JANNATIMSIZ, ONAJON
Ona! Bu zotga taʼrif berishga soʻz mulki ojizday. Ona oʻz bolasi uchun jonini berishga ham tayyor. Ammo biz farzandlar baʼzida oʻylamay onamiz qalbiga ozor berib qoʻyamiz. Onamiz shunda ham bizlardan hech ham xafa boʻlmaydi. Ammo bizchi, biz?
Onalarimiz bizga bor shirin soʻzlarini aytib, bor mehrini berib ulgʻaytiradi. Bolam yesin, bolam kiysin, deb yelib-yuguradi. Issiqni issiq demay, sovuqni sovuq demay, tinim bilmay ishlashadi. Ammo shunda ham hech narsaga qanoatlanmaymiz. Ota-onamizning qiyinchiliklar bilan topayotgan pullarini gohida biz bir kunda osongina havoga sovurib yuboramiz. Endi anglab yetdimki, mening bu dunyodagi eng katta baxtim – bu onamning borligidir. Men onamni juda qattiq yaxshi koʻraman. Onam ham bizlarni yaxshi koʻradi.
Onajon! Sizning menga bergan mehringizni faqat el-yurtga korim tegadigan farzand boʻlib, oʻqib bilim olib Vatanim, oilam, mahallam faxrlanadigan inson boʻlib oqlashga intilaman. Mening eng katta tilagim – bu sizning oldimizda doim sogʻ-salomat yurishingizdir. Sizning birgina shirin soʻzingiz mening bir umrlik hayotim mazmunidir. Boringizga shukur, bebahosiz, jannatimsiz onajon! Siz chindan-da, dunyodagi eng aziz insonimsiz!
Qunduzoy AHMEDOVA,
31-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶