“Qaldirğoç” bolalar yozgi dam oliş oromgohida yangi mavsumga tantanali start berildi
Amudaryo tumanida bolalarning yozgi taʼtilini mazmunli taşkil etiş, ularning soğlom dam olişi va böş vaqtini samarali ötkaziş maqsadida “Qaldirğoç” bolalar yozgi dam oliş oromgohining 2026-yilgi mavsumi tantanali ravişda oçildi. “Dörman” ovuli hududidagi 84-sonli maktab binosida taşkil etilgan oromgohning oçiliş marosimi bolajonlar, ota-onalar hamda taʼlim sohasi vakillari iştirokida kötarinki ruhda ötdi.
Yoz fasli bolalar uçun quvonç, yangi taassurotlar va maroqli dam oliş davri hisoblanadi. Ana şunday ezgu maqsadlarni röyobga çiqarişga xizmat qiladigan “Qaldirğoç” oromgohi bu yil ham yuzlab öquvçilarni öz bağriga çorlab, ular uçun qulay va zamonaviy şaroitlar yaratdi.
Tantanali oçiliş marosimida Amudaryo tumani hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov iştirok etib, yiğilganlarni yozgi soğlomlaştiriş mavsumining boşlanişi bilan tabrikladilar. Sözga çiqqanlar bolalarning taʼtil kunlarini mazmunli taşkil etiş, ularning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga kömaklaşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini alohida taʼkidladilar.
Tadbirda umumtaʼlim maktablari direktorlari, direktor örinbosarlari, oromgoh taşkilotçilari, masʼul mutaxassislar, ota-onalar va bolajonlar qatnaşdi. Marosim davomida mehmonlarga oromgoh hududida yaratilgan şart-şaroitlar, dam oluvçilar uçun taşkil etilgan qulayliklar hamda yozgi mavsum dasturi haqida batafsil maʼlumot berildi. Bolalarning xavfsizligi, soğliği va böş vaqtini mazmunli taşkil etişga qaratilgan işlar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Bayram tadbiri kontsert dasturi bilan davom etdi. Iqtidorli yoşlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, raqslar va sahna çiqişlari yiğilganlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Ayniqsa, bolajonlarning quvonçga töla nigohlari va samimiy tabassumlari tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri böldi.
“Qaldirğoç” yozgi oromgohida mavsum davomida sport va madaniyat sohasi xodimlari bilan hamkorlikda turli sport musobaqalari, intellektual bellaşuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar, ijodiy tanlovlar hamda qiziqarli loyihalar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Bunday tadbirlar bolalarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, isteʼdod va qobiliyatlarini yuzaga çiqariş, jamoada işlaş könikmalarini şakllantiriş hamda vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Maʼlum qilinişiça, birinçi mavsum 3-iyundan 15-iyungaça davom etib, 12 kunlik soğlomlaştiriş va dam oliş dasturini öz içiga oladi. Oromgohda har bir smenada 100 nafardan bola dam oladi. Jami beşta smena davomida 500 nafar öquvçini soğlomlaştiriş va mazmunli hordiq çiqarişini taʼminlaş rejalaştirilgan.
Bugungi kunda bolalarning taʼlim bilan bir qatorda sifatli dam olişini taşkil etiş, ularning soğlom va barkamol avlod bölib voyaga yetişida muhim omil hisoblanadi. Şu maʼnoda, “Qaldirğoç” bolalar yozgi dam oliş oromgohi yoş avlodning taʼtilini sermazmun, qiziqarli va unutilmas ötkazişiga xizmat qiladigan maskan sifatida faoliyatini boşladi.
Şubhasiz, oromgohda taşkil etiladigan turli tadbirlar, sport musobaqalari va ijodiy loyihalar bolajonlarga nafaqat maroqli hordiq, balki yangi döstlar, yorqin taassurotlar va unutilmas xotiralarni ham hadya etadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶