14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:18
Jamiyat 👁 2,816

200-YILLIK TARIXGA EGA KANAL (Davomi)

200-YILLIK TARIXGA EGA KANAL (Davomi)

(Davomi. Boshi gazetaning 30-iyun kungi 25-sonida).

Gazetamizning 30-iyun kungi 25-sonida bunyod etilganiga 200-yil toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston va Turkmaniston Respublikalari  hududlaridagi muhim suv yoʻli hisoblanmish Qilich Niyozboy kanalining tarixi, Qilich Niyozboy ismli tarixiy shaxsning elchilik faoliyati  haqida maʼlumot bergan edik.

Ushbu sonda kanal qazilishida bosh-qosh boʻlgan mirob va elchi - Qilich Niyozboy haqidagi tarixiy manbalarga oid maʼlumotlarni eʼtiboringizga havola etamiz.

Qilich  Niyozboydek  xonlikda  obroʻ  qozongan mirob, elchi, davlat amaldorining   hayoti   xonlik muarrixlari  yozib  qoldirgan  bir  nechta asarlarda   yoritib oʻtilgan. Jumladan, Shermuhammad  Munis  va Ogahiyning  "Firdavs  ul-iqbol” asarida, Xiva  xoni  Muhammad Rahimxon I hijriy  1230, rabiʼ ul-avval  oyining oʻn beshida, juma  kuni milodiy  1815-yili Dashti  Qipchoqqa-Sirdaryo-Jana  daryo boʻylariga  Suyunbiy, Doʻsimbiy  va Ilyos  shigʻovulni  5 ming askar  bilan  soliq toʻplashdan  bosh  tortgan aholini  jazolashga  yuboradi. Munis  va Ogahiy  asarida  yozilishicha, ("Firdavs ul-iqbol”, "Oʻqituvchi”  nashriyoti, Toshkent, 2010-yil, 290-bet), Qilich  Niyozboy  va Avaz  yuzboshini  qullar sipohi  bila  hamroh qildi”. Yaʼni  Qilich  Niyozboy yuzboshi  sifatida  qullardan - asirga  olingan eronlik  qullardan  iborat qoʻshinga  bosh  qilib yuboriladi. Suyunbiy  va  boshqa amaldorlar, jumladan,  Qilich  Niyozboy ham  xon  buyrugʻiga koʻra   katta  molu-mulk  bilan  aholidan  soliq undirib  ortga  qaytishadi.

Munis  va  Ogahiyning yozishlaricha, "Va Qilichniyozboynikim, beeʼtidoliq qilib, olomonning  oʻljasidin  bir nima  olmish  erdi, ul hazrat  gunohkor  qilib buyur-dikim, har  kimdan  na olgʻon  boʻlsa, istirdod  qilsun (qaytarsin)”.

Oʻsha  yili, yaʼni  1815-yili Muhammad  Rahimxon I buyrugʻiga   koʻra  Qilich Niyozboyning  tashabbusi  qoʻllanilib, yangi  kanal  qazish boshlanadi. Bu  haqda  yuqoridagi asarda  shunday  yoziladi: "Mohi  mazkurning  avoyilida xoni  jannatmakon  inisi Muhammad-nazarbekka  buyurdikim, Gurlan  qiblasidagʻi  boʻzdin bir  ulugʻ  arigʻ qozdirgʻay. Lojaram, beki mazkur  bu  amrda masoʼyi  mashkura  taqdimgʻa yetkurub, Bogʻalon  arnasidin  qazdurub, Qiyot  ustidin oʻtirib, Oʻrozali  inoqning  Boʻzlogʻi bogʻining  qiblasidin  Boʻzgʻa solib, soʻngin  yangi  qalʼagʻa Xitoyning  qiblasidin  oʻtkardi va  Anborda  ogʻasining mulozamatigʻa  yetib, marohimi  podshohonagʻa sarafroz  boʻldi. Ul  arigʻ holo  Qilichniyozboy  arnosigʻa mashhurdur”.

Yaʼni, 1815-yilda  qazib  boshlangan  arnaning  yaratilish  tarixi shunday   boʻlgan.

Munis  va Ogahiyning  yuqoridagi  asarida bundan  tashqari  oʻsha davrdagi  qazuv  bilan bogʻliq  yana  quyidagi voqea  ham  qalamga olinadi:

"... va  yana ulkim, hazrati  podshohi  magʻfur rabiʼuloxir  oyining  yigirma beshinchi  kunikim, panjshanba  erdi, Xevanik ariqin  qozdirmoq  uchun rukub  qilib, kecha  Sayod havligʻa nuzul  qildi. Jumʼa kuni  Sorbon  toʻpaga borib, qozuvchigʻa  chek  berdi. Beshinchi  kunikim, seshanba  va jumodi  ul-avval  oyining ikkinchi  kuni  erdi, tamom boʻldi. Qazuvgʻa  chiqmasdin  burungʻi seshanba  kuni  Berdi inoq  Buxoro  elchisi bila  keldi. Yakshanba  kunikim, xoni magʻfur  qozuv  boshida erdi, Qoʻqon  hokimi  Umarxondin Sayyid  Muhammadhoji  elchi boʻlib  kelib  mulozimatgʻa yetdi. Va  yana  ulkim, jumodiulavval  oyining oʻninda  xoni  magʻfur chorshanba  kuni  Shogʻobod origʻin  qozdurmoq  uchun otlanib, Anborgʻa  nuzul  qildi. Jumʼa kuni  Toshhavzgʻa  borib, shanba kuni  qaʼla  soldurgʻudek joy  koʻrub, umaro  va jamiʼ mulozimlarigʻa  yer  berdi. Yakshanba  kuni kech  Anborgʻa  tushdi. Dushanba  kuni Anbordin  qozuv  ustigʻa borib, tamosho  qilib, Yangi  yofgʻa tushdi. Seshanba  kuni  Muhammadnazarbek Xonaqoh  va uygʻur  va  boshqir va  ming  va Bogʻolon  qazuvchisini  Gurlan koʻprigidin  yuqori  eltib, chek berdi. Ul kun  Qurbon  Qilichxon soloq Xurosondin  kelib, dar-gohi  olampanoh  taqbiligʻa foyiz  boʻldi. Ul  hazrat oni  seshanba  kuni koʻrub  va  koʻp mehribonligʻlar  qilib, xaloiʼ  garonmoya va  kamari  tilloperoya bila  sarafroz  qildi. Va koʻchib  kelmakiga  yurt tayin  etdi. Va  qazuv yigirma  kunda  itmomgʻa yetdi. Panjshanba  kuni, jumodiul  oxir  oyining toʻqqizida  dorulamorai  Xevaqgʻa nuzul  etdi. Bu  safarning imtidodi  oʻttiz  kun erdi”.

Munis  va Ogahiyning  mazkur  asarida yana  Qilich  Niyozboyning elchilarni  kutib  olish, kuzatib qoʻyishi  bilan  bogʻliq voqealar  ham  yoritiladi: "Dushanba  kuni ul  hazrat  kurdning elchilarigʻa  Davlat  qarokoʻz va  Qilichniyozboyni  qoʻshub yubordi. Bu  soʻz  bilakim, bizga  el boʻlsalar, takani  chopmoqqda  taqsir qilmasunlar  va  Jonmuhammad qozi  va Davlat-nazarboy  va Xojanazarni  marohimi  xusravona bila  sarafroz  qilib, ikki yorligʻ  marhamat  koʻrguzdi”.

Bu  voqea shuni  koʻrsatadiki, kanal  qazish tashabbusi  bilan  chiqib Muhammad  Rahimxon I va  el  ishonchi, obroʻsini   koʻtargan Qilich Niyozboyga hukmdor  elchilarga  mezbonlik qilishdek  masʼuliyatli  ishni  topshirgan.

Maʼlumki, arna  qazilgach, kanalning  boʻyida, hozirgi   Qilichboy qishlogʻidagi  hudud  oʻzlashtirilib, u  yerda mashhur  mirob  nomi bilan  ataladigan  qishloq ham  barpo  etilgandi. Oʻsha  yerda mirob  va  davlat amaldori  Qilich  Niyozboy oʻzi  uchun  maxsus hovli  ham  barpo etdirgandi.

Munis  va Ogahiyning  asarida  xonning  oʻsha hududga borgani  ham   yozilgan: " Jumodul-avval  oyining  yigirma ikkisida, seshanba  kuni  hazrati podshohi  gʻufronpanoh  shikor irodasi  bila  dor ussal-tanai  Xevaqdin  rukub qilib, Anbargʻa  nuzul  etdi. Ertasiga  esa xon    Toshhovuzga  oʻtib shikor  qiladi. Ul  hazrat Toshhovuzda  toʻrt  kecha mutavaqqif  boʻlib, yakshanba  kuni ondin  harakat  koʻrguzub, Qilichniyozboyning  hovlisin nuzuli  humoyuni  bila mufaxxari  manozil  va ashrafi  marohil  qildi. Ul kun  taka  jamoasining saromadi  Xoja  Nazarbek oʻz  elining  oq uyluki  bila  dargohi sipehr  poygoh  atiboʻsliqi bila  sharafi  istisʼod topdi. Tonglasikim, dushanba kuni erdi, Qilichniyozboyning havlisidin otlanib, har kun qush solib va ov qilib va har soat karam shahbozi bila fuqaro va gʻurabo koʻngullarin shikorivor ovlab...” yuradi.

Yaʼni  seshanba kuni Xivadan shikorga chiqqan Muhammad Rahimxon I Anbar (hozirda Shovot tumanidagi Manoq qishlogʻi), u yerdan Toshhovuzga, u yerdan yakshanba kuni Qilich Niyozboyning  hovlisiga tashrif buyuradi. Davlat amaldori va mirob Qilich Niyozboy  hovlisida bir kun qolib, ertasiga yon-atrofdagi hududlarga shikorga chiqadi. Xoʻjayli, Qoʻngʻirot, Mazdahqon, Poʻrsi, Qubatogʻ taraflarda shikor qilib, "Quba togʻining ustidan oʻtib, Qilichniyozboyning havlisigʻa nuzul qildi”.

Shu tariqa oʻz ishonchiga sazovor mirob Qilich Niyozboy hovlisiga shikorga borishda ham, qaytishda ham kirib oʻtgan xon, ertasiga Moylijangal (hozirgi Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi qishloq) orqali Xivaga qaytadi.

Shikordan qaytgan Muhammad Rahimxon I Xivada bir muddat davlat ishlari bilan mashgʻul boʻlgach, yana vohaga kelgan elchi-larni qabul qiladi. Bu safar ham elchilarga mezbonlik qilish Qilich Niyozboyga topshirilgandi. Bu haqda Munis va Ogahiyning kitobida shunday yoziladi: "Dushanba kuni Qilichniyozboy va Mirzo Abdukarim kurd xonlari elchisi bila keldi”.

Bundan tashqari, Muhammad Rahimxon I hukmdorligi davridagi Suyunbiy, Doʻsimbiy, Hubbiqulixoʻja kabi davlat amaldorlari qatorida Qilich Niyozboy ham yovmut, chavdur urugʻlariga, shu kabi Darbandga qilingan yurishlarda qoʻshinga bosh boʻlib qatnashadi. Bu haqda Munis va Ogahiyning  yuqoridagi asarida  bir necha bor taʼkidlab oʻtiladi. Ushbu va boshqa davlat amaldorlari yurishlarda gʻalaba qozongach, gʻoliblik sharafiga "Qilichniyozboyning hovlisini nuzuli fayzidin rashki firdavsibarin qildi. Ul mavzeda dasturxonchi boshligʻ aksar mahram va yuzboshilarkim, chapovulgʻa maʼmur boʻlub erdilar, keldilar”.  Bunday ziyofatlarning aynan Qilich Niyozboy hov-lisida berilishi sababi mashhur mirob Qilich Niyozboyning  yurishlarda koʻrsatgan jasorati, qahramonliklari bilan bogʻliq edi.

Shu kabi shahzoda  Qutlugʻmurod inoq ham bir necha bor oʻz ayonlari bilan shikorga chiqqanida Qilich Niyozboyning hovlisida boʻlib, hordiq chiqargani  muarrixlarning asarida qayd etib oʻtilgan.

Vaqt oʻtib, mirob nomi bilan ataladigan 120 kilometrlik kanal boʻylari xonlikning eng serfayz joylariga, ushbu ka-naldan suv ichadigan yerlar esa hosildor yerlarga aylanadi. Shu tariqa kanal boʻylari va Qilich Niyozboy qishlogʻiga  koʻplab aholi koʻchib keltirila boshlanadi.

Ogahiy qalamiga mansub  "Zub-datu-t-tavorix” asarida  "Jamshidiya toifasi kelturulgʻondin soʻng Qilich Niyozboy nahrining bir shoʻʼbasi kanorida Quba togʻining janubi ostida ul tavoyifgʻa maskan va mazoreʼ taʼyin qilindi. Holo, ulugʻ el va obodon yurt boʻlib  oʻlturubdurlar”. (Ogahiy, "Zubdatu-t-tavorix”, T, "Oʻzbekiston” nashriyoti, 2009-yil 13-bet).

Bunda asosiy eʼtibor Eron yurishidan olib kelingan jamshid  qavmining Qilich Niyozboy kanali boʻylariga oʻrnashtirilgani yozilgan.

Maʼlumki, 1843-yilda Rahimqulixon  otasi Olloqulixonning farmoyishi bilan Eronga yurish qilgandi. Oʻshanda Badgis viloyatining Koʻshk va Qoratepa mavzelarida yashovchi jamshidlar urugʻi Rahimqulixonga Hirot hokimi Shoh Komron ustidan shikoyat qilishadi. Jamshidlar oqsoqoli hokimning zulmi haddidan oshib, jamshidlarni  talayotganini, ayollar va bolalarni qul qilib sotishayotganini taʼkidlaydi. Shundan keyin oʻsha koʻchirish voqeasi tarixda boʻlib oʻtgan va buni Ogahiy oʻz asarida yuqoridagicha yozib oʻtgan.  Shu kabi Ogahiy  xon hazratlarining Qilich Niyozboy mavʼzeidagi rabotga, yaʼni mashhur mirob asos solgan va uning nomi bilan ataladigan  qishloqqa tashrif buyurganini ham yozgan: "Shanba kuni andin fuqaro va ajaza arzi ahvolin eshitmakdin forigʻ boʻlgʻondin soʻng otlanib, shukuhi tamom bila Qilichniyozboy mavʼzeidagi raboti lozimu-l-inbisotgʻa tashrifi huzur, vofiru-s-surur eltib, mufaxxari manozil qildi. Anda ayshu ishrat asbobin muhayyo qildirub, barcha mufarrihot va muzhikot tamoshosidin bahrayob va tarabmaob boʻldi”.

Bu oʻrinda Xiva xoni va amaldorlarining Qilich Niyozboy qishlogʻiga shikorga  va saylga chiqqani taʼkidlanadi. Ertasi yakshanba kuni boʻlsa, Qilich Niyozboy qishlogʻidan  "dabdabai shohona  bila nahzat qilib, Pursi mavʼzeidakim, borgohi sipehrishtiboh barpo boʻlib, qubbai osmonfarsosi qimmai mehru mohdin oʻtmish erdi”. Yaʼni xon Qilich Niyozboy qishlogʻidan Poʻrsi tumaniga joʻnab ketganini yozadi.

Maʼlumki,  Munis va Ogahiy  asarlari Xiva xonligi  tarixidagi koʻplab voqealarga oydinlik  kirituvchi, davlat boshqaruvidagi shaxslar toʻgʻrisida  qimmatli maʼlumotlar beruvchi noyob asardir. Yuqorida koʻrganingizdek, Muhammad Rahimxon I hukmdorligi davrida Qilich Niyozboy davlatdagi nufuzli shaxslardan biri boʻlgan. Shu boisdan ham uning tashabbusi bilan kanal qazilgan, qishloqqa asos solingan, turli  yurishlarga bosh qilib tayinlanib, elchilarga mezbonlik qilish  ham unga topshirilgan.

Bugungi avlod ham el-u yurt taraqqiyoti va farovonligi yoʻlida xizmat qilishni oʻzining hayotiy shioriga aylantirgan Qilich Niyozboydek ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansa, ulardan oʻrnak olib yashasa arziydi.

Umid BEKMUHAMMAD.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019