Qizilçoli MFY: “Mahalla yettiligi” tizimi amalda ijobiy natija bermoqda
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan joriy etilgan “Mahalla yettiligi” tizimi aholi muammolarini quyi böğinda hal etişda özining ijobiy samarasini bermoqda. Amudaryo tumanidagi Qizilçoli mahallasida ham uşbu islohotlar öz natijalarini körsatmoqda. Bugungi kunda mazkur hududda 836 ta xonadon va 1275 ta oila mavjud bölib, ularda jami 4360 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Mahalladagi özgarişlarni infratuzilmaning yaxşilangani misolida ham yaqqol köriş mumkin. Xususan, fuqarolar yiğini boşçiligida aholining hamjihatligi natijasida mahalla “Taşabbusli byudjet” loyihasida ğolib bölib, hududdagi 1750 metr içki yöllar töliq asfalt qilindi.
Hokim yordamçisi tomonidan ötkazilgan xatlov natijasida doimiy daromadga ega bölmagan 236 nafar fuqaro aniqlanib, ularning 102 nafari turli korxona va taşkilotlarga işga joylaştirildi. Tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida tadbirkorlik qiliş istagini bildirgan 88 nafar fuqaroga jami 120 million sömdan ziyod, yana 45 nafar fuqaroga esa 450 million sömlik, şuningdek, 5 ta yirik tadbirkorga salkam 360 million sömlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Buning natijasida mahallada 22 ta mikro loyiha işga tuşirilib, 6 ta yangi yakka tartibdagi tadbirkor va 2 ta masʼuliyati çeklangan jamiyat taşkil etildi hamda 12 ta yangi iş örni yaratildi.
Yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Şerzod Örozboyev zamonaviy öziga-özi xizmat körsatuvçi avtomobillarni yuviş şoxobçasi faoliyatini yölga qöydi. Şu bilan birga, u parrandaçilik yönalişida ham iş boşlab, mingta jöjani parvarişlamoqda va bu orqali 2 nafar tengdoşining bandligini taʼminladi.
Yoşlar yetakçisi boşçiligida “qizil” toifadagi yoşlar bilan individual işlaş natijasida ularning 4 nafari işga joylaştirildi, 2 nafariga imtiyozli kredit va 1 nafariga yer maydoni ajratilib, ijtimoiy moslaşuviga kömaklaşildi. “Yoşlar daftari”ga kiritilgan 1 nafar talabaning tölov-kontrakt pullari tölab berildi. Mahalladagi 320 dan ortiq yigit-qiz turli sport va fan tögaraklariga jalb etilgan bölib, bir nafar nuroniyga 10 nafar yoşni biriktiriş tizimi jinoyatçilikning oldini olişda öz natijasini bermoqda.
Mahallada yaşovçi intiluvçan yoşlardan yana biri Şerzod Tojimuratov hokim yordamçisi kömagi bilan 50 million sömlik imtiyozli kredit olib, yangi mebel tsexini işga tuşirdi. Natijada, qöşimça 2 ta yangi iş örni yaratilib, yoşlar bandligiga munosib hissa qöşildi.
Hududdagi 792 ta xonadondagi 121,5 gektar yer maydonlarida turli qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirilmoqda. Özini özi band qiliş dasturlari orqali 140 nafar fuqaro rasmiy röyxatdan ötib, mehnat stajiga ega böliş imkoniyatini qölga kiritdi. Işsizlikning oldini oliş maqsadida 32 nafar fuqaro kasb-hunarga öqitilib, 3 nafariga turli faoliyatlar uçun davlat tomonidan subsidiyalar berildi.
Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va ularning ijtimoiy faolligini oşiriş mahalla xotin-qizlar faolining doimiy diqqat markazida. Mahallada yaşovçi işbilarmon ayollardan biri Malika Yöldoşeva mahalla hududida non va non mahsulotlari işlab çiqariş tsexi faoliyatini yölga qöyib, aholi dasturxonini issiq non bilan taʼminlab kelmoqda hamda 4 nafar xotin-qizni doimiy iş bilan band qildi.
Joriy yil boşida 265 ta xonadon uçun individual reja işlab çiqilib, ehtiyojmand xotin-qizlarga manzilli yordam körsatildi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 29 nafar işsiz ayolning 17 nafari iş bilan taʼminlandi, 7 nafari esa tikuvçilik kurslarida öqitilib, maxsus sertifikatlarga ega böldi. Bundan taşqari, 32 nafar ruhiy qöllab-quvvatlaşga, 1 nafar jarrohlik amaliyotiga muhtoj hamda 57 nafar huquqiy yordam söragan ayollarga zarur kömaklar berilib, ularning 25 nafariga bevosita yuridik yordam körsatildi. Şuningdek, 1 nafar ayolga 10 million söm kredit berilib, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişiga kömaklaşildi.
Mahallada ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlari, jumladan, nogironligi bölgan şaxslar va yolğiz keksalarga tizimli yordam körsatib kelinmoqda. Xususan, 2 nafar fuqaroning nogironligini belgilaş böyiça tibbiy köriklar taşkil etildi, xasta fuqarolarga 1 ta nogironlik aravaçasi, 1 ta hassa va közi ojizlar uçun 1 ta maxsus tayoq yetkazib berildi. Özgalar parvarişiga muhtoj 3 nafar yolğiz keksaga assistentlar biriktirilib, ularning kundalik yumuşlarida doimiy kömak berilmoqda.
Moddiy yordam yönalişida 60 ta kam taʼminlangan oilaga bolalar nafaqasi, 2 ta oilaga boquvçisini yöqotganlik nafaqasi tayinlandi. Ayollar jamğarmasi hisobidan 19 nafar ehtiyojmand ayolga 1 million 360 ming sömdan, qaramoğida nogironligi bölgan farzandi bor 19 nafar onaga esa bazaviy hisoblaş miqdorining 9 baravari miqdorida 1-martalik moddiy yordam pullari ajratildi. Şuningdek, tazyiq va zöravonlikka uçragan 2 nafar ayolga masʼullar tomonidan psixologik va yuridik maslahatlar berildi. Ota-onasi çet elga işlaş uçun ketgan 2 ta oiladagi bolalarga vasiylik tayinlaş çoralari körildi.
Hududdagi 12 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasi mahallaning asosiy iqtisodiy ösiş drayveri sifatida xizmat qilmoqda. Soliq xodimi tomonidan olib borilgan işlar natijasida mol-mulk va yer soliqlaridan salkam 380 million söm mablağ undirilib, mahalla byudjetiga tuşgan 10 foiz mablağ hudud infratuzilmasini yaxşilaşga yönaltirildi.
Profilaktika inspektorining saʼy-harakatlari va jamoatçilik vakillarining hamkorligi natijasida joriy yilning birinçi yarmi davomida mahalla hududida birorta ham jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmadi.
Xulosa qilib aytganda, Qizilçoli mahallasida faoliyat yuritayotgan “yettilik” vakillari xalq bilan davlat örtasidagi mustahkam köprikka aylanib, fuqarolarning tinç va farovon hayot keçirişi, hududning har tomonlama rivojlanişi yölida samarali xizmat qilmoqdalar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶