07.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
07.10.2026, 20:34
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,740

Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish fermer xoʻjaligida yuksak natijalar bermoqda

Mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, yer va suv resurslaridan tejamkor foydalanish hamda dehqon mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, shoʻrlanish darajasi yuqori boʻlgan hududlarda meliorativ holatni yaxshilash orqali hosildorlikni oshirish vazifasi ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylangan.

Bu boradagi saʼy-harakatlarning amaliy natijasini Amudaryo tumanidagi “Doʻsimbetova Qizlargul” fermer xoʻjaligi misolida ham koʻrish mumkin. Xoʻjalikga 2002-yildan buyon Qizlargul Doʻsimbetova rahbarlik qilib kelmoqda. Umumiy mehnat staji 49-yilni tashkil etgan fermerning boy tajribasi bugun sohaga yangi kirib kelayotgan koʻplab yoshlarga oʻrnak boʻlmoqda.

Xoʻjalikning umumiy yer maydoni 60,3 gektarni tashkil etadi. Shundan ekin maydonlari 54,3 gektar, ekishga yaroqsiz yerlar, ariq va zovurlar esa 6 gektarga toʻgʻri keladi. Ekinlarning toʻgʻri joylashtirilishi natijasida 35 gektarga paxta, 19,3 gektarga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilib, yuqori hosildorlikka erishilmoqda.

Paxtachilik yoʻnalishidagi koʻrsatkichlar ham izchil oʻsib bormoqda. Soʻnggi 5-yil ichida hosildorlik 36–40 tsentnerga yetkazilib, umumiy hisobda qariyb 700 tonna sifatli paxta yetishtirilgan va kontraktatsiya shartnomalari rejalari 150–170 foiz darajasida bajarilgan. Bunday natija dalalarga oʻz vaqtida agrotexnik ishlov berish va ekinlarni maromiga yetkazib parvarishlash evaziga qoʻlga kiritilgan.

Gʻallachilikda ham barqaror koʻrsatkichlar qayd etilgan. Hududning shoʻrlanish sharoitiga qaramasdan, soʻnggi toʻrt yilda xoʻjalikning 11 gektar yer maydoniga bugʻdoy ekilib, hosildorlik 57 tsentnerdan 60 tsentnergacha koʻtarilgan, davlatga esa 60 tonnadan ziyod bugʻdoy topshirilgan.

Natijada fermer xoʻjaligi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan 600 million soʻm sof foyda olishga erishilgan. Rentabellik darajasi esa 20 foizdan 24 foizga yetkazilib, bu koʻrsatkich xoʻjalikning moliyaviy barqarorligini taʼminlagan asosiy omillardan biri boʻlib xizmat qilmoqda.

Qayd etish joizki, xoʻjalikda yerlarning unumdorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Har yili 20–25 million soʻm mablagʻ ajratilib, irrigatsiya va melioratsiya ishlari amalga oshiriladi va 2,5 kilometr uzunlikdagi “Nazarxon-arna” kanali hamda 1,7 kilometr uzunlikdagi zovur muntazam tozalanib, taʼmirlanadi.

Xoʻjalikning moddiy-texnik bazasi ham mustahkamlangan. Uning hisobida jami 1 ta haydov traktori, 3 ta chopiq traktorlari, 2 ta tirkama va boshqa texnika hamda agregatlar mavjud. Texnikalarni oʻz vaqtida koʻrikdan oʻtkazish, yonilgʻi-moylash materiallari bilan oʻz vaqtida taʼminlash orqali texniklardan samarali foydalanilmoqda.

Xoʻjalikda bugungi kunda 25 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangan. Daromad manbalarini kengaytirish maqsadida xoʻjalik hududida 10 sotix maydonda baliqchilik havzasi barpo etilgan, parrandalar bosh soni esa 400 donaga yetkazilgan. Ekologik holatni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida birgina joriy yilda xoʻjalikka qarashli va unga tutash yerlarga 1000 tupdan ortiq manzarali, 300 tupdan ortiq mevali koʻchatlar, 2000 tupdan ortiq terak va tut koʻchatlari oʻtqazilgan.

Fermerning samarali mehnati munosib baholanib, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi”, 2022-yilda esa Oʻzbekiston fermerlar kengashining “Ilgʻor fermer” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. Qizlargul Doʻsimbetova kabi qishloq ishbilarmonlari va u rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligi singari oʻnlab ilgʻor xoʻjaliklarining tajribasi tumanda agrar sohani rivojlantirishning ishonchli poydevori boʻlib xizmat qilmoqda va yangi avlod fermerlari uchun amaliy maktab vazifasini oʻtamoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026