OŞKORALIK, XOLISLIK, ADOLAT – BOŞ MEZON
Joriy yilning may-iyun oylarida bölib ötadigan fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilari saylovi – muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonga tobora yaqinlaşmoqdamiz. Biz fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi raisi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi R.Rözmetovga saylovga oid bir neça savollar bilan murojaat qildik. Quyida uşbu suhbatni eʼtiboringizga havola qilamiz:
- Rustam Qöziboyeviç, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovida fuqarolar qanday huquqlarga ega ekanligini bilişi albatta muhim. Şunday emasmi?
- Albatta! Şu yerda men avvalo mamlakatimizda saylovning oşkoralik, xolislik va adolat tamoyillari asosida ötişini taʼminlaydigan qonuniy asoslar yaratilganini taʼkidlaşni istar edim. Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovida fuqarolarimiz "Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida körsatilganidek, iştirok etişi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda iştirok etişga yoki iştirok etmaslikka majbur qiliş maqsadida, şuningdek ularning öz xohiş-irodasini erkin bildirişiga taʼsir körsatişga heç kim haqli emas. Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilarini saylaş huquqiga saylov kuni ön sakkiz yoşga tölgan hamda tegişli hududda doimiy yaşovçi fuqarolar ega. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar esa bundan mustasnodir.
- Saylov qanday printsiplar asosida ötkaziladi?
- Mazkur Qonunning 5-moddasiga muvofiq saylovni taşkil etiş va ötkaziş oçiq va oşkora amalga oşiriladi. Saylov taşkil etilayotganda hamda ötkazilayotganda fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğini) ötkaziladigan sana, vaqt va joy töğrisida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz beriş yakunlari töğrisida xabardor qilinadi. Jarayonning borişi ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Şuningdek, fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovi mazkur lavozimlarga ikki yoki undan köp nomzod körsatilgan holda amalga oşiriladi. Saylovda fuqarolarimiz jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, teng saylov huquqiga ega ekanligi yuqorida tilga olingan qonunning 7-moddasida belgilab qöyilgan.
- Rustam Qöziboyeviç, tumanimiz ahlini albatta, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qöyiladigan talablar qiziqtirişi tabiiy. Demoqçimanki, bu masʼuliyatli lavozimga kimlarning nomzodi qöyilişi mumkin?
- Nomzodlar Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölişi, oliy maʼlumotga ega, saylovga qadar kamida beş yil tegişli hududda doimiy yaşayotgan bölişi, taşkilotçilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat taşkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boşqa xöjalik faoliyati sohasida iş tajribasiga va aholi örtasida obrö-eʼtiborga ega şaxs bölmoği lozim.
Yana şuni qöşimça qilmoqçimanki, fuqarolarimiz fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari sayloviga – muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonga befarq qaramasligi, eng munosib kişilarning nomzodi körsatilişi va saylanişida faollik körsatmoği lozim.
- Endi suhbatimizni bevosita saylov jarayoni haqida davom ettirsak.
- Fuqarolar yiğini oqsoqolini va uning maslahatçilarini saylaş oçiq yoki yaşirin ovoz beriş orqali amalga oşiriladi. Oçiq ovoz beriş orqali ötkazilayotganda ovoz beriş alifbo tartibida har bir nomzod böyiça qöl kötariş yöli bilan ötkaziladi.
Fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlar böyiça ovoz beriş ötkazilganidan söng, uning maslahatçilari lavozimiga nomzodlar alifbo tartibida ovozga qöyiladi.
Ovoz beriş tugaganidan söng ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan har bir nomzod böyiça sanab çiqiladi va ovoz berişda iştirok etgan fuqarolarning yarmidan köpining ovozini olgan nomzod fuqarolar yiğini raisi yoki uning maslahatçisi lavozimiga saylangan deb hisoblanadi. Agarda saylovda fuqarolar yiğinida iştirok etuvçilar röyxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamroği iştirok etgan bölsa, saylov ötmagan deb topiladi.
Mabodo ikki nafardan ortiq körsatilgan nomzodlarning birontasi ham saylanmagan bölsa, fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) eng köp ovoz olgan ikki nomzod böyiça takroriy ovoz berişni ötkaziş töğrisida qaror qabul qiladi.
Qisqa qilib aytganda, oldimizda juda masʼuliyatli jarayon turibdi. Saylovni yuqori saviyada ötkaziş, eng munosib nomzodlarning fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari lavozimiga saylanişi – fuqarolarimizning siyosiy savodxonligi va faolligiga ham köp jihatdan boğliq. Tumanimiz xalqi özlarining bu fuqarolik burçini töla anglab, saylovning uyuşqoqlik bilan oşkoralik, xolislik, adolat tamoyillari asosida ötişiga hissa qöşadilar, deb umid qilaman.
- Mazmunli suhbatingiz uçun rahmat!
Oygul RAJABOVA suhbatlaşdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶