA
Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasida nazarda tutilgan "Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş” jinoyati iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiritilgan bölib, bunday jinoyatlar sud amaliyotida juda köp uçraydi.
"Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş” jinoyatining obʼekti aybdorga işonib topşirilgan yoki uning ixtiyorida bölgan özganing mulki hisoblanadi.
Özlaştiriş deganda aybdor şaxsning öziga işonib topşirilgan yoki uning ixtiyorida bölgan mulkni ğayriqonuniy ravişda uşlab turib, keyin uni öz foydasiga olişini tuşuniş lozim.
Rastrata deganda qonunga xilof ravişda özganing mulkini sotiş, sarflaş, isteʼmol qiliş, hadya qiliş va şu kabi yöllar bilan begonalaştiriş tuşuniladi.
Talon-taroj rastrata şaklida özlaştirişdan şu bilan farq qiladiki, özlaştirişda talon-taroj qilingan mulk qonuniy egasiga qaytarilişi mumkin, rastrata yöli bilan talon-taroj qilingan mulk aybdorda bölmaydi, u allaqaçon sotilgan, hadya qilingan, isteʼmol qilingan bölib, bunda mulk egasiga talon-taroj qilingan narsalarning faqatgina qiymati qaytariladi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmasligi körsatilgan. Qonunning uşbu rağbatlantiruvçi normasi jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplagan şaxslarga nisbatan tatbiq etilib kelinmoqda.
Jinoyat işlari böyiça tuman sudi tomonidan 2015-yilda Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining yuqorida aytilgan 167-moddasi bilan ayblanib, sudga berilgan 11 nafar şaxsga oid 8 ta iş mazmunan körilgan bölsa, 2016-yilda 33 nafar şaxsga oid 13 ta iş, joriy 2017-yilning birinçi yarim yilligida esa 6 nafar şaxsga oid 3 ta iş mazmunan körilgan bölib, uşbu jinoyat 2016-yilda 2015-yilga nisbatan ösgan bölsa, 2017-yilning birinçi yarim yilligida pasayiş jarayoni kuzatilmoqda.
Uşbu jinoyat turining kamayişida jinoyat sodir etilgan hudud yaʼni ovul, mahalla fuqarolar yiğinlarida va mehnat jamoalarida sayyor sud majlislari ötkazilayotganligi, şuningdek, keng jamoatçilik örtasida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilayotgani muhim omil bölmoqda.
T.TURAKULOV,
Qoraqalpoğiston Respublikasi jinoyat işlari böyiça sudi sudyasi.
(Foto - http://xushnudbek.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶