Çigit ekiş işlari zamonaviy texnologiyalar asosida, qatʼiy nazorat ostida amalga oşirilmoqda
Qişloq xöjaligi sohasida yuqori samaradorlikka erişiş, yer resurslaridan unumli va oqilona foydalaniş, şuningdek, aholi farovonligini taʼminlaş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Ayniqsa, mamlakatimizda paxtaçilik yönalişida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, ilğor agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etiş va zamonaviy klaster tizimi asosida faoliyat yuritiş uşbu sohaning mutlaqo yangi bosqiçga kötarilişiga mustahkam zamin yaratmoqda. Şu bilan birga qişloq xöjaligida, xususan, paxtaçilik tarmoğida ilm-fanning sönggi yutuqlariga tayaniş, eng zamonaviy va tejamkor agrotexnologiyalardan foydalaniş, ortiqça xarajatlarni keskin kamaytiriş hamda dehqon va fermerlarning real daromadini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.
Yurtimiz dalalarida bahor nafasi kezayotgan, tabiat uyğonib, tuproq tobga kelgan ayni aprel oyining iliq kunlarida Amudaryo tumanidagi barça fermer xöjaliklarida ham joriy yilgi paxta hosili uçun çigit ekiş işlari jadal surʼatlarda, uyuşqoqlik bilan olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarning borişi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi Amudaryo tuman bölimi mutaxassislari va inspektorlari tomonidan kunlik qatʼiy nazoratga olingan.
Aytiş joizki, joriy yilda tumandagi mavjud 335 ta fermer xöjaligi va boşqa qişloq xöjaligi subʼektlari tomonidan jami 13 ming gektar unumdor yer maydoniga çigit ekilişi rejalaştirilgan. Eʼtiborga molik va muhim jihati şundaki, uşbu maydonlarning 6230 gektarida serhosil xorijiy navli çigitlar, qolgan 6770 gektarida esa özimizning mahalliy iqlim şaroitlariga moslaşgan, sinalgan mahalliy ğöza navlari ekilişi möljallangan. Xorijiy va mahalliy navlarning bunday mutanosiblikda tanlanişi va uyğunlikdagi ilmiy yondaşuv kelgusida hosilning ham sifat, ham hajm jihatidan keskin oşişiga, tolaning jahon bozoridagi raqobatbardoşligini taʼminlaşga xizmat qilişi kutilmoqda. Zamonaviy texnika va texnologiyalarning dalalarga kirib kelişi esa dehqonlarning oğirini yengil qiliş bilan birga, iş unumdorligini karrasiga oşirmoqda.
Qiliçboy ovuli hududidagi “Şirin buloq” fermer xöjaligida bu yilgi mavsumda 20 gektar yer maydoniga çigit qadaş rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda xöjalik dalalarida eng sönggi rusumdagi zamonaviy texnika va agregatlar yordamida, şuningdek, inson omili kamaytirilgan holda, yaʼni avto boşqaruv tizimi asosida çigit ekiş işlari muvaffaqiyatli olib borilmoqda.
Xuddi şunday ilğor tajribani Örta Qala ovuli hududida faoliyat yuritayotgan “Ermanov Örazboy” fermer xöjaligi misolida ham kuzatiş mumkin. Mazkur xöjalikning 54 gektar yer maydoniga çigit ekiş rejalaştirilgan bölib, bu yerda ham işlar töliq zamonaviy texnikalar va yuqori aniqlikda işlaydigan avto boşqaruv tizimidagi agregatlar yordamida amalga oşirilmoqda. Uşbu smart-texnologiyalar uruğning bir tekisda, belgilangan çuqurlik va masofada qadalişini taʼminlab, kelgusida nihollarning bir tekis unib çiqişiga zamin yaratadi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, uşbu öta masʼuliyatli va tiğiz mavsum oldidan tumandagi barça qişloq xöjaligi texnikalari va agregatlari töliq körikdan ötkazilib, şay va tayyor holatga keltirilgan. Jarayonda jami 150 ta seyalka uzluksiz işlamoqda. Ularning tarkibida zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, köp funktsiyali Şinjon usulidagi 34 ta seyalka, 8 ta qöş qatorli, 30 ta yakka qatorli seyalkalar mavjud. 78 ta eski rusumdagi seyalkalar esa bugungi talablar darajasida modernizatsiya qilingan. Hozirda uşbu barça texnika va agregatlar soz holatda işga tuşirilgan bölib, çigit ekiş kampaniyasida faol iştirok etmoqda. Texnikalarning uzluksiz işlaşi esa masʼuliyatli pallada vaqtdan unumli foydalaniş va namlikni qoçirmasdan uruğ qadaşga imkoniyatini yaratadi.
Albatta, har bir qadalgan uruğdan möl hosil oliş köp jihatdan agrotexnik qoidalarga qançalik töğri amal qilinişiga boğliq. Şu boisdan ham, tumanda çigit ekiş işlarining har bir bosqiçi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi xodimlari tomonidan tizimli va qatʼiy nazorat qilib borilmoqda. Ularning saʼy-harakatlari natijasida barça agrotexnik tadbirlar, yerni tayyorlaşdan tortib çigitni yerga qadaşgaça bölgan jarayonlar belgilangan qatʼiy talab va meʼyorlarga töliq rioya etilgan holda, eng yuqori sifat darajasida amalga oşirilmoqda.
Uşbu jarayonlarda fidokorona mehnat qilayotgan dehqonlar va mutaxassislarning maqsadi bitta, u ham bölsa el dasturxoni tökinligi va mamlakat iqtisodiyoti rivoji uçun özining munosib hissasini qöşişdir. Şunday ekan, dalalarimizda tunu kun ter tökayotgan barça fermer xöjaliklari aʼzolariga va agrar sohada mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoşlarimizga uşbu masʼuliyatli mavsumda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶