38-sonli maktabda “Onajonlar bayrami” deb nomlangan madaniy tadbir ötkazildi
Çaqaloqlarning tili “Ona” sözi bilan çiqişi heç kimga sir emas. Bu avval homilani jismida, söng qölida kötarib, oyoqqa qöyguniça ne bir zahmatlarga ham çidab, heç oğrinmay farzand tarbiyalaydigan buyuk zot – onalarning fidoyiligi uçunmikan? Ona nainki bolasi özini tutib, yurib ketguniça, balki, to umrining oxirigaça oilam, bolam deb yaşaydi, farzandlari mehri, kamolidan kuç olib yaşaydi.
Ana şunday sabri çeksiz, mehri ummon ayollarni eʼzozlaş, hurmatini joyiga qöyiş yurtimizda boqiy qadriyatlardan hisoblanadi.
Umumiy örta taʼlim maskanlarida yoş avlodga ilm bilan birga yuksak tarbiya beriş, ayol-qizlarga, ona yurtga muhabbat, döst-birodarlik tuyğularini şakllantirişga ham alohida eʼtibor qaratiladi.
Amudaryo tumanidagi kimyo-biologiya fanlarini çuqur öqitişga ixtisoslaştirilgan 38-sonli maktabning 1-“v” sinfi öquvçilari iştirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Onajonlar bayrami” deb nomlangan madaniy tadbir ötkazildi.
Tadbir uçun maktab faollar zali bayramona bezatildi va ayol-qizlarni, onalarni şaraflovçi uluğ mutafakkirlarimizning ibratli sözlari yozilgan plakatlar osildi. Öquvçilar çizgan rasmlar ham qöyildi.
Tadbirni maktab direktori Bahrom Boltaboyev oçdi va barça öqituvçini, öquvçi ayol-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qizğin qutladi. Jamiyatimizda, oilalarda ayol-qizlarning tutgan örniga yuksak baho berdi va bayram munosabati bilan taşkillaştirilgan madaniy-musiqiy keçani tomoşa qilişga çaqirdi.
Tadbirga taşrif buyurgan öqituvçilar, öquvçilar, ularning ota-onalari sahnaga 1-“v” sinf öquvçilarining “Onajonimsiz” qöşiğiga raqsi boşlanişini qarsaklar bilan olqişladilar. Ona, ayol, ona Vatan, farzandlik burçi uluğlangan şeʼrlarni ijro etayotgan jajji öğil-qizlar maktabga qadam qöyganidan beri qay darajada savodxon bölganligini ham sahnada namoyiş etdilar.
Mazkur sinf rahbari Muhabbat Allaberganova kömagida şeʼr yodlaş va ifodali öqiş könikmalarini egallagan bolajonlarning öqigan şeʼrlari “Buvijon”, “Köylagim”, “Yulduzçalar” qöşiqlari, raqslar ham barçaga manzur böldi. Şunisi eʼtiborliki, hozirgi kunda mamlakatimiz taʼlim tizimida öquvçilarga xorijiy tillarni örgatiş ilk sinfdan boşlanişi öquvçilarning mazkur tillarni erta özlaştirişlariga zamin bölayotir.
Tadbirda jajji öquvçilar rus tilida şeʼrlar aytib, qöşiqlarga raqsga tuşganlarida bu yaqqol öz ifodasini topganday böldi.
Tadbir oxirida butun sinf öquvçilari “Onajon, yonimda bölsangiz bas” nomli qöşiqni jörovoz bölib ijro etiş barobarida har biri öz onalariga gul sovğa qilişgani barçani tölqinlantirdi. Öquvçilar onalari quvonçdan közlari porlab, sinf rahbari Muhabbat Allaberganovaga rahmatlar aytdilar.
Aslida onaning farzandlarni avaylab parvarişlab voyaga yetkazguniça çekadigan maşaqqatlarining, mehrining qiyosi yöq. Ular doimo eʼzozda, ehtiromda yaşaşga loyiqdir. “Onajonlar bayrami” tadbiri şu maqsadga xizmat qildi desak, adaşmagan bölamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶