Farzandlikka oliş tartibini bilasizmi?
Farzandlikka oliş u yoki bu sababga köra öz ota-onasi bağrida ösiş imkoniyatiga ega bölmagan voyaga yetmagan bolalarni oila muhitida tarbiyalaş imkonini bersa, boşqa tomondan farzandlikka oluvçilarga ota-onalik huquq va majburiyatlariga ega böliş imkonini beradi. Bu örinda farzandlikka olişning asosiy şarti sifatida ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolaning voyaga yetmagan bölişi, yaʼni 18 yoşga tölmagan bölişi (emansipatsiya qilingan hamda qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) hamda uning manfaatlariga mos kelişi körsatilgan.
Avvalo, bolaning manfaati tor doirada tuşunilmasligi kerak. Masalan, bola manfaatlari deganda uning moddiy şaroiti va uy-joyga bölgan ehtiyojini özigina tuşunilib qolmaydi. Bunda asosiysi, bola doimiy ravişda oila muhitini his etişi, ota-ona mehridan bahramand bölişi, ğamxörligini olişi, ular har tomonlama, yaʼni ham jismonan, ham maʼnan, ham ruhiy soğlom bölib voyaga yetişini taʼminlovçi, jamiyat hayotiga har tomonlama tayyorlaydigan bölişi lozim.
Farzandlikka oliş nafaqat soğlom bolalar, balki muayyan kasallikka çalingan va rivojlanişda ortda qolgan bolalarga nisbatan ham tatbiq qilinadi. Garçi kasallikka çalingan bolalarni tarbiyalaş hattoki biologik ota-onalar uçun ham muayyan qiyinçiliklar tuğdirsa-da, farzandlikka oluvçi şaxslardan alohida masʼuliyat talab qiladi. Farzandlikka oluvçilar bolaning soğliği haqida töliq maʼlumotga ega bölişlari lozim.
Ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan farzandlikka olinuvçining soğliği tegişli tartibda tekşiriladi va bu haqda tibbiy maʼlumot pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logoped tomonidan tuziladi.
Farzandlikka oliş ixtiyoriy bölib, har bir şaxs özi mustaqil ravişda farzandlikka oliş haqida qaror qabul qiladi. Bir vaqtning özida ikki yoki undan ortiq bolalarni ham farzandlikka oliş mumkin. Bunday hollarda har bir bolani farzandlikka olişda sud tomonidan alohida qaror qabul qilinadi. Biroq, bolalar manfaatini taʼminlaş maqsadida, odatda, bitta qaror qabul qilinişi mumkin. Ayrim hollarda, masalan, bolalar birga tarbiyalanmagan, alohida muassasada bölişi taqozo qilingan hollarda istisno holatlar bölişi mumkin.
Mamlakatimizning oila qonunçiligida yaqin vaqtlarga qadar farzandlikka olişning maʼmuriy tartibi amal qilgan. Maʼmuriy tartibda farzandlikka oliş bolani farzandlikka olişni xohlagan şaxslarning arizasiga, vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga köra, tuman, şahar hokimi qarori bilan amalga oşirilar edi.
Oila qonunçiligining rivojlanişi farzandlikka oliş institutiga ham taʼsir körsatdi va bunda maʼmuriy tartib örniga farzandlikka olişning sud tartibi joriy qilindi. Uşbu tartib jahonda tan olingan bölib, bolalar manfaatini taʼminlaşga xizmat qiladi. Sud mustaqil ravişda bola manfaatiga doir qaror qabul qiladi. Özbekiston Respublikasi fuqarolarining arizalari böyiça farzandlikka oliş haqidagi işlar farzandlikka olinayotgan bolaning yaşaş yoki turgan joyidagi fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman (şahar) sudlari sudloviga taalluqli hisoblanadi.
Qoida böyiça, farzandlikka oliş istagini bildirgan şaxslar (şaxs) ariza bilan fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiladi. Sud tomonidan uşbu masala körib çiqilişida vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olişning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga töğri kelişi haqidagi xulosasi olinişi şart.
Protsessual qonunçiligida farzandlikka oliş haqidagi arizalarni alohida iş yuritiş tartibida köriladigan işlar jumlasiga kiritiladi va ariza mazmun jihatdan FPKning 189-moddasida nazarda tutilgan talablar bilan birgalikda 299-moddasi talablariga javob berişi va davlat boji tölanganligi haqida kvitantsiya, FPKning 300-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinişi lozim va farzandlikka oluvçilar (oluvçi) tomonidan imzolanişi talab qilinadi.
Oliy sud Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi «Sudlar tomonidan farzandlikka oliş haqidagi işlar böyiça qonunçilikni qöllaş amaliyoti töğrisida»gi 21-sonli qarorida körsatilişiça, arizani qabul qiliş masalasi FPKning 151 – 154-moddalari talablariga muvofiq hal etilişini nazarda tutiş lozim.
Farzandlikka oliş bilan boğliq işlarning sudlarda körib çiqilişida iştirok etuvçilar röyxati ham belgilangan. Yaʼni farzandlikka oliş töğrisidagi işlar farzandlikka oluvçilar (oluvçi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, şuningdek, prokuror albatta iştirok etgan holda körib çiqiladi. Zarur hollarda sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoşlarini va boşqa manfaatdor şaxslarni, şuningdek, ön yoşga tölgan bolaning özini işda qatnaşişga jalb qilişi mumkin.
Muhabbat Kaipova, Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi sudyasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶