Yöl harakati xavfsizligi — hayot xavfsizligi: Amudaryoda aholi murojaatlari tinglandi
Bugungi kunda yurtimizda avtomobil yöllaridagi tirbandliklarning oldini oliş, piyodalar va haydovçilar uçun qulay infratuzilma yaratiş, eng muhimi, yöl-transport hodisalariga barham beriş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, rahbarlarning bevosita joylarga çiqib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilişi, ularning dardu taşvişlari va takliflarini tinglaşi sohadagi mavjud muammolarga tezkor yeçim topişda muhim omil bölmoqda. Amudaryo tumanida ötkazilgan navbatdagi sayyor qabul ham aynan ana şu ezgu maqsadlarga — yöllardagi xavfsizlikni taʼminlaş va aholining haqli eʼtirozlariga sabab bölayotgan masalalarni bartaraf etişga qaratildi.
Mazkur tadbir Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği Şerzod Abdunazarov tomonidan ötkazildi.
Oçiq va samimiy ruhda taşkil etilgan qabulda asosiy eʼtibor tuman hududidagi yöllarda yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etiş, avariyaviy holatlarning oldini oliş hamda fuqarolarning sohani takomillaştiriş borasidagi taklif va murojaatlarini örganişga qaratildi.
Muloqot davomida amudaryoliklar özlarini qiynayotgan muammolar va yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş böyiça takliflar bilan faol iştirok etdilar. Xususan, aholi tomonidan bildirilgan eng dolzarb masalalardan biri — bu taʼlim muassasalari, yaʼni maktablar atrofida öquvçilar xavfsizligini taʼminlaş böldi. Fuqarolar maktablar yaqinida transport vositalarining harakat tezligini çeklaşga qaratilgan maxsus belgilarni örnatiş, şuningdek, mahalliy yöllardagi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylariga zamonaviy talablar asosida maxsus qavariq piyodalar yölaklarini quriş taklifini ilgari surdilar. Bu takliflar bolalar va piyodalar xavfsizligini taʼminlaşda nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Sayyor qabulning eng eʼtiborli jihatlaridan biri şunda böldiki, muammolar faqat qoğozda qayd etilibgina qolmay, ularning yeçimi böyiça şu joyning özida amaliy harakatlar boşlandi. Masalan, fuqarolar tomonidan tuman markazidagi bozor atrofida avtotransport vositalarining tirbandligi yuzaga kelayotgani, bu esa aholiga noqulaylik tuğdirayotgani haqida murojaat qilindi. Uşbu murojaatga zudlik bilan munosabat bildirgan boşqarma boşliği Şerzod Abdunazarov vaziyatni bevosita bozor hududiga borib, öz közi bilan örgandi. Vaziyat tahlil qilinib, bozor atrofidagi tartibsizliklarni bartaraf etiş, avtoulovlar va piyodalar harakatini töğri taşkil qiliş maqsadida Yöl patrul xizmati xodimlari aynan şu hududga biriktirildi va ularga qatʼiy topşiriqlar berildi. Bunday tezkor yondaşuv aholi tomonidan iliq kutib olindi.
Şuningdek, uçraşuv davomida tuman yöllaridagi mavjud yöl belgilarini xatlovdan ötkaziş, eskirganlarini yangilaş va zarurat bölgan joylarga yangi belgilar örnatiş böyiça ham masʼullarga aniq körsatmalar berildi. Qabulda kötarilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tuşuntirişlar berilib, amaliy yeçimlar topildi. Vaqt, muddat va mablağ talab etadigan masalalar esa alohida nazoratga olinib, tegişli taşkilot rahbarlariga ijro uçun yönaltirildi.
Amudaryo tumanida ötkazilgan mazkur sayyor qabul yöl harakati iştirokçilari uçun xavfsiz va qulay şart-şaroitlar yaratiş, "Yöl harakati intizomdan boşlanadi" şiorini amalda namoyon etiş yölidagi muhim qadam böldi. Zero, tartibli yöl va ongli haydovçi — xavfsiz hayot garovidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶