QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI ÖQITUVÇISI OLIMJON YuSUPOV ÇOYKÖLLIK YoŞLAR UÇUN MAHORAT DARSLARI TAŞKIL ETDI
Mamlakatimizda iqtidorli, bilimdon yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ayniqsa, intiluvçan, ijodkor yoşlarning alohida qobiliyatlarini yuzaga çiqarişlari uçun şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli köplab yoş iqtidor egalari şakllanib, ular orasidan badiiy hunarmandçilik, rassomlik yönalişlari böyiça yetuk mutaxassislar yetişib çiqmoqda. Bu borada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Sanʼatşunoslik kafedrasi ilmiy jamoasi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar alohida eʼtibor va eʼtirofga munosib.
Mazkur fakultet talabalari iştirokidagi ilmiy-nazariy va amaliy maşğulotlar, Respublika tumanlaridagi iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida olib borilayotgan mahorat darslari izlanuvçan, ijodkor yoşlarni kaşf etiş imkonini bermoqda.
Yaqinda Amudaryo tumani Madaniyat bölimi tasarrufidagi Çoyköl ovuli hududida joylaşgan 36-sonli Amudaryo madaniyat markazida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş, ilmiy örganiş va tarğib qilişni rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 405-sonli Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida universitetning Sanʼatşunoslik kafedrasi öqituvçisi Olimjon Yusupov rahbarligida mahorat darslari taşkil qilindi.
Tadbir jarayonida Sanʼatşunoslik fakultetining amaliy sanʼat (badiiy kulolçilik), tasviriy sanʼat va liboslar dizayni yönalişlarida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy işlari böyiça körgazmalar taşkil qilindi. Körgazmalar bilan tanişgan çoyköllik yoşlarga Olimjon Yusupov universitetning Sanʼatşunoslik fakulteti va uning bitiruvçilari erişayotgan yutuqlar, xususan, xalqaro miqyosdagi körik-tanlovlardagi sovrindorlar, dizaynerlar va ularning muvaffaqiyatlari xususida batafsil maʼlumotlar berdi.
Şundan söng Olimjon Yusupov amaliy sanʼat, tasviriy sanʼat va liboslar dizayni yönalişlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan birgalikda çoyköllik yoşlar uçun mahorat darslarini ötkazdi. Mahorat darslari davomida uçta asosiy yönaliş böyiça amaliy maşğulotlar taşkil etilib, har bir yönaliş yuzasidan yoşlardan tuşgan savollarga javoblar berib borildi.
Amaliy dars-maşğulotlari badiiy kulolçilik, rassomlik va liboslar dizayni yönalişlariga qiziquvçi yoşlarning zarur maʼlumot va tuşunçalarga ega bölişlarida muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir davomida mahorat darslarida iştirok etgan yoşlar uçun Amudaryo tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş qilindi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶