22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 14:07
Jamiyat 👁 2,191

Eldan hayo koʻtarilmasin!

Eldan hayo koʻtarilmasin!

"Nikohning birinchi kechasi avaxtada oʻtdi”. Eski gazetalar taxlamlarini koʻrib oʻtirganimda ushbu sarlavha diqqatimni tortdi va maqolani oʻqishga tushdim. Unda bayon qilinishicha, AQShning Vashington shtatida yangi kelin nikohining ilk kechasini qamoqxonada oʻtkazgan. Bunga uning kuyov bilan nikohdan oʻtib, bir-biriga sodiq qolish uchun qasamyod qilganligini nishonlash uchun uyushtirilgan bazmda ichkilikdan kayfi oshib qolib, kuyovga tashlangani va qoʻlini tishlab olgani sabab boʻlgan.

Politsiya xodimlari buni zoʻravonlik va tan jarohati yetkazish, deya baholashgan va garchi  kuyov jarohatini yashirishga urinsa-da, kelinni hibsga olishgan.

Biz bunday sogʻlom turmush tarziga va milliyligimizga yot illatlar  haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabardormiz. Har gal yuqoridagiday, bizning turmush tarzimizga yot voqealar haqida oʻqiganimizda "Astagʻfurulloh”, deb qoʻyamiz. "Ilohim, bizdan yiroq boʻlsin”, deya tilaymiz. Ammo tilakka qarshi bugungi globallashuv jarayoni, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining turmushimizdan tobora chuqur  joy olayotgani yoshlarning dunyo voqealaridan xabardorligini oshirib, baʼzi zamondoshlarimizning ulardan koʻr-koʻrona qisman boʻlsa-da, andoza olishiga sabab boʻlayotir.

Hozir toʻy-bazmlarga borsangiz, baʼzi  ayollar, erkaklar va hatto yoshlar ham bemalol spirtli ichimliklar isteʼmol qilayotganini koʻrishingiz mumkin. Goʻyoki bu hech ayb, uyatli ish emasdek. Ichkilik kishining aql-shuurini yemirishini, mast odam oʻz-oʻzini idora qila olmay, jinoyat, notinchliklar keltirib chiqarishga moyil boʻlishini nahot ular anglamasa?..

Yoxud aynan shunday joylarda katta-yu kichikning, ota-bola, qaynona-kelin barchasining jazavaga tushib, raqs tushayotganini koʻrish mumkin. Koʻcha-koʻyda yoshlarning qoʻltiqlashib, ayol-qizlarning qomatini koʻz-koʻz qiluvchi kiyimlarda yurishiga koʻzimiz oʻrganib ham borayapti.

Mohiyatan dilni xira qiladigan voqealarga tez-tez duch kelamiz.

... Oʻtgan yil bahorining oxirgi kunlaridan biri edi. Tor kofta va shim kiygan 35-40 yoshlar atrofidagi ayol koʻp qavatli uylar yonidagi oziq-ovqat doʻkonida navbatiga qaramay, zaruratini bitirib ketishga oshiqayapti:

– Iltimos, singlim, menga ikki non va qaymoq berib yuboring!

– Menga qarab yuboring!

Sotuvchi qiz uning soʻzlariga "hozir, hozir”, deganicha navbati kelgan odamga xizmat qilaveradi.

Ayol bezovtalanib u yoq-bu yoqqa yurgan boʻladi-da yana sotuvchi qizga iltimosini eslatadi. Shu payt uning qoʻlidagi telefoniga qoʻngʻiroq keldi.

– Ha, – javob berdi ayol. – Turdingmi, qizim? Choy qoʻyib tur, hozir issiq non, qaymoq olib boraman.

 U yoqdan norozi ovoz eshitildi:

– Tez boʻling, doim shunday qilasiz, mashgʻulotga kechikama-a-a-n.

Ayol "hozir , hozir” – deganicha xaridini olib, doʻkondan shoshib chiqib ketdi. Sotuvchi qiz uni tanirkan shekilli, orqasidan:

– Ana, oʻn besh yashar qizning holi. Nega choyim tayyor emas, deb onasini yozgʻirayapti, vaqt esa tushlikka yaqinlashdi,  – dedi istehzo bilan.

Ayolning nega navbatda turgan odamlardan oldin savdosini qilib ketishga uringani doʻkondagilarga ayon boʻldi.

– Zarur ishim bor edi, desa ishonibman. "Zarur ishi” shu qiz ekan-da, – dedi oʻrta yashar kishi.

– Onasiyam qiziga mos ekan oʻzi, kap-katta ayolning kiyinishini qarang, – deya keksa onaxon uning orqasidan qarab, bosh chayqab qoldi.

Keyingi vaqtlarda turmush sharoitimiz yaxshilangani sayin  ayrim kimsalarning biroz yalqov boʻlib borayotgani bor gap. Biroq tuyaning yuki yengil boʻlsa, yotogʻon keladi, deganlariday, oʻsmir-yoshlar orasida ota-ona gʻamxoʻrligining, mehnatining qadrini bilmaydigan, aksincha, battar taltayadigan uyatsiz, xudbinlar koʻpayib ketayapti.

Bundan ham achinarlisi, hayotga yengil-yelpi qarash kuchayib, uyat, hayo, nomus kabi axloqiy qadriyatlarimiz darajasiga koʻtarilgan yuksak insoniy fazilatlarga putur yetayotganidir.

Yaqinda bir toʻyda "hurmatli” kecha malikasi – kelin-poshshaning tashlab ketgan yigiti joʻralari bilan sochini qirtishlab oldirib, dadillik  uchun "otib” ham olib, sobiq qayligʻini tabriklash uchun toʻyiga tashrif buyurgan. Davraboshi uning talabiga binoan "kelinning doʻsti”, – deya unga tabrik soʻzi bergan. Uning poyintar-soyintar soʻziga, aftodahol yurishiga kim tushunsa, kim tushunmagan.

Naqadar bemaʼnilik! Shunday emasmi? Bu qiligʻi bilan u nima demoqchi boʻlganini, yigitlik gʻururi, shaʼnini oyoqosti qilganini oʻzi bilmasa kerak-ov? Aks holda unday qilmagan boʻlardi. Eng achinarlisi, besh-olti joʻrasining "qoʻy”, deyish oʻrniga shu ishga bosh qoʻshib kelganidir. Ularning orasida nahot bir esli-hushlisi boʻlib, oʻzimizni-oʻzimiz sharmanda qilmaylik, kelinning shaʼnini oʻylaylik, deyishga aqli yetmagan boʻlsa?

Bola tarbiyasiga masʼul insonlar – eng avvalo, ota-onalar oʻsib kelayotgan farzandga odob-axloqni, ibo-hayoni, kiyinish, umum orasida oʻzini tutish, muomala madaniyatini juda yoshligidan oʻrgatib, shuuriga singdirib borishlari kerak. Jamiki insoniy fazilatlar tamal toshi, poydevori farzand tugʻilganidan boshlab, oilada qoʻyiladi. Poydevori mustahkam boʻlmagan imorat ham mustahkam boʻlmaganidek, oilada dastlabki tarbiya yaxshi boʻlmasa, uni maktab, jamoatchilik toʻgʻri yoʻlga solmogʻi mushkul.

Afsuski, keyingi vaqtlarda ayol-qizlarning pul topish maqsadida bozorma-bozor yurishlari, hatto yillab oilasidan uzoqda, chet davlatlarda ishlashlari ularning tabiatida milliy mentalitetimizga xos boʻlmagan odatlarning shakllanishiga sabab boʻlayotir. Aytaylik, oʻta tor, kalta kiyimlar kiyish, erkaklardan iymanmay, oʻzini erkin qoʻyib muomala qilish, oʻzbek ayollariga xos boʻlmagan andishasizliklar shular jumlasidandir.

Umumtaʼlim muassasasi rahbari boʻlib ishlaydigan ayol afsuslanib, shunday deb qoldi:

– Zarurat yuzasidan buyum bozoriga tushib, koʻrganlarim aqlimga sigʻmay keldim. Oʻrta  yoshlardagi ayol bilan kelini shosha-pisha koʻylak tanlashayapti. Sotuvchi qiz ularga mos kelguday koʻylaklarini birin-ketin koʻrsatayapti. Ishonsangiz, doʻkon toʻridagi tor, yupqa parda bilan toʻsilgan burchakda qaynona-kelin birgalikda yechinib, goh u, goh bu koʻylakni kiyib koʻrishayapti. Sotuvchi qizga aytganlaridan anglashimcha, yaqin qarindoshining toʻyiga yangi koʻylakda borishmoqchi ekan. Mayli, choʻntagi koʻtargan odam yangi kiyim olaveradi. Biroq menga taʼsir qilgani, qaynona-kelinning bir-birining oldida qayta-qayta yechinib, kiyingani boʻldi. Nahot qaynona-kelin bir-birining oldida yalangʻochlanib, kiyinib-yechinishi uyat ekanligiga  aqli yetmasa? Yana ikkovi ham kalta, badanini koʻz-koʻz qilib turadigan tor koʻylaklarni  koʻrishayapti. Umuman hozir birovning oldida kiyinib-yechinish uyatli ish emasday  boʻlib borayotgani kishini oʻylantiradi.

Hayo, ibo, andisha insoniy fazilatlarning eng sarvaridir. Hazrat Navoiy bobomiz "Hayratul - abror” dostonida xalq uchun mansab emas, aynan hayo va odob sharafliroq ekanligi haqida yozgan.

"Hayo – iymondandir”, deyiladi muqaddas hadisi sharifda. Bas, shunday ekan, har bir ota-ona farzandlari tarbiyasida hayo, uyatni tarbiyalashga alohida eʼtibor bermogʻi, butun oila aʼzolari yigʻilib, turli maqbul-nomaqbul seriallarni koʻrgandan koʻra, ularning aqlini oʻstirib, tafakkur olamini kengaytiradigan, yaxshi-yomonni farqlashga oʻrgatadigan kitoblarni olib berib, mutolaa qilishlarini nazorat qilishi, kitobdan olgan taassurotlari haqida erinmay suhbatlashishlari lozim. Behayolikka, xudbinlikka qarshi kurashning eng maqbul yoʻli – yaxshi tarbiya berishdir.

Oygul RAJABOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026