22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 14:49
Jamiyat 👁 3,920

Qoraqalpoq xalqining nomoddiy madaniy merosi: Xalq amaliy sanʼati

Qoraqalpoq xalqining nomoddiy madaniy merosi:  Xalq amaliy sanʼati

Qoraqalpoq xalqining madaniyati ildizlari juda teran va boy tarixga ega. U turli xalqlarning  madaniy anʼanalarining qorishmalarini ham oʻz ichiga oladi. Xalqining oʻziga xos turmush tarzi, urf-odatlari asrlar davomida rivojlanib, sayqallanib keldiki, boshqa xalqlar madaniyatlaridan noyob xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

Qoraqalpoq xalqining nomoddiy madaniy merosi haqida gapirganimizda eng avvalo, yuksak taraqqiy etgan folklorini – xalq ogʻzaki ijodi va xalq musiqasini esga olish lozim. Shuni alohida taʼkidlash joizki, hozirgi kunda qoraqalpoq ijodkorlari tomonidan toʻplab, nashr etilgan qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodi  namunalarining yuzinchi tomi oʻquvchilar hukmiga havola etilganiga bir necha yil boʻldi. Dostonlar, baxshilar tomonidan oʻziga xos uslubda kuylanib kelinayotgan, qoʻshiqlar, termalar, ertaklar va turli marosimlarga xos yigit-qizlarning aytishuvlari munosib joy olgan toʻplamning qaysi birini oʻqib koʻrsangiz ham qoraqalpoq xalqining yuksak aql-zakosiga, tafakkur olamining kengdigiga soʻzga chechan, tili boyligiga amin boʻlasiz. Xalq musiqalari ham ohanglari betakrorligi, koʻngilga yaqinligi bilan diqqatga sazovordir.

Qoraqlalpoq xalqining nomoddiy madaniy merosi shu qadar noyob va oʻziga xos tarixga ega. Turmush taqozosiga muvofiq dunyoga kelib, asrlar davomida shakllanib, sayqallanib, noyob hunar sifatida qadrlanib kelgan kulolchilik ham qadim tarixga ega. Hatto kulolchilik, gilamdoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi shu qadar rivojlanganki, qoraqalpoq zaminidagi eng qadimiy shaharlar (Xoʻjayli, Toʻrtkoʻl, Shobboz, Chimboy)da bu hunar egalari maʼlum bir hududda yashashgan. Ular yashagan hudud yo koʻcha ham shu hunarmandlar nomi bilan kulolchilar, gilamdoʻzlar yo naqqoshlar koʻchasi deb atalgan.

Yurtimizda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan kulolchilik osori-atiqalari bu hunarning kelib chiqishi olis tariximizga taalluqli ekanidan dalolat beradi.

Shuningdek, qadimiy xalq gilamdoʻzlik anʼanalari koʻp avlodlarning ixtirochilik urinishlari natijasida rivojlanib, nihoyatda uzoq va keng ildizlarga ega. Qishloq joylarida asosan ayollar tomonidan uyda toʻqilgan gilamlar oddiy, lekin mukammal texnikada ishlab chiqilganligini anglatadi, shu tariqa ranglar, shakllar, nozik naqsh kombinatsiyalariga ega.

Istiqlol yillarida yurtimizda milliy hunarmandchilik taraqqiyotiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli yogʻoch oʻymakorligi sanʼati ham jadal rivojlanmoqda. Usta-hunarmandlar tomonidan yuksak did va mahorat bilan tayyorlanayotgan bir-biridan bejirim va betakror mahsulotlar nainki yurtimiz, balki xorij davlatlarida ham yuqori baholanayapti.

 Yogʻoch oʻymakorligining shuhrati hech qachon susaymagan. Oʻsimliklarga oid naqshlar orqali har qanday yuzani bezash anʼanaviy yogʻoch oʻymakorlik sanʼatining eng mashhur turidir. Oʻymakorlikda koʻproq chinor, tut, yongʻoq, qayragʻoch, olcha yoki oʻrikdan foydalanilar edi.

Istiqlol yillari yurtimizda xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼati yanada rivoj topdi. Avloddan avlodga, ustadan shogirdga oʻtib kelayotgan milliy hunarmandchiligimizning baʼzi unutilgan turlari qayta tiklanib bormoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 30-martda qabul qilgan «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi Farmoni bu borada muhim dasturulamal boʻlmoqda. 

Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan uch yuzdan ziyod hunarmandning 25 foizini yoshlar, 50 foizini ayollar tashkil etadi. Ular yurtimizda va xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan turli tanlov va festivallarda faol qatnashib, milliy madaniyatimizni keng targʻib etishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. 

Qoraqalpoq xalqining nomoddiy madaniy merosi bugungi avlod vakillari tomonidan qadrlanib, rivojlantirilib kelinayotgani bejiz emas.

(Foto - http://www.uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026