16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:15
Jamiyat 👁 3,610

JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING MUROJAATLARI EʼTIBORSIZ QOLMAYDI

JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING MUROJAATLARI EʼTIBORSIZ QOLMAYDI

Istiqlol yillarida mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu borada samarali huquqiy baza yaratildi. Avvalo, Konstitutsiyamizda belgilab berilgan normalar asosida mamlakatimizda inson, uning huquq va erkinliklari, shaʼni hamda qadr-qimmati eng oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi.

Oʻz navbatida fuqarolarimiz ong-tafakkurida yuz berayotgan ushbu oʻzgarishlar va bugun kundalik hayotimizda roʻy berayotgan yangilanishlar milliy qonunchiligimizni zamon talablaridan kelib chiqib takomillashtirib borishni taqozo etayapti.

Xoʻsh, shu paytgacha amalda boʻlgan «Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonun oʻrniga qabul qilingan yangi qonunning yangiligi nimada?

Taʼkidlash lozimki, bugungi kungacha fuqarolar murojaati 2002-yil 13 dekabrda qabul qilingan «Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahriri asosida tartibga solinar edi. Ammo ushbu qonunda yuridik shaxslarning murojaati borasida qoidalar belgilanmagan, shuningdek, elektron murojaatlar ham nazarda tutilmagan edi.

Yangi qonunning maqsadi - fuqarolarning davlat organlariga murojaat etishi tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek, yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy boʻshliqni toʻldirishdan iborat.

5 bob, 31 moddadan iborat «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonunda avvalgi qonunga nisbatan bir qator yangiliklar boʻlib, ular quyidagilarda aks etadi.

Birinchidan, tobora rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlarini taʼminlash, jumladan, yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy boʻshliq toʻldirildi.

Ikkinchidan, mamlakatimizda axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan bogʻliq ravishda keng tarqalayotgan «elektron murojaat» turining huquqiy mustahkamlanishi taʼminlandi.

Uchinchidan, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etishdagi masʼuliyati oshirildi.

Toʻrtinchidan, qonunda amaliyotda duch kelinayotgan takroriy murojaat, murojaatning dublikati, qoʻshimcha murojaatlar masalalariga aniqlik kiritilib, taʼrif berildi va ularni koʻrib chiqishning tartibi belgilandi.       Bu davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqishda huquqni qoʻllashning yagona amaliyotini joriy qilish imkonini beradi.

Qonunning nomi avvalgi qonunga nisbatan birmuncha oʻzgartirildi va kengaytirildi. Bunda xorijiy tajribalar ham oʻrganilib, uning milliy qonunchiligimiz bilan uygʻun, ilgʻor jihatlariga eʼtibor berildi. Qonunda yangi subʼekt - yuridik shaxslar kiritilishini hisobga olgan holda uni amaldagi qonunchilik terminologiyasi bilan muvofiqlashtirib, bir-biriga mutanosib nomlanishi maqbul deb topildi.

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonunda faqat fuqarolar emas, balki yuridik shaxslarning ham murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi. Zero, qonun hujjatlarida faqat fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan edi. Shularni hisobga olgan holda, qonunda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishdagi qonunbuzarlik uchun tegishli maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 43-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

Shu bilan birga, davlat organlari va muassasalari masʼul xodimlarining ham jismoniy, ham yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga boʻlgan eʼtiborini, bu boradagi masʼuliyatini oshirishni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonun ustuvorligini taʼminlashning samarali huquqiy mexanizmlari takomillashuviga, shuningdek, davlat organlari mansabdor shaxslarining fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi masʼuliyatini yanada kuchaytirishning taʼsirchan chorasi yaratilishiga oid gʻoyalari bilan mos ekanligi ham alohida ahamiyatga ega.

Bir soʻz bilan aytganda, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini butun choralar bilan taʼminlashga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar oʻz vaqtida hamda har tomonlama koʻrib chiqilishi uchun javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

E.Tursunov,

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tinglovchisi.

(Foto - http://www.parliament.gov.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026