22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 16:55
Jamiyat 👁 5,209

BAFRIKENGLIK TAMOYILI ASOSIDA

BAFRIKENGLIK TAMOYILI ASOSIDA

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan buyon oʻtgan yigirma besh yil mobaynida yurtimizda tom maʼnoda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yoʻlida amalga oshirilgan islohotlarning samarasi ayniqsa, salmoqli boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 12-oktyabrda «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida»gi Qarorining qabul qilinganligi respublikamizda sud-huquq islohotlari, jinoiy jazolarni liberallashtirish izchillik bilan amalga oshirilayotganligining yaqqol namunasidir.

Amnistiya aktining birinchi bandida insonparvarlikning kechirimlilik ifodasi birinchi galda toʻrt toifadagi shaxslarga, xususan, yoshidan qatʼiy nazar ayollarga, jinoyat sodir etgan vaqtda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, ushbu amnistiya akti kuchga kirgunga qadar oltmish yoshga toʻlgan erkaklarga hamda chet el fuqarolariga, yaʼni ular huquqlari himoyasiga qaratilgan boʻlib, sodir etgan jinoyati uchun sudlangan bu shaxslarning jazodan ozod qilinishi koʻzda tutilgan.

Ushbu qarorda shaxsga amnistiya aktini qoʻllab, uni jazodan ozod etishda qonunchilik nuqtai nazaridan uchta asos, aniqrogʻi, holat nazarda tutilgan. Birinchisi – mazkur normaning birinchi marta hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq qilinishi boʻlsa, ikkinchisi – Jinoyat Kodeksining 15-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan oʻta ogʻir jinoyatni qasddan sodir etmagan shaxslarga nisbatan qoʻllanishi, uchinchisi – ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolardan ozod etish nazarda tutilganligidir.

Amnistiya aktining 2-bandiga asosan ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan barcha shaxslar, shu jumladan, yoshlar, shuningdek, garchand qasddan sodir etilgan boʻlsa-da, biroq Jinoyat Kodeksining 15- moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki Jinoyat Kodeksining 15-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir qilganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslarni, shu jumladan, yoshlarni tayinlangan jazo turi va miqdoridan qatʼiy nazar jazodan ozod qilish nazarda tutilgan.

Umumiy qoidaga koʻra, amnistiya akti, u chiqarilgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan tatbiq etiladi. Amnistiya akti uzoqqa choʻzilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan, agar jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil etuvchi barcha harakatlar amnistiya akti kuchga kirgunga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, tatbiq etiladi. Amnistiya akti asosida shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan ozod etish davlat tomonidan uning jinoyatini emas, balki oʻzini kechirishdir.

Amnistiya haqidagi akt u yoki bu jinoyat uchun javobgarlikni belgilash haqidagi qonunni, shuningdek, sudning maʼlum bir ish yuzasidan chiqargan hukmini oʻzgartirmaydi yoki bekor qilmaydi. Amnistiya aktiga asosan aybdor shaxsning sud tomonidan toʻliq yoki qisman jazodan ozod etilishi yoki hukm bilan tayin etilgan jazosi yengilroq jazoga almashtirilishi kabi holatlar zamirida shaxsning axloqan tuzalish yoʻliga kirib, bundan keyin jinoyatga qoʻl urmaydi, degan mazmun nazarda tutilganligi bois, kechirimlilik, muruvvat hamda bagʻrikenglik yoʻlini tutish oʻzini batamom oqlashiga ishonchimiz komil.

S.DAVLETMURATOV,

jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

(Foto - gazeta.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026